MBAni tashkil etish, o‘rganish
Kutubxonalar uchun MBAni to‘ldirish, o‘rganish va joy-
lashtirish muammosi doimo muhim masalaga aylanib kelgan.
Katalog va kartotekalarni tashkil etishda bosma kartochkalar
muhim ahamiyatga ega. Keyingi 15 — 16 yil davomida bunday
kartochkalar nashr etilmay qo‘ydi. Shuning uchun har bir
kutubxona o‘z bilganicha kartochkalarda bibliografik yozuvlarni
olib bormoqda. Bu esa kutubxonachilik va bibliografik ishlardagi
qonun-qoidalarning buzilishiga, ayniqsa, sistemali katalog
uchun ma’lumotlarni berishda xatoliklarga sabab bo‘lmoqda.
Shifr indeksi bir nomdagi kitobga turli kutubxonalarda turlicha
beriladi, bu bibliografik so‘roqlarni bajarishda ham murak-
kabliklarga olib keladi. MBFni ma’lumotnoma nashrlar bilan
to‘ldirishda, kitobxonlar so‘rog‘idagi, o‘zgarishlar e’tiborga
olinadi. Bu o‘zgarishlar ishga oid faktografik so‘roqlar ko‘-
rinishida bo‘lishi mumkin. Bu kutubxonalarga savdo-sanoat
166
kataloglarini, biznes-ma’lumotnomalarni, prays-varaqalar, rek-
lama-bukletlari va ko‘rgazmalarning va turli yo‘nalishdagi
yoymalar kataloglarining tezda muomaladan chiqib qolishiga
qaramasdan o‘z fondlarini to‘ldirib borishni taqozo qiladi.
Ikkinchidan, keyingi yillarda turli xil mazmundagi va yo‘na-
lishdagi CD-ROMlar ko‘payib bormoqda, bular — mamlaka-
timiz hayotiga oid va o‘zimizda, qo‘shni mamlakatlarda va xorijda
tayyorlangan hujjatlar.
Bibliografik qo‘llanmalar keyingi yillarda mamlakatimizda
deyarli nashr etilmayapti, nashr etilsa ham 200 — 300 nusxada,
buning ustiga juda qimmat. Demak, tijorat asosida kutubxonalarning
bibliografik faoliyatini kengaytirish zarurati tug‘iladi. MBAni o‘rga-
nish uning har bir qismi va unga kiruvchi har bir elementning
ta’sirini, samarasini, ahamiyatini tahlil qilib borish uchun kerak.
Bu narsa ular fondga kelib tushishi bilanoq amalga oshadi, o‘z
navbatida ular doimo yangilanib, yaroqsiz holga, mazmunan
eskirgan paytda fonddan chiqarishga moslarini aniqlashda kerak.
MBAni joylashtirish muhim masala. Uni kitobxonga qulay bo‘lgan
joyga, xonaga joylashtirish zarur. Imkoni bor kutubxonalarda bu
apparat yaxlit holda alohida xonada joylashtiriladi va alohida bo‘lim
sifatida tashkil etiladi. Boshqa bir hollarda axborot zali sifatida
katalog va kartotekalar alohida xonada joylashtiriladi, bunda
kitobxon va kutubxonachi, bibliograf uchun ishlash qulay bo‘ladi.
Katalog va kartotekalarning, ma’lumotlar bazasi yoki bankining
ma’lumotlari alohida olib qaraganda majburiy hujjat-pasportda
aks etadi. Bu shu hujjatlar soni oshib borgan sayin ularni
almashtirish, sotish, internetga joylashtirish, zarur ma’lumotlarni
qidirib topishda qiyinchilik tug‘ilgan hollarda yordam beradi.
Pasportda katalog yoki kartotekaning nomi, mavzusi, tashkil
etilgan yili, komplektlash manbasi, xronologik chegarasi, hajmi,
yillik o‘sishi, muntazamliligi, yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirib
borish muddati, hujjatlarning turlari, bibliografik yozuvlarning
tarkibi, tuzilishi yoki sxemasi, yordamchi apparatlari, javobgar
shaxsning ismi, nasabi ko‘rsatiladi. Zamonaviy MBA mun-
tazamlilik, ishonchlilik, iqtisodiy tejamkorlik kabi sifatlarga ega
bo‘lishi va rejali, ijodiy, muntazam tashkil etib borilishi zarur.
MBA ishini tashkil etishda ishtirok etuvchi maxsus bo‘limning
bibliograflari yoki xodimlari axborotni to‘la yig‘ishga va saqlashga
mas’uldir. Shundagina iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonida
tashqi axborot resurslaridan o‘z vaqtida va maksimal darajada
167
foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Har bir bo‘lim o‘zining axborot
vazifasini bajaradi va bir-birini takrorlashga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Yangi texnologiya bilan ishlash jarayonida, dasturlarni qo‘llashda
har bir kutubxona axborotlarning to‘la bo‘lishiga, ulardan unumli
va samarali foydalanishga, ayniqsa, dasturlarni qo‘llashga mas’uliyat
bilan yondashishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |