O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Bibliografik  obzorlarning  turlari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Bibliografik  obzorlarning  turlari
Yangi  adabiyotlar  obzori.  Kutubxona  fondiga  kelib  tushgan
yangi kitoblar kitobxonlarda qiziqish uyg‘otadi. Bunday sharhlar
mazmuniga ko‘ra universal, ahamiyatiga ko‘ra axborot xarakterida
bo‘ladi.  Bunday  sharhga  hamma  bilim  sohasiga  oid  kitoblar,
jurnallar  va  boshqa  hujjatlar  olinadi.  Ular  hozirjavoblik  bilan,
tezda, muntazam olib borilishi zarur. Bunday sharhlarda kirish
qismi va xulosa jqisqa bo‘ladi. Asosiy qismda hikoya qilinadigan
adabiyotlar bilim sohalari bo‘yicha ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Yangi  adabiyotlar  sharhining  maqsadi  kitobxonlarga  yangiliklar
haqida  ma’lumot  berish,  ular  bilan  yaqindan  tanishtirish.  Agar
faqat  jurnallar  olinsa,  uning  maqsadi  kutubxona  fondiga  kelib
tushgan  jurnallarning  mazmuni  haqida  axborot  berish.  Kirish
qismida  jurnal,  uning  tashkil  etilgan  vaqti,  kimlarga  mo‘ljal-
langani,  qanday  tuzilishga  egaligi,  ahamiyati  haqida  gapiriladi.
Asosiy  qismida  aniq  maqolalarga  sharh  beriladi.  Adabiy-badiiy
jurnallar sharhi axborot yoki tavsiya xarakterida bo‘ladi. Buning
uchun  bitta  jurnalning  so‘nggi  2 — 3  ta  soni  yoki  bir  necha


182
nomdagi jurnalning so‘nggi sonlari olinadi. Ulardan eng qiziqarli
badiiy  asarlar  tanlab  olinadi.  Xulosa  qismida  adabiy-tanqidiy
qismi  haqida,  shunga  yaqin  boshqa  jurnallarda  nashr  etilgan
materiallar  haqida  ma’lumot  beriladi.  Bu  kitobxonda  axborot
olish madaniyatini va bibliografik bilimni tarbiyalaydi.
Mavzuli  obzorlar  mustaqil  bilim  olishga  yordam,  yo‘llanma
berish  va  kitobxonlarning  bilim  doirasini  kengaytirish,  tavsiya
etilayotgan adabiyotlarga qiziqish uyg‘otish maqsadida o‘tkaziladi.
Ular  ko‘proq  u  yoki  bu  bilim  sohasiga  oid  ilmiy-ommabop
adabiyotlar  asosida  tayyorlanadi.  Agar  sharh  mazmuni  faqat
badiiy  asarlarga  bog‘liq  bo‘lsa,  har  bir  asarning  faqatgina  maz-
muni  haqida  emas,  balki  har  bir  muallif — yozuvchi  va  shoir-
ning  o‘ziga  xos  tomonlari,  ijodiy  xususiyatlari,  bir  asarning
boshqa asarlardan farqi haqida ma’lumot beriladi. Sharhning har
bir elementi, mazmuni va qurilishiga alohida ahamiyat beriladi.
Kirish  qismida  mavzuning  ahamiyati,  tanlab  olingan  mualliflar
haqida ma’lumot, asarlarga umumiy ta’rif beriladi. Asosiy qismida
har  bir  asar  alohida  olinib,  uning  mazmuni  yoritiladi,  ahami-
yati,  badiiy  qimmati  haqida  ma’lumot  beriladi.  Shundan  kelib
chiqib  ularning  ketma-ketligi  aniqlanadi.  Adabiyotlar  umumiy-
dan  xususiyga  qarab  joylashtirilishi  mumkin  yoki  badiiy  asarlar
janriga  ko‘ra  alohida  guruhlarga  ajratiladi  va  ketma-ketligi
belgilanadi.  Yoki  avval  shu  mavzu  bo‘yicha  yaratilgan  asarlar,
ularning  mualliflari  haqida  umumiy  ma’noda  ma’lumot,  keyin
ularning ayrimlariga alohida to‘xtalish mumkin. Xulosada sharhga
yakun yasaladi, tanqidiy materiallar eslatiladi va tavsiya etiladi,
shu  mavzuga  oid  qanday  adabiyotlar  mavjudligi,  ularni  topish
yo‘llari,  manbalari  beriladi.
Shaxslarga  oid  sharhlar.  Bunday  sharhlar  yozuvchi  yoki
shoirlarning,  san’atkorlarning,  mashhur  jamoat  va  siyosiy  ar-
boblarning, olimlarning yubileylari munosabti bilan tashkil etiladi.
Faqat shu muallif asarlariga sharh beriladigan tadbirda kitobxonlarga
ma’lum  va  mashhur  bo‘lgan  asarlari  bilan  birga  hali  nashr
etilmagan, kitobxonlar uchun noma’lum bo‘lgan asarlari, shaxs-
ning  hayoti  va  ijodi  haqidagi  hujjatlar  olinadi.
Ruknli nashrlar sharhi. Buning o‘ziga xosligi shundaki, avvalo
kitobxonlar  uchun  rukn  haqida  to‘la  ma’lumot  beriladi,  uning
tarixi, tashkil etilgan vaqti va sabablari, shu ruknda nashr etilgan
mashhur asarlar haqida axborot berib o‘tiladi. Keyin tanlangan
asarlarga sharh beriladi. Xulosada shu ruknda nashr etilgan yana


183
qanday asarlar mavjudligi, ularning manbasi eslatiladi. „XX asr
o‘zbek  romani“,  „Istiqlol  qahramonlari“,  „Mashhur  kishilar
hayotidan“, „Maktab kutubxonasi“ kabi ruknli nashrlarni ajratib
olish  mumkin.
Bibliografik  qo‘llanmalar  sharhi.  Bu  kutubxona  xodimlari
uchun o‘tkaziladi. Òavsiyaviy qo‘llanmalar, shaxslarga oid qo‘l-
lanmalar haqida kitobxonlar uchun ham o‘tkazish mumkin. Bu,
avvalo,  kitobxonning  bibliografik  bilimini  oshiradi,  axborot
madaniyatini  tarbiyalaydi.  Kitobxon  sharhni  tanlash  davomida
qo‘llanmalar,  ularning  xususiyatlari,  ulardan  foydalanish  yo‘l-
lari  haqida  ma’lumot  oladi.  Sharhlarning  ta’siri,  samarasi  uni
o‘tkazgandan so‘ng shu mavzu bo‘yicha adabiyotlarning o‘qilish
darajasidagi o‘zgarishidan bilinadi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish