O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


MARC  formatlarning  turlari,  milliy  formatlar



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

MARC  formatlarning  turlari,  milliy  formatlar
1970- yillardan  Rossiyada  MARC  formatlar  yaratish
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari 3 bosqichda boshlandi. 1- bosqichda
bibliografik  yozuvlarning  yagona  formatini  yaratish  avtomat-
lashtirilgan  kutubxona-axborot  tizimlarining  texnologik  asosi
sifatidagi  imkoniyatlari  o‘rganilgan.  2- bosqichda  tadqiqot
natijalari Davlat ilmiy-ommabop texnika kutubxonasi va boshqa
kutubxonalarda  tajriba  tariqasida  sinab  ko‘rilgan.  3- bosqichda
kutubxona  mutaxassislari  kommunikativ  format  uchun  davlat
standartlari va MDH doirasida xalqaro formatlar ishlab chiqishga
jalb  qilingan.  1970 — 1972- yillarda  Davlat  ilmiy-ommabop
texnika  kutubxonasida  tuzilgan  30  dan  ortiq  kutubxona  va  in-
formatsion  tashkilotlar  mutaxassislarni  birlashtirgan  ishchi
guruhi  tomonidan  „Magnit  lentasida  bibliografik  yozuvlarning
kommunikativ  formati“  va  formatni  to‘ldirishga  mo‘ljallangan
„Bibliografik yozuvlarning mashina oldi formati“ tuzilishi uchun
Davlat  standartlari  loyihalari  tayyorlandi.  Kommunikativ
formatdagi  yozuv  tuzilishi  tasviri  2709  xalqaro  standartga  mos
edi. Mashina oldi formatini to‘ldirish ma’lumotlar elementlarini


197
aniqlash  va  ularni  uch  belgili  kodlashtirish  darajasiga  keltirildi.
Kommunikativ  format  to‘ldiruvchisini  ishlab  chiqishda  chet  el
tajribalari,  xususan,  MARC  formatlar  oilasiga  kiruvchi
USMARC  formati  o‘rganildi.  1990- yildan  boshlab  Rossiya
bozorida  avtomatlashtirilgan  kutubxona-axborot  tizimlari  AIBS
„ MARC-NPO Informsistema va Moskva Davlat universitetining
mahsuloti  „Biblioteka“ning  paydo  bo‘lishi  bilan  USMARC
formati Rossiyada tatbiq qilina boshlandi. Formatlarni o‘rganish
va tatbiq qilish ilgari ham bo‘lgan, ammo ularni real tatbiq qilish
yuqorida  keltirilgan  avtomatlashtirilgan  kutubxona-axborot
tizimlarining  yaratilishi  bilan  bog‘liq.  Ishlab  chiqilayotgan
formatlar Xalqaro standartlar va Rossiyadagi standartlar hamda
qoidalarga  mos  kelishi  zarur.  Bunday  talablarning  bajarilishiga
USMARC  va  UNIMARC  formatlari  javob  beradi.  Òahlillar
natijasida  UNIMARC  formati  Rossiya  milliy  formatini  yaratish
uchun  asos  qilib  olindi.  Uch  bosqichda  Rossiya  milliy  formati
ustida  ish  olib  borildi.  1- bosqichda  avtomatlashtirilgan  kutub-
xona-axborot  tizimining  texnologik  asosi  sifatida  bibliografik
yozuvlarning yagona formatini tashkil etish imkoniyatlari o‘rga-
nildi. 2- bosqichda Rossiya Davlat xalq ilmiy-texnika kutubxonasi
va  boshqa  kutubxonalar  uchun  o‘tkazilgan  tadqiqot  ishlarining
natijasi va uning qo‘llanishi darajasi o‘rganildi. 3- bosqich kom-
munikativ  formatning  davlat  standartlarini  ishlab  chiqish  va
belgilangan  dastur  doirasida  xalqaro  formatni  ishlab  chiqishda
ishtirok etishdan iborat bo‘ldi. Kommunikativ format yozuvlari
va  ularning  tuzilishi  ISO  2709  sonli  Xalqaro  standartga  mos
keltirildi.
1990- yil  boshlarida  UNIMARC  va  USMARC  xalqaro
formatlarini amaliyotga kiritish jadallashdi. Shu munosabat bilan
Rossiya  kutubxonalarining  kutubxonachilik  kooperatsiyasi  va
bibliografik axborot almashuvning xalqaro tizimiga kirib borishini
tezlatish maqsadida UNIMARC bo‘yicha asosiy materiallarni rus
tiliga o‘girish sohasida ish olib borildi. 1995- yil oktabrida Rossiya
milliy  formatini  yaratish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilindi  va  u
RUSMARC  deb  nomlandi,  bu  format  1994- yilgi  UNIMARC
asosida  tahrir  qilindi.  Bu  format  IFLAning  xalqaro  qo‘mitasi
tomonidan milliy format sifatida rasman tan olingan va ro‘yxatga
olingan. Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining 1998- yil
27.01 45- sonli buyrug‘i bilan kutubxonalarda axborot almashinuvi
uchun  majburiy  qo‘llanuvchi  format  sifatida  kiritildi.  2000- yil


198
29- fevraldagi  139- sonli  buyruqda  bu  formatni  Rossiya  Fe-
deratsiyasi Madaniyat vazirligi tasarrufidagi kutubxonalar uchun
avtomatlashgan  kutubxona-axborot  tizimini  ishlab  chiqish  va
amaliyotda qo‘llash uchun majburiy deb ko‘rsatildi. Rossiya Milliy
kutubxonasi  ana  shu  format  asosida  kataloglashtirish  ishlarini
olib  boradi.  „Libnet“  nomi  bilan  yuritiluvchi  milliy  axborot-
bibliografiya  Markazi  RF  Madaniyat  vazirligining  qo‘llab  quv-
vatlashi bilan ikkala milliy kutubxona tomonidan ta’sis etilgan va
u  mamlakatda  davr  talabi  darajasida  korporativ  kataloglashti-
rishni  olib  boradi.  Markazning  ishi  ham  RUSMARC  formatida
olib boriladi. Rossiyaning turli hududlarida RUSMARCni qo‘llovchi,
axborot almashuv formati hamda kataloglashtirish formati sifatida
boshqa formatlar ham yaratildi. Bular ORAC-GLOBAL (DIÒ-M,
Moskva),  RUSLAN  (SpbGU,  Sankt-Peterburg)  va  boshqalar.
Bundan tashqari, jahonning ko‘pgina yirik va rivojlangan mam-
lakatlari ham o‘zlarining formatlarini yaratishga harakat qildilar
va yaratdilar. Shulardan biri Kanada davlatidir. Kanadada xalqaro
formatlarni  o‘rganish  maqsadida  tashkil  topgan  ishchi  guruhi
o‘zlaridan avval tuzilgan bir qancha formatlarni o‘rganib, tahlil
qilib, USMARC asosida unga qo‘shimcha maydon va maydonosti
chiziqlarini kiritgan holda CANMARCni yaratdilar. Kanada 2 ta
davlat tiliga (ingliz va fransuz) ega bo‘lganligi sababli formatda
yo‘naltirish  berish  uchun  qo‘shimcha  belgilar  (metka)lar,
markerda yozuv statusini beruvchi to‘liq yoki qisqa kodlar kiritildi.
Bu  format  1979- yili  nashr  etildi.  Avstraliyaning  milliy
kutubxonasi  1973- yil  o‘zining  AUSMARCni  yaratdi.  Uning  2-
nashri  1975- yili  chiqdi.  Avstraliya  formati  UKMARCga  asos-
langan,  ammo  o‘zining  milliy  xususiyatiga  ko‘ra  o‘zgarishlar
kiritgan. 1988- yili ular USMARC asosida avtoritet ma’lumotlar
uchun format ishlab chiqdilar. Hozirgi paytda bunday formatlarning
soni 50 dan oshib ketdi va ular har biri o‘z milliy xususiyatiga
ega  bo‘lish  bilan  birga  xalqaro  axborot  almashuv  tizimiga
bo‘ysunadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish