203
resurs markazlari faoliyati asosiy yo‘nalishlaridan biri huquqiy
madaniyatni tarbiyalash, tarixiy bilimlarni bera olishdan iborat.
Estetik va kitob madaniyati, o‘qish madaniyati ko‘nikmalarini
tarbiyalash masalasiga ayrim mutaxassislar eskicha yondashuv
deb qaraydilar. Ammo hozir ham kitob o‘qish madaniyati,
axborotni qidirish, to‘plash, tahlil qilish, tanlash, undan to‘g‘ri
foydalana olish qoidalarini ko‘pchilik kitobxonlar tushunib
yetmaydilar.
Estetik madaniyat ko‘nikmasi har bir fuqaroga zarur.
Chunki
estetik tarbiya olgan kishigina yaxshilikka intiladi, ezgulik ko‘rsata
oladi, yaxshilikdan, go‘zallikdan bahra olishni va boshqalar bilan
uni baham ko‘rishni biladi. Go‘zallikni tushuna olmagan, his qila
olmagan kishidan yaxshilik kutib bo‘lmaydi. Shuning uchun
barcha adabiyot va san’at asarlaridan, ular asosida yaratilgan
audio va video hamda elektron manbalardan unumli foydalanish
burchimizdir.
O‘qish madaniyati — bu o‘qish, mutolaa uchun hujjatni to‘g‘ri
tanlay bilish, eng zarurini ajrata olish, undan o‘z vaqtida to‘g‘ri
foydalana olish, amaliyotda unumli foydalanish ko‘nikmasi. O‘qish
madaniyati, asosan, yosh kitobxonlar bilan ishlovchi maktab,
kollej va litsey qoshida tashkil etilgan axborot-resurs markazlarining
vazifasi. Uni tarbiyalashda o‘qituvchilar, ota-onalar va kutubxona
xodimlarining hamkorligi zarur.
Bibliografik madaniyat. Ko‘p hollarda kutubxona kataloglari,
shuningdek, elektron kataloglar, adabiyotlar ro‘yxati, tavsiya
qo‘llanmalari, bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik sharhlar,
yirik shakldagi bibliografik manbalarga murojaat qilishga to‘g‘ri
keladi. Har qanday ilmiy izlanishlar, tadqiqot ishlari ularning
yordamisiz amalga oshmaydi. Ayniqsa,
faqatgina bir kutubxonada
yaratilgan elektron katalogdan emas, balki boshqa mamlakat
kutubxonalarining elektron katalogidan foydalanishda bibliografik
elementlarni bilish bibilografik yozuvlarning qaysi tilda bo‘lishidan
qat’i nazar katta ahamiyatga ega. Bibliografik manbalardagi
yordamchi apparatlar — ismlar, predmet, alifbo ko‘rsatkichi,
mundarija, kirish so‘zi va boshqa turli ma’lumotlardan unumli
foydalana olish ko‘nikmasi har bir kitobxon uchun zarur. Bunday
ko‘nikmani shakllantirib borish ham kutubxona xodimining
vazifasidir.
Axborot texnologiyalari asrida
zamonaviy axborot texno-
logiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi va madaniyatiga ehtiyoj
204
katta. Har bir kutubxona, axborot markazi, o‘quv xonalari,
sinfxonalar va auditoriyalar kompyuterlashtirilmoqda. Ana shunday
sharoitda kompyuterdan foydalanishning texnik va gigiyenik
qoidalarini anglab yetish, texnika xavfsizligiga amal qilish,
kompyuterni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, undan unumli
foydalanish talab etiladi. AKM va ARMlarda tashkil
etilgan axborot
texnologiyalari bo‘limlarining asosiy vazifasi ana shu ko‘nikmani
va madaniyatni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun har bir
foydalanuvchi bilan ishlash, turli ko‘rgazmali qurollardan
foydalanish, ommaviy tadbirlarning, yakka
tartibda olib boriladigan
ishlarning sifatini oshirish, maxsus o‘quv kurslari tashkil etishni
nazorat qilib borish, maslahatlar uyushtirish kutubxonalar
tajribasiga kirib keldi.
Muloqot madaniyatini shakllantirish. Alisher Navoiy: „So‘z
aytish va so‘z tinglash odobiga alohida e’tiborni qaratish, uni
ota-ona tarbiyasining nishonasidur“, deydi. Muloqot — ikki va
undan ortiq kishi o‘rtasidagi suhbat. Suhbatlashish, muloqotga
kirishish odobi har bir inson uchun zarur. Muloqot davomida
o‘zaro fikr almashinadi, bir-biridan o‘rganiladi, tarbiyaviy
jarayon
amalga oshadi, bilim olish, ma’lumot olish, o‘zida mavjud fikr
va mulohazadagi xatoni to‘g‘rilash, kamchilikni to‘ldirish, boyitib
borish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun o‘zaro muloqotda odobni
saqlash, o‘zaro hurmat, e’tibor, diqqat talab etiladi. Bu, albatta,
avvalo oilada tarbiya topadigan jarayon. Ammo uni kitob
vositasida,
kutubxonada o‘tkaziladigan tadbirlar ta’sirida amalga oshirish
ko‘proq samara beradi. Hatto kitobxon oilada olmagan bilimini
kutubxonadan topadi, oilada berilmagan yaxshi fazilatni boshqalar
ta’sirida o‘ziga singdiradi. Bunda kutubxona xodimidan, har bir
tarbiya va ta’lim maskani xodimidan shaxsiy namuna talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: