O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus



Download 9,61 Mb.
bet14/134
Sana02.07.2022
Hajmi9,61 Mb.
#730325
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134
Bog'liq
O‘zbekis on respublikasi oliy va o‘R a maxsus

Hid bilishi. Baliqlarning hidlov organi bir juft burun te- shigidan iborat. U boshning oldingi qismiga o‘rnashgan bo‘lib, chuqurcha yoki naysimon shaklda faqat hidlov vazifasini baja- radi, xolos, nafas olishda ishtirok etmaydi.
Baliqlar ovqat ta’mini ham sezadi. Bu vazifani og‘iz bo‘sh- lig‘idagi hamda tashqi terining epidermis qatlamiga o‘rnashgan ta’m biluvchi sezgi kurtakchalari bajaradi. Bu sezgi a’zosi chuqur suv ostida yashaydigan baliqlar tanasining ostki tomonida, ayniqsa, yaxshi rivoj topgan. Ba’zi baliqlarda bo‘ladigan mo‘ylov ham tuyg‘u, ham ta’m bilish vazifasini bajaradi.
Bu organlardan tashqari baliqlarda o‘zlariga xos yon chiziq organi ham bor. Bu oltinchi sezgi organi yaxshi rivojlangan bo‘lib, tanasi va dumining yon tomonlariga o‘rnashgan kanaldan iborat. Yon chiziq organi, ayniqsa, baliqlarning boshida yaxshi taraqqiy etib, murakkab kanal hosil qilgan. Bu organ ba’zi baliqlarda usti ochiq, ya’ni tarnov shaklida bo‘lib, shu tarnov tubida o‘rnashgan sezgi kurtakchalaridan iborat, boshqa baliqlarda esa bu kurtak- chalar tangachalardagi teshikchalar orqali tashqi muhit bilan bog‘langan berk kanalga o‘rnashgan.
Yon chiziq a’zosi baliq suvda suzib yurganida suvning eng nozik harakatlari va oqimini sezib, juda aniq mo‘ljal olishga, hatto
hech narsa ko‘rinmaydigan loyqa suvlarda ham yo‘l topib, suv ostidagi toshlarga urilmasdan yurishga yordam beradi. Baliqlar katta va zich galalarda bir-biriga urilmasdan, tartib bilan, hatto bo‘ysira bo‘lib harakat etish ham, ehtimol, shu a’zo tufayli bo‘lsa kerak.
Baliqlar refleksi. Akvariumdan zog‘orabaliqning xulq-atvo- rini kuzatayotib, uning ta’sirlanishiga javobi ikki xil namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin.
Agar zog‘orabaliqqa sal teginsa, u darhol biror tomonga chap beradi. Oziq turiga ham uning javobi shunchalik tez. Ochko‘z yirtqich o‘z o‘ljasi (mayda baliqlar va turli umurtqali hayvon- lar — qisqichbaqasimonlar, chuvalchanglar)ga shiddat bilan



7-rasm. Turli tipdagi baliqlarning tashqi ko‘rinishi:
1 — nayzasimon; 2 — otadigan kichikroq dengiz balig‘i; 3 — yassi ichiga botgan baliq; 4 — oyga o‘xshash baliq, 5 — qalqonbaliq (ikki ko‘zi bir tomonda bo‘lgan yapaloq dengiz balig‘i); 6 — ilonbaliq; 7 — lentaga o‘xshagan baliq; 8 — sharsimon baliq; 9 — dumi ingichka
yapaloq dengiz balig‘i.
tashlanadi. O‘ljani ko‘rganda qo‘zg‘alish zog‘orabaliqning ko‘- rish nervi bo‘ylab markaziy nerv sistemasiga boradi va darhol harakatlantiruvchi nervlar bo‘ylab undan mushaklarga qaytadi. Zog‘orabaliqning o‘ljasi tomon suzib boradi va uni tutib oladi. Organizmning ta’sirlanishiga ana shunday javob qaytarish me- xanizmi tug‘madir, bunday reflekslar shartsiz refleks deb ata- ladi. Bir turdagi hamma hayvonlarda shartsiz reflekslar bir xil bo‘ladi. Ular tug‘ma bo‘lib, nasldan naslga o‘tadi.
Agar akvariumdagi baliqlar biror ta’sir (sharoit) ostida oziq- lantirilsa, masalan, lampochka yoqilsa yoki oynasi taqillatilsa, bir qancha vaqt o‘tgandan keyin, baliqlar oziq berilmaganda ham bunday signalga javoban o‘z-o‘zidan harakatga keladi. Baliqlarda shunga o‘xshash signallarga shartli reflekslar, ya’ni ma’lum sharoitda paydo bo‘ladigan reflekslar kelib chiqadi. Baliqlar o‘zining biologik xususiyatidan kelib chiqib, tashqi ko‘rinish jihatidan turlichadir.
Òurli tipdagi baliqlarning tashqi ko‘rinishi 7-rasmda berilgan.


? NAZORAT SAVOLLARI




  1. Baliqlarning og‘iz va tish tuzilishini bayon eting.

  2. Baliqlarning tana va suzgichlari qaysi xususiyatlarga bog‘liq holda tuzilgan?

  3. Suzgichlar baliqlarga qanday maqsadda xizmat qiladi?

  4. Baliqlarda qanday turdagi tangachalar uchraydi? Ularni izohlang.



Download 9,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish