O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus


Bir yozlik baliqchalarni o‘stirish



Download 9,61 Mb.
bet54/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Bir yozlik baliqchalarni o‘stirish


Baliq yetishtirish davrining asosiy vazifasi — kuzga qadar 25 g va undan ortiq vaznli yaxshi qishlay oladigan bir yozlik baliqchalarni o‘stirishdan iborat. O‘zbekistonda ularni yetishti- rish uchun qulay sharoit iyundan noyabrgacha davom etadi.


Yosh baliqchalar yetishtirishda quyidagi tashqi omillar mu- him hisoblanadi.

  1. Suvning harorati 22—28 °C bo‘lganda maqsadga muvofiq hisoblanadi, suvning harorati bundan yuqori (30—32 °C dan ortiq) bo‘lganda baliqlar o‘sishi sustlashib qolishi mumkin.

  2. Oziqa bazasi muhim, biroq baliqlar o‘sgani sayin oziqalarni yeb qo‘yishi sababli uning ahamiyati kamayadi. Ayniqsa, yuqori natijalarga erishish uchun baliqlarni sun’iy yemlar bilan bo- qishni tashkil qilish lozim.

  3. Suvda erigan kislorodning suvdagi tarkibi 5 mg/l dan ortiq bo‘lmasligi zarur.

  4. Baliqlarning dushmani bo‘lmish yirtqichlar ularga katta za- rar yetkazishi mumkin. Bir yozgi baliqlar uchun ular o‘sgan sari nisbatan kattaroq bo‘lgan dushmanlar, suv va quruqlikda yashaydigan hayvonlar xavfli bo‘lib boradi.

  5. Ob-havo sharoitlari (yog‘ingarchilik, shamol harorati va h.k.). Veterinariya-sanitariya qoidariga amal qilish kerak.

O‘stirish hovuzi qishda bo‘sh saqlanadi. Bahorda u o‘sim- liklardan tozalanib, zaruratga qarab dambalar, ayniqsa, suv o‘tkazgich inshootlari (quvurlar) ta’mirlanadi. Baliq o‘tkazish- dan 7—15 kun avval hovuzning o‘zaniga 300—600 kg hisobidan ohak solinadi, 4—5 kun oldin esa organik o‘g‘itlar kiritiladi. Yangi go‘ng hovuzlarning butun maydoni bo‘ylab gektariga 2—5 t hi- sobidan chirimagan go‘ng solinadi. Suv chiqarish inshooti yax- shilab berkitiladi.
Hovuzga suv baliq o‘tkazishdan 1—3 kun avval quyiladi. Mi- neral o‘g‘itlar (50—80 kg selitra va superfosfat — 50—100 kg/ga hisobida) hovuzga suv quyilganidan so‘ng solinadi.
O‘stirish hovuziga bir oylik mayda baliqchalar yoki bevosita inkubatsiya sexidan keltirilgan, o‘stirilmagan lichinka o‘tkaziladi. Hovuzlarga bir oylik mayda baliqchalar o‘tkazilsa, samara- dorlik ancha yuqori bo‘ladi. Baliqchilik xo‘jaligi serdaromad bo‘- lishi uchun lichinkani bir oylik mayda baliqchaga qadar o‘sti-
rishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul.
O‘zbekistonda do‘ngpeshanalar, zog‘ora va oq amur baliq- larini polikulturada yetishtirish qo‘llaniladi. Bu baliqlarni urchi-
tish va o‘stirish muddatlari bir-biridan farq qiladi. Zog‘ora, amur uvuldirig‘i may oyida olinadi: shunga muvofiq o‘stirish hovuzlarini tayyorlash va ularga suv quyish aynan shu baliqlarga mo‘ljallab amalga oshiriladi. Do‘ngpeshana lichinkalari yoki baliqchalari kech- roq olinadi va zog‘ora bilan oq amur baliqlariga qo‘shib quyiladi.
Bir yozlik baliqchalarning o‘sishi sifatli oziqaga bog‘liq.
Oq do‘ngpeshana yaxshi rivojlangan fitoplanktonni talab qi- ladi. Buning uchun mineral o‘g‘itlardan foydalaniladi.
Oq amur hovuzdagi yuqori suv o‘simliklari bilan oziqlanib, ularni tezda yeb tugatadi. Yaxshi natijalarga erishish uchun hovuzga o‘rilgan o‘tlardan baliqlar vazniga 3—5 foiz hisobida solib turmoq lozim. O‘t solish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, oq amurdan qo‘shimcha baliq sifatida foydalanilib, uning soni 10 foizdan oshmasligi kerak. Zog‘orabaliq yem tanlamaydi, bentos organizmlarini afzal ko‘rsa-da, omuxta yemlarni ham yaxshi iste’mol qiladi. Aslida, mamlakatimiz baliqchiligida sun’iy omuxta yemlardan aynan zo-
g‘orabaliqlarni oziqlantirish uchun foydalanilgan.
Baliqlar o‘sgan sari tabiiy oziqa bazasi (yirik turdagi zoo- plankton mavjudotlari, bentos organizmlari) bir oy mobay- nidayoq tez yeb qo‘yiladi. Yaxshi natijalarga erishish uchun mun- tazam ravishda sun’iy yemlarni kiritmoq lozim, shunda baliqlar o‘sishiga qarab, ularning miqdori ham oshib boradi.
Hovuzga lichinka o‘tkazish, omuxta yem o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari xo‘jalikning iqtisodiy imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Umuman olganda, quyidagi oddiy qoidaga amal qilish mumkin: o‘rtacha sifatli sun’iy oziqalar (tarkibida protein miq- dori 20—30 foizni tashkil qiladi) sutkasiga hovuzdagi baliqlar biomassasining taxminan 7—10 foizi miqdorida kiritiladi. Mah- suldor omuxta yemlar (protein miqdori 30 foizdan ortiq) qo‘lla- nilganda ularning sutkalik me’yori baliqlar vaznining 5 foizini
tashkil qiladi. Shuningdek:

  • suv sathini kuzatib turish (u pasaymasligi) lozim;

  • fitoplankton rivojlanishi uchun muntazam ravishda o‘g‘itlar solib turish;

  • zog‘orabaliqni oziqlantirish uchun har kuni yem solish;

  • yemlarning iste’mol qilinishini nazorat qilish kerak bo‘ladi.

Hovuzdagi suvning sathi barcha baliqlarni ovlab olish im- koniyati ta’minlangunga qadar kamaytiriladi.
Yaxshi hovuzlarda suv chiqarish moslamasining yonida ba- liq yig‘uvchi kanallar mavjud bo‘ladi. Bu kanallar bir yozgi ba- liqchalarni ovlab olishni osonlashtiradi. Ovlash kunning salqin vaqtida amalga oshadi.
Yaxshi xo‘jaliklarda ovlab olingan bir yozgi baliqchalar sara- lash stolida turi va o‘lchamlariga qarab saralanib chelaklarga so- linadi. Òo‘la chelaklar tarozida tortilib qishlash hovuzlariga jo‘- natiladi. Baliqlar tirik qolishi uchun bu ishni tez bajarmoq lozim. Qishlov hovuzlari yetarli bo‘lganda har xil o‘lchamdagi ba- liqlar boshqa-boshqa hovuzlarga o‘tkaziladi. Baliqlar maxsus
avtosisterna va boshqa idishlarda tashiladi.



    1. Download 9,61 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish