Baliqchilikda baliqlarni takror ko‘paytirish
Baliqlarning jinsiy yetilishi va uvuldiriq qo‘yishi bir qator asosiy va rag‘batlantiruvchi omillarga bog‘liq.
Bizda yetishtiriladigan baliqlar uchun asosiy omillar jumlasiga quyidagilar kiradi: harorat, erigan kislorodning konsentratsiyasi, yorug‘lik kuni.
Rag‘batlantiruvchi omillar qatoriga ob-havo sharoitlari, ma- salan, barqaror bo‘lgan atmosfera bosimi, boshqa jinsli baliqlar mavjudligi, zog‘orabaliqlar uchun suv o‘simliklarining mavjud- ligi kiradi. Do‘ngpeshana va amur baliqlari uchun suv o‘sim- liklarining mavjudligi shart emas, lekin uzunligi 100 km va undan ortiq va ancha chuqur bo‘lgan tez oqimli havza zarur.
Sun’iy ko‘paytirishda rag‘batlantiruvchi omillarning mavjud- ligi unchalik zarur emas, chunki baliqshunoslar bunday omillar o‘rnini inyeksiya qilish bilan to‘ldirishadi. Bunda kunning yorug‘- lik qismining ahamiyati ham kamayadi.
Erta bahorda suvning harorati 12—14 °C ga yetganda ona ba- liqlar to‘daning bonitirovkasi o‘tkaziladi. Hovuzdagi baliqlar- ning hammasi ovlanib, ikkala jinsga mansub nasl beruvchi baliqlarning ma’lum qismi saralab olinadi. Bunda baliqlar turi va nasliga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan yetuk baliqlar saralab olinadi. Yetilmagan baliqlar keyingi yillarda yetilish uchun qoldiriladi.
Bonitirovkadan so‘ng baliqlar, to ular uvuldiriq qo‘yishiga qadar, jinsiga qarab alohida saqlanadi.
Yetuk nasl beruvchi baliqlarni ovlash va boshqa yerga o‘tkazish vaqtida har bir baliq zotiga nisbatan ehtiyotkorlik va yakka tartibda ushlash talab etiladi. Bunda maxsus qo‘lqopdan foydalaniladi.
Saralab olingan nasl beruvchi baliqlar uvuldiriq qo‘yishdan oldin boqish uchun hovuzlarga qo‘yiladi. Maydoni tekis 0,5—2 ga o‘lchamli va chuqurligi 1,5—2 m bo‘lgan joyga 200—300 dona zichlik uvuldiriq qo‘yishigacha boqiladi.
Urchitilishda har bir nasl beruvchi baliq inyeksiyalanadi. Inyeksiyalanuvchi preparat miqdori baliqshunos tomonidan har bir baliqning vaznidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Inyeksiya qilishdan oldin baliqlar ehtiyotkorlik bilan tarozida tortiladi.
Baliqni o‘stirish uchun tashkil qilingan hovuzlar: hovuzlarning o‘lchamlari, chuqurligi 1,5 m dan 2,5 m gacha bo‘ladi. Iliq suvni sevuvchi baliqlarning hovuz suvi oqadigan yoki sekin oqadigan holda tashkil qilinadi. Mahsuldorligini ko‘paytirish uchun, omixta yemlar sifatli hamda organik va mineral moddalarga boy bo‘lishi kerak. Shuningdek, yumshoq suv o‘tlari ham bo‘lishi lozim.
Hayvonot olamida ham, biologik xususiyatlari zooveterinariya qoidalariga asoslangan holda ham baliqlar hayotida ularning o‘sishi va rivojlanishi davrida har xil yoshdagi o‘zgarishiga qarab sun’iy hovuzlarni qurish maqsadga muvofiqdir. 1 uvuldiriq qo‘yadigan ho- vuzlar chuqurligi 0,4—0,5 metrgacha, yuza qismi 100—200 m2, kuchsiz ishqoriy tuproqli joylar tanlanishi kerak. Balchiq bo‘l- magan, botqoqlashmagan, ko‘payishi uchun eng qulay sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur. Shuningdek, yumshoq maysali o‘tlar bo‘lmog‘i darkor.
Boshqa joylardan chirigan, har xil o‘sgan maysalarni tashlash uvuldiriqlarning kasallanishiga olib keladi.
? NAZORAT SAVOLLARI
Baliqlarning reproduktiv biologiyasi haqida fikr yuriting.
Baliqlar hayotining embrionlik davri qaysi bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
Qanday holatlarda lichinkalarning chiqishi kechikadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |