O`zbek xonliklari



Download 1,33 Mb.
bet11/47
Sana17.04.2022
Hajmi1,33 Mb.
#558276
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47
Bog'liq
Iii bob. Buxoro Amirligi 13-§. Buxoroda mang`itlar sulolasi hukm

Xattotlik va miniatyura san’ati Buxoroda yaxshi rivojlanib, rassomlar asosan qo`lyozmalarni naqshli bezash bilan shug`ullanib, ko`proq diniy kitoblarni bezagan. Amir Haydar davrida ijod qilgan Mir Mas`um Olamiyon "Axloqi Muhsiniy" kitobini va Sa`diyning she`riy asarlarini rasm bilan bezagan. Nasrulloxon davrida Mirzo Sodiq Jondoriy qo`lyozma kitoblarga lavhalar, Sa`diy va Hofiz asarlariga turmush manzaralari tasvirlangan rasmlar ishlagan.
Ahmad Donish (1827-1897) olim, faylasuf, shoir bo`lib, 20 yil Buxoro saroy kutubxonasida xattot va rassom bo`lib ishlagan. U astranomiya, tibbiyot, riyozat, me`morchilik, musiqa ilmini; xattotlik, rassomlik va rang berish san’atini o`rgangan edi. Ahmad Donish "Ajoyib at-tabaqot", "Shohi darvesh" qo`lyozma asarlarni ko`chirgan, bezagan va rasm ishlagan.
Musiqa san’ati markazlaridan biri bo`lgan Buxoroda XVIII asr oxirida Buxoro "Shashmaqomi" vujudga kelgan. U Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh, Iroq maqomlaridan hamda 250 dan ortiq kuy va ashuladan tashkil topgan. Maqom ashulalarining she`riy matni Rudakiy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy, Bedil, Bobur, Nodira, Mashrab kabi turkiy va forsiy shoirlarning lirikasidan tuzilgan. Shashmaqom og`zaki tarzda ustoz-shogird an`anasi shaklida avloddan-avlodga o`tib kelmoqda.
* Maqom - musiqada bir qismli yoki turkumli cholg`u va ashula yo`llari; musiqiy uslub.


IV bob: Xiva xonligi XVI – XVIII asr 1-yarmida
19-§. Xiva xonligining tashkil topishi


Xonlikning tashkil topishi. Xorazm Shayboniyxon bosqini arafasida Xuroson davlati tasarufida edi, qo`ng`irot qabilasidan Chin So`fi hokim bo`lib, u rasman Husayin Boyqaro noibi hisoblanardi. Xorazmni 1505 yil Shayboniyxon, 1510 yil Eron shohi Ismoil bosib oldi. Xorazmliklar safaviylar hukmronligiga qarshi kurash boshlanadi. Xorazmning mo``tabar zotlari taxtga Shaybon avlodlaridan Berka sultonning o`g`li Elbarsxonni o`tqazishga qaror qildi, u Dashti Qipchoqda edi. Berka Sulton va Shayboniyxon xonadonlari bir shajaradan bo`lsada, dushmanlik munosabatida edi, Muhammad Shayboniyxon 1480 yil taxt uchun kurashda Berka Sultonni o`ldirishi buning sabablaridan biri edi.
Xorazm xalqi Elbarsxon etakchiligida 1512 yil Eron qo`shinlarini butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo`ldi. Xorazm mustaqilligi tiklandi va bu yangi davlat 1512 yil Xiva xonligi deb atala boshlandi, Xiva xonligi asososchisi Elbarsxon ham Shayboniylar (1512-1770) vakili edi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770 yilgacha davom etdi. Elbarsxon davrida poytaxt Vazir shahridan Urganch shahriga ko`chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo`shinidan ozod qilgach, bu g`alaba sharafiga o`g`illari nomiga "g`ozi" laqabini qo`shib aytishni buyurgan. Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko`plab o`zbek qabilalar ko`chib kelishi natijasida hukmdorlarning ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi va xonlik hududini qo`shni davlatlar hisobiga kengaytirish imkonini ham berdi.
* G`ozi - musulmon haq dini uchun kurashuvchi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish