O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
TARIX (MINTAQALAR VA MAMLAKATLAR
BO’YICHA )YO’NALISHI
2-BOSQICH 204-GURUH TALABASI
ABDUMALIKOV JAHONGIRNING
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
O'zbek xonliklari va milliy g'oya
O'rta Osiyo va xalqlari o'rtasidagi munosabatlar, savdo aloqalari tarixi uzoq zamonlarga borib taqaladi.
Volgabo'yi orqali Rus savdogarlari ham, O'rta Osiyo savdogarlari ham ikki mintaqa o'rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaganlar.
XVI asrda jahondagi yirik davlatlar tomonidan dunyoni bo'lib olish boshlangan davrda Rossiya Qozon, Astraxan, Sibir xonliklarini zabt etadi. O'rta Osiyoning savdo-hunarmandchilik doiralari o'z mahsulotlarini, ayniqsa, ipak, paxtadan to'qilgan matolarni talab qilayotgan Rossiya bilan savdo-tijorat munosabatlarini rivojlantirishdan g'oyat manfaatdor edi.
1619-yilda Imomqulixonning elchisi Odambiy Moskvaga boradi va podsho Mixail Romanov qabulida bo'ladi.
Podsho Odambiy bilan birgalikda Buxoroga Ivan Xoxlov boshchiligida elchilarni yuboradi.
1583-1600-yillarda Moskvada 5 marta Buxoro elchilari, 2 marta Xiva elchilari bo'lishgan. Bu misollar O'rta Osiyo va Rossiya o'rtasida savdodiplomatik aloqalarning ancha faollashganligidan guvohlik beradi. Munosabatlarda Rossiya imperiyasi tazyiqining kuchayishi
XVIII asrdan boshlab Rossiya imperiyasining o'zbek xonliklari bilan bo'lgan munosabatlarida tazyiq o'tkazishi ustunlik qila boshladi.
Pyotr I Buxoro va Xiva xonliklarini siyosiy jihatdan Rossiyaga teng davlatlar emas deb hisoblab, ularga tazyiq o'tkaza boshladi. Bunga xonliklardagi ichki siyosiy ahvol ham qulay sharoit yaratib bergan edi. Masalan, Xiva xoni Shohniyoz 1700-yilda Pyotr I huzuriga yashirincha elchi yuborib, Xivani Rossiya tobeligiga qabul qilishni so'ragan.
1709-yili toj-u taxt vorisi Muhammad ham shunday qilgan edi.
1713-yili Astraxanga kelgan Xiva elchisi Xoja Nafas rus ma'murlariga, Sankt-Peterburgga borgach, podsho Pyotr I ga Amudaryo sohillaridagi qumlar oltinga boyligini, sohilda istiqomat qiluvchi aholi ko'p miqdorda oltin yuvib olayotganini aytadi. Bekovich-Cherkasskiy harbiy ekspeditsiyasi tarkibida katta harbiy qo'shin bor edi. Ular 1717-yilda Xiva xonligi hududlariga kirib keladi va harbiy to'qnashuvlar bo'ladi. 1717-yili Buxoro xoni Peterburgga o'z elchisini yuboradi. Elchi Qulibek Abulfayzxonning Pyotr I ga shvedlar ustidan qozongan g'alabasi munosabati bilan yozilgan qutlov maktubini topshiradi. Abulfayzxon o'z maktubida ayni paytda Buxoroga Rossiya elchisi yuborilishini so'ragan edi. F. Beneveni Buxoroda 3,5 yil turdi va o'z oldiga qo'yilgan masalalar bo'yicha qimmatli ma'lumotlar to'plashga muvaffaq bo'ladi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiya savdo-iqtisodiy aloqalarida O'rta Osiyo xonliklarining ahamiyati yanada orta bordi.
Bunda, birinchidan, Rossiyada rivojlanib borayotgan sanoat uchun xomashyo manbalari topishga intilish,
ikkinchidan, Osiyoda, xususan Hindistonda Angliya ta'sirining kuchayib borayotganligi sabab bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |