Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati kabi Xiva xonligi ham katta-kichik mulklarga bo`lingan. Yirik o`zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga aylanib, ijtimoiy hayotga hal etuvchi ta`sir ko`rsatgan. Ularning markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka, mustaqillika intilishi Xiva xonligida o`zaro nizolarni keltirib chiqargan. Shuningdek, XVI asr 70-yillarida Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo`lishining asosiy sabablaridan biri - Amudaryo o`zani o`zgarib Orol yo`nalishiga burilishi edi. Erlar cho`lga aylanib, aholi boshqa hududga ko`chib o`tgan. Xiva xonligini XVI asrda 2 marta Buxoro bosib olishi, o`zaro qabilaviy nizolar, og`ir soliqlar hamda turli to`lov va jarimalar aholini xonavayron qilgan, bu savdo-sotiqqa katta putur etkazgan.
Xiva va Buxoro o`rtasida o`zaro nodo`stona munosabatlari hukm surishining sababi: 1) xonliklar doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o`z hududlarini kengaytirishga urunishi. 2) Xiva va Buxoroda hukmron sulolalarning bir-biriga g`anim bo`lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi. Ubaydullaxon Abdullaxon II davrida Xiva xonligi Buxoroga bo`ysundirilgan edi. Xivani Buxoroga bo`ysundirish harakati Ubaydullaxon davrida boshlanib, u 1537-1538 yyil Xivani bo`ysundirdi va o`g`li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi, Xiva xoni Avaneshxon (1525-1538) o`ldirildi. Xorazm xalqi Avaneshxon avlodlari boshchiligida mamlakatni ozod qildi, Ubaydullaxon yuborgan qo`shinni tor-mor qildi, Abdulazizxon Urganchdan Buxoroga qochib ketdi. Buxoro xoni Abdullaxon II 1595 yil Xiva xonligini bo`ysundirdi, 1598 yil Abdullaxon vafotidan keyin Xiva xonligi mustaqilligi tiklandi. Noib (arabcha-o`rinbosar, yordamchi) - tobe o`lka yoki viloyat hokimi.
20-§. XVII-XVIII asr 1-yarmida Xiva xonligidagi siyosiy ahvol
Siyosiy porakandalik. Xiva xonligi siyosiy hayotida XVII asrdan 2 jarayon kuchaya bordi: 1) markaziy hukmron sulola nufuzining pasayishi. 2) qabila boshliqlari ta`sirining kuchayishi. Qabila boshliqlari xonga o`z xohishlarini o`tkaza olganlar, xon ularsiz biror masalani mustaqil hal eta olmas edi, qabila boshliqlari xon taqdirini hal etardilar. Bu holat Xiva xonligida davlat porakandaligi yuz bernaligini anglatar edi. Arab Muhammadxon (1602-1621) davrida porakandalik yuqori nuqtasiga etdi. Amudaryo o`zanining o`zgarishi bu davrda ham davom etishi natijasida Arab Muhammadxon poytaxtni Urganchdan Xivaga ko`chirishga majbur bo`ldi. Arab Muhammadxon davrida Rossiya chegarasini qo`riqlab turgan Yoyiq kazaklari atamani Nechay, ataman Shamay Xorazmga hujum qildi. Xiva qo`shini ularni tor-mor qildi
Arab Muhammadxonning o`g`illari Habash va Elbars Sultonlar 1616 yil ayrim qabila boshliqlariga tayanib otasiga qarshi isyon ko`tardi, otasi yon bosib Vazir shahrini ham ularga berdi. Habash va Elbars 1621 yil yana isyon ko`tarishdi, Arab Muhammadning ikki o`g`li - Asfandiyorxon va Abulg`oziy Sultonlar otasi tarafida qatnashdi. Habash va Elbars urushda g`olib chiqdi, otasini asirga olib Xivaga keltirdi va ko`p o`tmay qatl etildi. Abulg`oziy Sulton Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panoh topdi, Asfandiyorxon Eron shohi Abbos I huziriga bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |