O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Ma’lumotnomalar  —  (spravochniklar)  turli  xil  ma’lumot-
larni  aks  ettiradi  va  mazmuniga,  maqsadiga  va  kitobxonlik
guruhiga ko‘ra ajratiladi. Bilim sohasining turlari bo‘yicha ko‘plab
muammo  va  masalalarga  oid  ma’lumotnomalar  nashr  etiladi.
Biografik  xarakterda  ham  spravochniklar  mavjud.  Òurli  ishchi
mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarish masalalariga oid, fan
tarmoqlariga  oid  ma’lumotnomalar  ma’lum  bir  tizimda
joylashtirilgan  holda  nashr  etiladi.  Kutubxonachi  xodimlar
uchun nashr etilgan „Kutubxona-bibliografik jadval“ ham (avval
ommaviy, bolalar, ilmiy kutubxona xodimlari uchun alohida rus
tilida  nashr  etilgan  edi)  maxsus  ma’lumotnoma  nashr  hi-
soblanadi. Keng kitobxonlar ommasi uchun universal mazmunda
yoki amaliy xarakterda ham ma’lumotnomalar nashr etilgan. A.
Kormilitsinning  „O‘zbekistonning  mashhur  kutubxonashunos
va  bibliograflari“  nomli  biobibliografik  xarakterdagi  ma’lu-
motnomasi  kutubxona  xodimlari,  talabalar,  professor-o‘qi-
tuvchilar  uchun  tayyorlangan.
1996-yilda Òoshkent davlat sharqshunoslik instituti tomoni-
dan M. Abdusamatovning „O‘zbekiston sharqshunoslari“ nomli
biografik ocherklari to‘plami nashrdan chiqdi. U respublikamiz
sharqshunosligi  haqidagi  katta  ilmiy  ishdir.  Dastlab  Sharq-
shunoslik  instituti  tarixi  haqida  ma’lumot  berilgan.  Kitobning
asosiy  qismini  tashkil  etuvchi  biobibliografik  ma’lumotlar  4  ta
qismdan iborat. 1- qismida sharq fakultetini bitirib, hozirgi kunda
O‘zFA    qoshidagi  va  qardosh  respublikalar  akademiyalarida
faoliyat  yuritayotgan  muxbir  a’zolar,  akademiklar,  respublikada
xizmat  ko‘rsatgan  fan  arboblari  ilmiy  darajasini  olganlar;  2-
qismida respublika davlat va jamoat arboblari hamda diðlomatik
xodimlar;  3- qismida  fan  doktorlari  va  professorlar,  4- qismida
fan  nomzodlari  va  dotsentlar  haqida  ma’lumotlar  jamlangan.
Maqolalar alifbo tartibida berilgan. Maqolada olimning hayoti va
faoliyati,  ilmiy  darajasi,  ilmiy  unvonlari,  xalqaro  anju-
manlardagi  ishtiroki,  davlat  mukofotlari,  davlat  va  jamoat
ishlaridagi xizmatlari, oxirgi ish joyi, lavozimi haqida ma’lumot
berilgan.  „Olim  haqida“  rukni  bilan  uning  hayoti  va  faoliyati
haqida hujjatlar keltirilgan. Bunday biobibliografik ma’lumotnoma
nashrlar o‘zbek tilida juda kam.
Òaqvimlar kitobxonlarni shu yilda yoki yaqin vaqt oralig‘ida


38
nishonlanadigan  eng  muhim  voqealar,  sanalar,  ular  tarixi,
mazmuni,  ahamiyati  bilan  tanishtiradi.  Bunday  taqvimlar,
asosan,  yirik  markaziy  tashkilotlar  tomonidan  nashr  etiladi.
Masalan,  Alisher  Navoiy  nomidagi  O‘zbekiston  Milliy  kutub-
xonasi  respublika  kutubxonalari  uchun  har  yili  keyingi  yilda
nishonlanishi  mo‘ljallangan  voqealar,  sanalar,  bayramlar,  turli
xil  tadbirlarning  taqvimini  tuzadi.  Unda  tadbirlarning  qisqacha
tarixi  sanalar  bo‘yicha  to‘g‘ri  xronologik  tartibda  beriladi,
ularning  mazmuni,  shu  kun  uchun  ahamiyati  haqida  axborot
olish  mumkin.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish