O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Ommaviv  axborot  vositalari  (OAV)  uchun



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Ommaviv  axborot  vositalari  (OAV)  uchun
obzor  tayyorlash.  Press  reliz
Radio, televideniya va vaqtli matbuot sahifalarida muntazam
ravishda yangi adabiyotlar sharhi berib boriladi. Ko‘pincha, bunday
sharhlarni tahririyatning o‘zi tayyorlaydi. Sharhning samarali va
sifatli  o‘tishi  uchun,  albatta,  axborot-resurs  markazlari  bilan
hamkorlikda  tayyorlash  lozim.  Bunda  sharhning  mavzusi  aniq-
lanadi, mavzu uchun axborot-resurs markazida mavjud hujjatlar
tanlanadi. Ular sharhni tayyorlash qoidasiga ko‘ra tayyorlanadi.
Òayyor matn OAV tizimiga uzatiladi. Ba’zi hollarda televideniya
orqali  berilayotgan  sharhlarda  ketma-ketlik  noto‘g‘ri  tanlanadi,
muntazamlilikka e’tibor berilmaydi yoki hozirjavoblik yo‘qoladi.
Press  reliz  OAV  uchun  yirik  tadbirlarni  reklama  qilish
maqsadida  tayyorlanadigan  axborot  qog‘ozi  bo‘lib,  firmalar,
korporatsiyalar, tashkilotlarning maxsus bo‘limlari, xizmatchilari,
PR byurolari, PR agentligi vositasida bepul tarqatiladigan qisqa
axborot.  Bu,  asosan,  yarim,  yoki  bir  sahifaga  mo‘ljallanadi  va
buning uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim: mazmun
va jumlalar tushunarli va oddiy tilda berilishi; fikrlarning qisqa va
yig‘ma  holda  berilishi;  asosiy  fikrlarning  belgi  yoki  qora  chiziq
bilan ajratilishi; asosiy fikrni 15 — 20 ta so‘zda bera olish; bosh
abzasdagi  g‘oyaning  keyingi  abzaslarda  davom  ettirilishi.  Bosh
abzasning vazifasi iste’molchini birinchi fikrdanoq qiziqtirishdan
iborat. Keyingi vazifasi tashrif qog‘ozi o‘rnini egallashdir. Bosh
abzas  jurnalistikada  tashrif  qog‘ozi  deb  ham  yuritiladi.  Bosh
abzasda birorta oshiqcha so‘z bo‘lishi mumkin emas, uslub sodda


184
bo‘lishi shart. Press relizning xususiyatlari: shu kunning muhim
yangiligini  aks  ettirishi;  o‘z  vaqtida  berilishi,  hozirjavobligi.
Kutubxona tomonidan o‘tkaziladigan yirik tadbirlar — yubileylar,
kitobxon benefisi, kitobxon marofoni, turli uchrashuv kechalari,
ilmiy-amaliy anjumanlar, kitobxonlar konferensiyasi munosabati
bilan  uni  keng  jamoatchilikka  ma’lum  qilish,  reklama  qilish,
targ‘ib qilish maqsadida ilg‘or kutubxonalar OAV bilan hamkorlik
o‘rnatganlar.
Press  reliz  uch  qismdan  iborat  bo‘ladi:  1- qism  bosh  abzas
bo‘lib, murojaat qismi, unda rahbariyatga Press relizni jo‘natish
maqsadi, asosiy g‘oya, uning ahamiyati tushuntiriladi. 2- qismida
aniq va ravon, qisqa matnda qachon, qayerda, nima maqsadda,
kimlar uchun tadbir o‘tkazilayotgani, undan kutilayotgan natija
ko‘rsatiladi.  3- qismda  tadbirni  o‘tkazish  joyi,  vaqti,  yordami
uchun avvaldan minnatdorchilik bildiriladi. Press reliz, albatta,
korxonaning  rasmiy  qog‘oziga  yozilishi,  tashkilotning  birinchi
rahbari  imzo  qo‘yishi  shart.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish