Vitamin B2 (riboflavin) yetishmasligi natijasida esa ko‘z olmasining to‘qimasida qon quyilish, yuz, burun atrofida va
jabrasining qopqoqchasida qon quyiladi, yorug‘likdan qo‘r- qish, ko‘z gavharining xiralashuvi, teri qatlamining qorayishi, ishtahaning yo‘qolishi va nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Vitamin B3 yetishmasligi natijasida (nikotinamid) baliqlar o‘sish-
dan qoladi, gulmohi turidagi baliqlarda jabrasining shishishi,
ishtahaning pasayishi kuzatiladi, harakatlanishi susayadi, osh- qozon va ichaklarning shishishi, ichakning keyingi qismlarida qon quyilish va eroziyasi, mushaklarning qaltirashi, yurak mus- kulaturasining izdan chiqishi, dermatit va yuqumli kasalliklarga moyilligining oshishi ro‘y beradi. Vitamin B6 (piridoksin) yetish-
masligida esa asab faoliyatining buzilishi, buyrak va ichaklarda
qon quyilish, anemiya, nafas olishning tezlashuvi, qorin bo‘sh- lig‘ida suv to‘planishi (âîäÿíêà), jabra qopqoqchasining egilib- qayrilib qolishi sodir bo‘ladi. Umuman, yetishmaslik oqibatida baliqlar 14 kunda to‘liq nobud bo‘lishadi. Foliy kislotasining yetishmasligida tana rangining qorayishi, anemiya, assit, ko‘zning
chaqchayishi, o‘sishdan qolish, vitamin B12 (siankobalamin) yetishmasligida esa ishtahaning yo‘qolishi, o‘sishdan qolish,
anemiya, ichaklar faoliyatining izdan chiqishi, eritrotsitlarning butunligi buzilib, baliqlar yuqumli kasalliklarga beriluvchan bo‘lib qoladi.
Vitamin D yetishmasligi oqibatida esa kaliy-kalsiy almashinuvi buziladi, o‘sishdan qoladi, jabra qopqoqchasi o‘smay qoladi, tanasi qiyshayadi, tetaniya kuzatiladi.
Òokoferol yetishmasligida baliqlarning o‘sishi yomonlashadi, mushaklarda, buyrakda va boshqa organlarda distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi.
Vitamin C yetishmasligida dum, qorin va ko‘krak suzgichlari- ning terisida shishlar paydo bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining
qiyshayib qolishi, tug‘ma mayib, suyak va paylar shakllanishining buzilishi oqibatida ko‘z chaqchayishi, jigarning gemorragiyasi hamda buyrak va ichaklarda, jabralarda oq dog‘lar hosil bo‘lishi, ba’zan esa jigar hujayrasining nekrozi, regenerativ jarayonning pasayishi kuzatiladi.
Vitamin E yetishmasligida — ko‘payish funksiyasi buziladi, ikrasi oqimtir tusga kiradi, tomirlarning o‘tkazuvchanligi oshadi, nafas olishi qiyinlashadi, organizmda vitamin A ning buzilishi natijasida zaharli moddalar — giperoksidlar hosil bo‘ladi, ane- miya, transsudat peritoneal bo‘shliqda va perikardda, mushak va miokardda degenerativ o‘zgarish, jigarda ba’zan seroidlarning yig‘ilib qolishi ro‘y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |