O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/151
Sana29.08.2021
Hajmi0,82 Mb.
#158817
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151
Bog'liq
bibliografiya

Nikolay Appolonovich Burov — 1885- yil Peterburg shahrida
tug‘ilgan.  Peterburg  universitetini  tamomlagan  va  kitobsevarligi
bilan mashhur bo‘lgan. 1918 — 1926- yillari Òurkiston ommaviy
kutubxonasida ishlaydi, o‘lkashunoslik bo‘limiga, umumiy bo‘limga
boshchilik qiladi. 1927- yildan Samarqand Davlat universiteti asosiy
kutubxonasining kitobga ishlov berish va bibliografiya bo‘limini
boshqaradi. U kutubxonachilik ishini va kutubxonalarni qaytadan
tashkil etish bo‘yicha qator komissiyalarning a’zosi bo‘lgan. 1930-
yildan Òoshkentdagi ilmiy va akademik kutubxonalari Respublika
Markaziy kengashining raisi bo‘lib ishlagan. Kengash yig‘ilishining
qaroriga ko‘ra „Alifbo katalogi kartochkasi namunalari majmuasini


144
tuzish“ dasturi ishlab chiqiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi
yillarda  O‘zbekiston  haqidagi  adabiyotlarning  retrospektiv
ko‘rsatkichini tuzish vazifasi qo‘yiladi. 1946- yili O‘zFA huzurida
bibliografik  byuro  tuziladi,  uning  vazifasi  — „O‘zbekiston  va
O‘rta  Osiyo  xalq  xo‘jaligi  va  madaniyatining  qadimgi  davridan
bugungi  kunigacha  bo‘lgan  nashrlariga  oid  ko‘rsatkichlar“ini
o‘zbek,  rus  va  xorijiy  tillarda  chop  etishga  tayyorlash  edi.
1919- yil 23- martda Burov o‘lka kutubxonachilik bo‘limiga
xat yozib, kutubxona to‘g‘risidagi Nizomni ilova qiladi, mahalliy
nashrlarning  kutubxonaga  haddan  tashqari  tartibsiz  ravishda
keltirilayotganini,  bu  narsa  hamma  vaqt  transport  va  aloqa
bo‘limlarining  aybi  bilan  emasligini  ta’kidlaydi.  Nizomning  4-
qismiga  ko‘ra  Xalq  Maorifi  Komissarligi  (XMK)  tomonidan
tasdiqlanishi va unga ko‘ra majburiy nusxa o‘z vaqtida yetkazib
berilishini  ta’minlash  zarur  edi.  1922- yil  Òurkiston  Kitob
palatasini ikkinchi bor qayta tashkil etish masalasi ko‘tarilgandan
so‘ng Burov davlat ilmiy kengashining iltimosiga ko‘ra Òurkiston
Kitob  palatasini  tuzish  haqidagi  qonun  loyihasini  tayyorladi.
1923- yil 4- fevraldagi XMKning 15- sonli buyrug‘iga ko‘ra Palata
tashkil etildi va unga Burov direktor etib tayinlandi. Qiyinchiliklarga
qaramasdan, Òurkiston davlat kutubxonasida mavjud adabiyotlar
asosida  Òurkiston  Kitob  solnomasini  tuzish  boshlandi.  Burov
1923- yil yanvar va fevral oylarida „Turkiston kitob solnomasi“ni
tuzishga erishdi va aprel oyida nashrga topshirdi. Palataning keyingi
vazifasi  1917 — 1922- yillarda  nashrdan  chiqqan  asarlarni
bibliografiyalashdan iborat edi. Bunday retrospektiv bibliografiyani
tuzish  uchun  hamma  imkoniyatdan  foydalandilar.  1924- yili
Burovning  „1917 — 1922- yillarda  Òurkistondagi  aniq  fanlar“,
„Tabiat va matematikaga oid adabiyotlar ko‘rsatkichi“ qo‘llanmalari
nashrdan chiqdi. Kirish qismida aniq fanlar haqidagi adabiyotlarni
bibliografiyalash  tarixi,  „Ilmiy  adabiyotlar  xalqaro  katalogi“
kabi  nashriyot  faoliyatining  to‘xtash  sabablarini  ko‘rsatgan,
ko‘rsatkichning maqsadini yoritgan. 1930- yil Burov „O‘rta Osiyo
universitetining  nashrlari“  (1922 —1929- yy.)  nomli  ko‘rsat-
kichini tuzdi. Keyinchalik 1930 — 1933- yillardagi ilmiy ishlarni
o‘z ichiga oluvchi 2- qismi tuzildi.
Burov 1964- yilda nashr qilgan „Turkistonning inqilobgacha
bo‘lgan  davr  matbuoti“  (1868 — 1871- yy.)  nomli  ko‘rsatkichi
mahalliy tillarda nashr qilingan nashrlar haqidagi eng yirik qo‘l-
lanmadir.  Materiallar  to‘la  olingan  va  aniq  tavsif  berilgan.  178


145
kitob va 56 ta maqola berilgan bu qo‘llanma Òurkistonda inqilobgacha
nashr etilgan nashrlarni hisobga oluvchi birinchi yirik bibliografiya
edi. U „1868 — 1879- yillarda Òurkistonda chop etilgan kitoblar
ro‘yxati  va  undagi  yig‘ilgan  maqolalar“  deb  ham  nomlangan.
Ko‘rsatkich  nashr  joyi  (topografik),  nashr  yili  (xronologik)  va
til  kaliti  kabi  yordamchi  apparat  bilan  ta’minlangan.  A.  Yaz-
berdiyev „O‘rta Osiyo xalqlari milliy matbuotini bibliografiyalash
tarixidan“ nomli asarida bu ishga alohida e’tibor bergan. Burov
Òoshkent kutubxonalari fondida mavjud xorijiy nashrlarning yig‘ma
katalogini  tuzishga  harakat  qildi.  1926- yildan  O‘zbekiston
kutubxonachilari jamiyati markaziy Prezidiumi Òoshkent shahri
ilmiy  va  akademik  kutubxonalari  oldiga  1914 — 1925- yillarda
chiqqan xorijiy nashrlar yig‘ma katalogini tuzish vazifasini qo‘ydi.
Buning uchun maxsus komissiya tuzildi. Komissiya davriy nashrlar
fondini tavsiflash ishini boshladi, bu uzoqqa bormadi. 1931- yil
O‘zbekiston  Davlat  ommaviy  kutubxonasi  tashabbusi  bilan
qaytadan  komissiya  tuzildi.  Vazifani  bajarish  uchun  uslubiy
qo‘llanma  ishlab  chiqildi,  material  yig‘ish  bo‘yicha  yo‘riqnoma
tayyorlandi, yig‘ma katalogning geografik, tilshunoslik, shakl va
mazmuniy tuzilmasini tayyorladi. „1924 — 1936- yillardagi xorijiy
nashrlarning  yig‘ma  katalogi“ga  yozgan  so‘zboshisida  bunga
nashrlarning hamma turlari — davriy va turkumli nashrlar, xorijiy
mamlakatlardagi barcha nashrlar kiritilishi va yig‘ma katalogning
joriy etilish yili 1924- yil deb hisoblanishi komissiya tomonidan
e’tirof  etilgan.  1932- yil  oxiriga  kelib  Davlat  xalq  kutubxonasi
bibliografik-ma’lumot to‘plash bo‘limida kartoteka tuzilib, unga
48  kutubxonadan  ma’lumot  yig‘ish  boshlanishi  kerak  edi.
Komissiyadagi „uchlik“ — Y. Betger, N. A. Burov, L. V. Bom-
shteynlar  ishni  davom  ettirishdi  va  katalogning  2- qismi  tay-
yorlandi. Ishning vazifasi, ish miqdori va xarakteri aniqlandi va
uzoq  muddat  mavjud  ma’lumotlarning  to‘g‘riligini  aniqlash
bo‘yicha  tekshirish  ishi  o‘tkazildi.  Ishtirok  etgan  kutubxonalar
soni 78 ga yetdi, nashrlar soni 2513 ni tashkil etdi. Materiallar
alifbo tartibida joylashtirildi va mukammallashdi. Yig‘ma katalog
1937- yili tugatildi. Uning 1924- yildan teskari xronologik tartibdagi
va 1936- yildan to‘g‘ri xronologik tartibdagi shaklini O‘rta Osiyo
davlat  universiteti  davom  ettirdi.  1953- yilgacha  unga  Burov
rahbarlik  qildi.  1959- yilga  kelib  u  butunlay  tugatildi,  keyingi
davrni  Navoiy  kutubxonasi  bibliograflari  davom  ettirdilar.
10 — Bibliografiya


146

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish