O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Oliy  o‘quv  yurtlari  kutubxonalarining



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Oliy  o‘quv  yurtlari  kutubxonalarining
bibliografik  faoliyati
Oliy  o‘quv  yurti  kutubxonalari  bilimlarning  asosiy  manbasi
va  saqlovchi  xazinasi  bo‘lib  kelgan.  Ular  „Kadrlar  tayyorlash
Milliy dasturi“ va „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonunda belgilab berilgan
bilimli,  malakali  mutaxassis  kadrlarni  tayyorlashning  asosiy
bo‘g‘ini  hisoblanadi.  Davlatimiz  rahbarlarining  va  yuqori
tashkilotlarning  barcha  hujjatlari,  milliy  istiqlol  g‘oyasiga  oid
adabiyotlar  shu  kutubxona  orqali  targ‘ib  qilinadi  va  o‘rgatiladi.
Davlatimizning ichki va tashqi siyosatiga oid barcha materiallar
yuzasidan  tavsiya  ro‘yxatlari,  bibliografik  sharhlar,  kartotekalar
shu kutubxonalarda tuziladi. Dunyo axborot olamiga kirib borish
uchun  shart-sharoitlar,  internetdan  va  elektron  pochtadan
foydalanish  imkoniyati  ham  shu  kutubxonalarda  yaratilgan.
Òoshkent  shahridagi  ko‘plab  oliy  o‘quv  yurti  kutubxonalarida


159
IRBIS  tizimida  elektron  kataloglar  yaratilmoqda.  Elektron
kutubxonalar,  virtual  kutubxonalar  yaratish  bosqichiga  o‘tila
boshlandi.  Òoshkent  davlat  iqtisodiyot  universiteti,  Òoshkent
moliya  instituti,  Òoshkent  davlat  madaniyat  instituti,  Òoshkent
davlat  texnika  universiteti,  O‘zbekiston  Milliy  universiteti
kutubxonalari  bu  jihatdan  ancha  oldinda.  Elektron  katalog
yordamida kitobxonlarning mavzuli va faktik so‘roqlari juda tez
muddatda bajariladi. Yangi kiritilgan adabiyotlarning bibliografik
yozuvlari asosida axborot bulletenlari tayyorlanmoqda. Òoshkent
davlat pediatriya instituti Asosiy kutubxonasida „OITS — tarix va
muammolar“,  „Virusli  gepatit.  Klinika  va  davolash“,  Òoshkent
agrar universiteti kutubxonasida „Qishloq xo‘jaligiga oid bibliografik
ko‘rsatkich“ (1990 — 1998- yy.)“ nomli retrospektiv ko‘rsatkich
tuzilgan.
Bu  kutubxonalarda  bibliografik  bilimlarni  targ‘ib  qilish,
yoshlarga axborot olamiga kira olish, o‘ziga zarur adabiyotlarni
qidirish,  tahlil  qilish,  undan  unumli  foydalanish  yo‘llarini
o‘rgatish, bibliografik axborot manbalaridan unumli foydalanishni
o‘rgatishni tashkil etish muhim vazifalardan biri. Chunki talaba
ilmiy-tadqiqot ishlari boshida turgan bo‘lajak ilmiy xodim, aspirant,
fan nomzodi yoki professordir. Demak, shu yillardanoq bunday
bilimlarni egallash va malakaga ega bo‘lish fan va texnika taraqqiyotini
belgilab  beruvchi  omillardan.  O‘zbekiston  Milliy  universiteti
kutubxonasi  tomonidan  1- bosqich  talabalariga  kutubxona-
shunoslik-bibliografik bilimlarni targ‘ib qilish maqsadida 36 soatdan
45  soatgacha  darslar  o‘tiladi.  Darsda  an’anaviy  bilimlar  bilan
birgalikda elektron katalogdan, elektron kutubxonadan, internet
tizimidan va elektron pochtadan foydalanish yo‘llari haqida ham
mashg‘ulotlar o‘tiladi. Bunday mashg‘ulotlar Òoshkent irrigatsiya
instituti,  Òoshkent  agrar  universiteti,  Òoshkent  texnika
universiteti kutubxonalari tomonidan ham tashkil etilgan. Chunki
yoshlarimizning ko‘pchiligida axborot va kitobxonlik madaniyati
shakllanmagan. Uni shakllantirish va tarbiyalash oliy o‘quv yurti
kutubxonalari zimmasiga oshiqcha bo‘lsa-da, mas’uliyat yuklaydi.
ÒDIU kutubxonasida bibliografik faoliyat ancha yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan,  bo‘limning  maqsadi  kitobxonlarning  bibliografik
axborotga  bo‘lgan  talablarini  bajarish,  ularga  bibliografik
ma’lumotlarni  vaqtida  yetkazib  berish,  kutubxona-bibliografik
bilimlarni  targ‘ib  qilish,  universitet  olimlarining  va  iqtisodiyot
sohasiga oid adabiyotlarning bibliografiyasini tuzishdan iborat. Bu


160
ishni ma’lumot-bibliografiya bo‘limi bilan axborot markazi bajaradi.
Bundan  tashqari,  o‘quv  jarayonini  bibliografik  ko‘rsatkichlar,
adabiyotlarning  tavsiya  ro‘yxatlari  bilan  ta’minlash,  mavzuli,
manzilli  va  boshqa  bibliografik  so‘roqlarni  bajarish,  sharhlar,
kitob  ko‘rgazmalari  tashkil  etish,  kutubxonachilik  darslarini
o‘tishda ishtirok etadi. „Kafedra kunlari“, „Mutaxassis kunlari“,
„Axborot  kunlari“ni  o‘tkazadi  va  muntazam  SBAni  to‘ldirib
boradi. Unga ma’lumotnoma nashrlar va bibliografik qo‘llanmalar
fondi,  katalog  va  kartotekalar  tizimi,  bajarilgan  mavzuli
ma’lumotlar  arxivi  kiradi.  Umumiy  fond  uchun  bosh  katalog,
bo‘limlar uchun alohida katalog, „Vaqtli matbuot kartotekasi“,
alifbo  va  sistemali  katalog  va  elektron  katalog  tashkil  etilgan.
Kartotekalar  orasida  1949- yildan  olib  borilayotgan  universitet
o‘qituvchilari  ilmiy  ishlari  kartotekasi  muhim  ahamiyatga  ega.
Kartoteka doimiy ravishda to‘ldirib boriladi. Hujjatlar mualliflarning
familiyasi alifbosi tartibida, kartochkalar teskari xronologik tartibda
joylashtirilgan. Yangi kelgan adabiyotlar kartotekasi ham tashkil
etilgan.  Ma’lumotlar  UDK — Umumiy  o‘nlik  klassifikatsiyaga
ko‘ra  joylashtirilgan.  „TDIU  tomonidan  1992 — 1996- yillarda
nashr  qilingan  o‘quv  adabiyotlari  bibliografiyasi“  tuzilgan  va
davom etmoqda. Òurli dolzarb mavzularga oid kartotekalar ham
tashkil etilgan. „Kitob va vaqtli matbuot yig‘ma katalogi“da o‘zbek
va rus tillaridagi kitoblar, vaqtli matbuot bilan birga chet ellardan
olingan barcha hujjatlar aks etgan bo‘lib, ish 1953- yili boshlangan.
Hozirgacha  uning  5  qismi  nashrdan  chiqqan.  Katalogning  4-
qismiga  Yevropa  mamlakatlari  tomonidan  sovg‘a  qilingan
iqtisodiyotga  oid  adabiyotlar  kiritilgan  bo‘lsa,  5- qismda
Amerikaning SABRE fondi va O‘zbekistondagi Fransiya vakolat-
xonasi 1991 — 1995- yillarda sovg‘a qilgan adabiyotlar kiritilgan.
„Yig‘ma katalog“ 30 — 40 nusxada nashr qilinadi. Rahbar xodim-
larga axborotni tanlab tarqatish tizimida xizmat ko‘rsatiladi.
1990 — 1993- yillar  respublikamizdagi  ko‘pgina  institutlar
universitetlarga  aylantirilgandan  so‘ng,  ulardagi  kutubxonalar
faoliyati jonlandi. Ularning Nizomiga ko‘ra, kutubxonalarda biblio-
grafiya  bo‘limlari  tashkil  etildi  va  dastlabki  vazifasi  ma’lumot-
noma-bibliografiya apparatini tashkil etishdan iborat bo‘ldi. Ma’lu-
mot-bibliografiya apparati fondi oldindan mavjud bo‘lgan ensiklo-
pediyalar,  lug‘atlar,  spravochniklar,  bibliografik  qo‘llanma  va
ko‘rsatkichlar bilan birgalikda institut kutubxonasi tayyorlayotgan
bibliografik  ma’lumotlar  bilan  ham  boyitib  boriladi.  Masalan,


161
Òoshkent  davlat  madaniyat  instituti  tashkil  topganiga  30  yil
to‘lishi munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari asarlari
ro‘yxati kafedralar bo‘yicha alohida-alohida ko‘rsatkich ko‘rinishida
tayyorlangan  O‘zbekiston  Milliy  kutubxonasi  tomonidan
chiqarilayotgan  barcha  turdagi  bibliografik  ro‘yxatlar,
ko‘rsatkichlar, uslubiy-bibliografik qo‘llanmalar ham 2 nusxadan,
xorijda va respublikamizda nashr etiladigan sohaga oid „Biblioteka“,
„Bibliografiya“,  „Áèáëèîòåêîâåäåíèå“,  „Áèáëèîãðàôîâåäå-
íèå“, „Ìèð áèáëèîãðàôèè“, „Kitob dunyosi“ va boshqa vaqtli
matbuot  nashrlari  ham  to‘plangan  edi.
2- asosiy yo‘nalish — axborot-bibliografik xizmat ko‘rsatish.
Kutubxonalar  IRBIS  tizimidan,  an’anaviy  katalog  va  kartote-
kalardan,  SBAdan  foydalangan  holda  ishni  tashkil  etdilar.  Ka-
fedralar  yo‘nalishiga  ko‘ra  axborot  va  mutaxassis  kunlari,
bibliografik  sharhlar  o‘tkaziladi.  Sharhlarni  institut,  fakultetlar
ilmiy kengashlarida ham o‘tkazib borilsa, yaxshi samara beradi.
Barcha  kutubxonalar  hozirgi  kunda  barkamol  avlod  tarbiyasida
muhim o‘rin tutganligi tufayli ham faoliyatining barcha tomonlarini
o‘z  vaqtida  va  tezkorlik  bilan  turli  xil  axborotlar  olamidan  har
bir iste’molchi uchun zarurini topib berish maqsadida axborot-
bibliografiya  ishini  mukammal  tashkil  etishlari  lozim.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish