O`zbek xonliklari


-§. Xiva xonligida shaharlar hayoti



Download 1,33 Mb.
bet22/47
Sana17.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#558276
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
Iii bob. Buxoro Amirligi 13-§. Buxoroda mang`itlar sulolasi hukm

25-§. Xiva xonligida shaharlar hayoti


Shaharlar hayotida uzoq davom etgan tushkunlik holati XVIII asr oxiriga kelib barham topdi. XVIII asr 2-yarmi - XIX asr boshida katta sug`orish inshootlarining tiklanishi va yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o`sishiga asos bo`ldi, bu hodisa shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o`sishiga sabab bo`ldi. Bu davrda G`arbiy Evropa davlatlarida tub sifat o`zgarishlari davom etayotgan edi, B.Britaniyada boshlangan sanoat to`ntarishi Evropa davlatlariga ham yoyilib, XIX asr o`rtalarida nihoyasiga etayotgan edi va kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi. Markaziy Osiyo xonliklarida, Xiva xonligida ham o`rta asr er egaligi munosabatlari hamon hukmron edi.
Me`morchilik. XVIII asr oxirida M.Amin davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o`rnatildi. Xiva shahrining holatiga bu omil ijobiy ta`sir ko`rsatdi. Natijada Xiva shahrida 1782 yil qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi obidalar ham qurildi. 1765 yil Sherg`ozixon va M.Amin madrasalari bunyod etildi. XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylanib, karvonsaroy, usti yopiq bozor va 1834 yil Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi.
Xiva shahri XIX asrda bir-biridan devor bilan ajralib turadigan 2 qismga bo`lingan. Ulardan biri Dishan qal`a - Tashqi shahar (qal`a) deb, ikkinchisi Ichan qal`a - Ichki shahar (qal`a) deb atalgan. Sharqda shahrining ichki qismi, ya`ni markazi – Shahriston, tashqi qismi - Rabod deb atalgan.
Ichan qal`a - Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me`moriy yodgorlikdir. Ichan qal`a Xiva shahrining ichki qal`a (Shahriston) qismidir. Ichan qal`a Dishan qal`adan devor bilan ajralib turadi, unga 4 ta: Bog`cha, Polvon, Tosh va Ota darvozalari orqali kirilgan. Ichan qal`ada Xorazm me`morchiligining ajoyib obidalari – madrasa, masjid, xon saroyi, ma`muriy binolar, bosh maydon va minoralar joylashgan.
M.Rahimxon, Olloqulixon va M.Aminxon davrida Ichan qal`ada keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi: saroy, madrasa, maqbaralar qurildi; Ko`hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. M.Aminxon Ichan qal`aning g`arbidagi Ko`hna ark yonida Kalta Minor minorasini qurdirdi. Ichan qal`ani qurishda Xiva me`morlari Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan inshootlarni ro`parama-ro`para qurish usulidan foydalandi. Bu usul "qo`sh" deb ataladi. Bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an`analariga ham amal qilindi, xususan Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy, xon saroyi majmuasi ansamblni tashkil etadi.
Noyob me`morchilik obidasi - Ichan qal`a 1961 yil davlat muhofazasiga olingan va muzey-qo`riqxonaga aylantirilgan, maydoni 26 ga.ni tashkil etadi, unda 54 ta tarixiy obida joylashgan. 1969 yildan muzey qo`riqxona Xiva “Ichan qal`amuzey-qo`riqxonasi” deb ataladi. Ichan qal`a 1990 yil Butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritildi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish