O'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/93
Sana09.07.2021
Hajmi1,01 Mb.
#114160
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
Bog'liq
Qamariddin 2- qism

tomondan, mavjud  korxonalarni  aksiyadorlik  jamiyatlari  sifatida  qayta  tashkil  etdi,  ularni
ta'mirlash,  yangi  texnik  jihozlar  bilan  qayta  qurish  orqali  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni
ko'paytirish  tadbirlarini  amalga  oshirdi.  Masalan,  ,,Buxoroteks"  aksiyadorlik  jamiyati
1994-yilda  o'z  mablag'lari  hisobidan  Shveysariyaning  ,,Riter"  firmasidan  2592  ta  yigiruv
g'altagi  quvvatiga  ega  bo'lgan  uskunalar  sotib  oldi.  1996-yilda  esa  Shveysariyadan  jalb
etilgan  5  mln  shved  frankiga  ikkinchi  yigiruv  majmuyi  sotib  olib  korxonani  jihozladi.
Natijada 1997-yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi.
Ikkinchidan, davlat  uyushmasi  tomonidan  respublikamizdagi  boy  xomashyolarni,
birinchi  navbatda  paxta  tolasini  qayta  ishlab  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqaruvchi  yangi
korxonalar barpo etish har tomonlama qo'llab-quvvatlandi.
O'zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  1996-yil  aprel  oyida  ,,MahalIiy  va
yengil sanoatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tadbirlari to'g'risida" qaror qabul qildi.
Qarorga  muvofiq  tarmoq  bo'yicha  35  ta  investitsiya  loyihalari  ish lab  chiqildi  va  ularni
amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so'm, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida
chet el sarmoyalari o'zlashtirildi. Natijada 1996—2001-yillarda Janubiy Koreya ishtirokida
,,Kobul—O'zbek  Ko"  qo'shma  korxonasiga  birlashgan  To'ytepa  va  Toshkent  shahrining
Ko'kcha  mavzesida  2  ta  yirik  qo'shma  korxona,  ,,Kobul—Farg'ona  Ko"  qo'shma
korxonalari qurilib ishga tushirildi. Turkiya to'qimachilik kompaniyalari ishtirokida Nukus
shahrida  ,,Kateks"  to'qimachilik  majmuasi,  Namangan  viloyatida  ,,Asnamtekstil",
,,Tapfen", vvKosonsoy-Tekmen",  ,,Atlas-Men",  Qashqadaryo  viloyatida  ,,Qashteks",
,,Oqsaroy-to'qimachi"  qo'shma  korxonalari  barpo  etildi.  Germaniya  sarmoyadorlari  bilan
hamkorlikda  1998-  yilda  Andijonda  ,,Anteks",  Farg'ona  viloyatining  Yozyovon  tumanida
,,Pfaff-Zinger"  qo'shma  korxonalari  qurildi.  1999-  yilda  Xo'jaobod  tumanida  tikuv  va
trikotaj  buyumlar  ishlab  chiqara-digan  vvTyan-Din-Du"  O'zbekiston—Xitoy  qo'shma
korxonasi,  2000-yilda  yiliga  3800  tonna  kalava  ip  ishlab  chiqaradigan  ,,Qorako1teks"
O'zbekiston—Amerika  qo'shma  korxonasi  barpo  etildi.  2002-yilda  Respublika
to'qimachilik  sanoatida  17  ta  qo'shma  korxona  faoliyat  ko'rsatdi.  Tarmoq  bo'yicha  32
mingdan ortiq yangi ish o'rinlari tashkil etildi. 2004-yilda 17 ta to'qimachilik korxonalari,
jumladan  ,,Beruniy  teks",  ,,Baliqchiteks",  ,,Bursel—Toshkent"  kabi  yirik  qo'shma
korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
2002-  yil  boshlarida  ,,O’zbekyengilsanoat"  davlat  uyushmasiga  birlashgan  15  ta
kichik  va  102  ta  yirik  korxonalar  paxta  tolasini  qayta  ishlab  yiliga  130  mtng  tonna
yigirilgan  ip,  50  mln  kvadrat  metr  gazlama,  2,5  mln  kvadrat  metr  gilam,  62  mln  dona
trikotaj  mahsulotlari,  32  mln  juft  paypoq,  turli  xil  tikuvchilik  buyumlari  ishlab  chiqarish
quvvatiga ega bo'ldi.
Agar  1991-  yilda  respublikamizda  paxta  tolasini  qayta  ishlash  12  foizni  tashkil
etgan bo'lsa, 2005- yilda bu raqam 30 foizga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi
gazlamalar eksport qilishga erishildi.
Respublikamizda  qog'oz  tanqisligi  muammosini  hal  qilishga  qaratilgan  zavodlar
qurildi.  Namanganda  barpo  etilgan  ,,Namangan  qog'ozi",  Yangiyo'lda  qurilgan  ,,O'zbek


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
qog'ozi"  qo'shma  korxonalari  shular  jumlasidandar.  Respublika  Vazirlar  Mahkamasining
2001-yil  20-iyundagi  ,,  Respublika  qog'oz  sanoatini  boshqarish  tuzilmasini
takomillashtirish  chora-tadbirlari  to'g4risida"gi  qaroriga  asosan  ,,O'zbekqog'ozsanoat"
uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga Sanoatqalinqog’ozsavdo", ,,O’zbek qog'ozi" ochiq
aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyo'l selluloza-qog'oz fabrikasi, ,,Namanganqog'oz" qo'shma
korxonasi va boshqalar kiradi. ,,O’zbek qog'ozi" korxonasi yiliga 11 ming tonna qog'oz, 3,5
ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta o'quv daftari ishlab chiqarmoqda.
Yangiyo'l selluloza-qog'oz fabrikasi yiliga 20 ming tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna
yuqori sifatli yozuv qog'ozi ishlab chiqarmoqda.
Mamlakatimizda  poyabzal  mahsulotlari  va  chinni  idishiar,  turli  xalq  iste'mol
buyumlari  ishlab  chiqarish  jadal  rivojlanmoqda.Qurilish  materiallari  sanoati  bazasi
mustahkamlanib, os-mono'par binolar, uy-joy qurilishi kengaydi.
Transport
Mustaqillik yillarida O'zbekistonda transport tizimi - - temiryo'li, avtomobil yo'li,
havo, quvur va suv transporti rivoj topdi. O'zbekiston Markaziy Osiyoni Eron va Turkiya
bilan  bog’laydigan  Tajan-Seraks-Mashhad  temiryo'li  qurilishida  o'z  yo'l  quruvchilari,
sarmoyalari,  texnika  vositalari  bilan  faol  qatnashdi.  Uzunligi  295  km  bo'lgan  mazkur
temiryo'l  1996-yil  may  oyida  qurilib  ishga  tushirildi.  Natijada  O'zbekiston  o'z
mahsulotlarini Fors ko'rfazigacha, Turkiyagacha, keyin Yevropa mamlakatlariga yetkazish
imkoniyatiga ega bo'ldi.
Prezidentimiz  Islom  Karimov  tashabbusi  bilan  istiqlolning  dastlabki  og'ir  yillarida
mamlakatimiz  hayotida  beqiyos  ahamiyatga  ega  bo'lgan,  Qizilqum  va  Ustyurt  cho'llarida
joylashgan  shahar  va  qishloqlarni  ijtimoiy  jihatdan  rivojlantirishga  xizmat  qiladigan
Navoiy-Uchquduq-Sulton  Uvaystog'-Nukus  yo'-nalishida  temiryo'li  qurish  bilan  bog'liq
ishlar boshlandi.
1992—1993-  yillarda  temiryo'l  qurilishining  texnik-iqtisodiy  loyihasi  ishlab
chiqildi.  1994—2002-  yillarda  loyiha  qiymati  38,9  mlrd  so'mni  tashkil  etgan  633  km
uzunlikdagi  Navoiy-Uchquduq-Sulton  Uvaystog’-Nukus  temiryo'li  qurilib  foydalanishga
topshirildi. 2001-yil 23-mart kuni mazkur yo'nalish bo'yicha dastlabki yuk poyezdi, 2002-
yil  22-  avgust  kuni  yo'lovchi  poyezdi  harakatlari  boshlandi.  Miskin,  To'rtko'l,  Ellikqal'a,
Qorao'zak,  Beruniyda  yangi  zamonaviy  vokzallar,  o'nlab  yangi  bekatlar,  soha  xodimlari
uchun  turar  joy  binolari  bunyod  etildi.  Nukus,  Uchquduq  temiryo’l  vokzallari  to'liq  qayta
ta'mirlandi. 1750 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
,,Bu  esa  O'zbekistonda  yagona  temiryo'l  tizimini  barpo  etish,  mintaqadagi  foydali
qazilma  konlarini  kompleks  o'zlashtirish,  katta  miqdordagi  valuta  mablag'larini  ishlab
topish va tejash, odamlarning uzog'ini yaqin qilish bilan birga, ko'plab yangi ish o*rinlarmi
ochish,  shahar  va  qishloqlarda  yirik  sanoat  korxonalarini  bunyod  etish,  eng  muhimi,
joylarda  kichik  va  o4rta  biznesni  rivojlantirish  imkoninl  beradi".  L.A.  Karimov.
,,Navoiy-Uchquduq-Sulton  Uvaystog'-Nukus  temiryo'li  bunyodkorlariga"  tabrigidan.
O'zbekistonda  yagona  temiryo'l  tizimini  barpo  etishda  yana  bir  muhirn  ahamiyatga  ega
boTgan  Toshguzar-Boysun-Qumqo'rg'on  temiryo'li  jadallik  bilan  qurildi.  2007-  yilda
uzunli-gi  223  kilometrli  mazkur  yo'l  bo'ylab  poyezdlar  qatnovi  yo'lga  qo'yildi.  Termiz
shahrida  yangi  vokzal,  Toshkentda  vagonlarni  ta'mirlash  zavodi  qurilib  ishga  tushirildi.
Amudaryo  uzra  681  metrli  avtomobil-temiryo'l  ko'prigi  barpo  etildi.  Mustaqillik  yillarida


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
Toshkent metrosi qurilishi ham jadal sur'atda o'sdi. Toshkent metrosi 30 yillik tarixga ega.
1971—1977-yillarda  Toshkent  metrosining  Chilonzor  yo'nalishi,  1984—  1991-  yillarda
O’zbekiston yo'nalishi qurilib ishga tushirilgan edi. ,,Toshmetroloyiha" instituti 1992- yilda
Toshkent  metrosining  9  ta  bekatdan  iborat  Yunusobod  yo'nalishini  qurishning
texnik-iqtisodiy  asoslarini  ishlab  chiqdi  va  qurilish  ishlari  olib  borildi.  2001-yil  avgustda
Yunusobod  yo'nalishining  6  ta  bekatdan  ibo rat  birinchi  qismi  —  ,,Mingo’rik",  ,,Yunus
Rajabiy",  ,,Abdulla  Qodiriy"  ,,Minor",  ,,Bodomzor"  va  ,,Habib  Abdullayev"  bekatlari
foydalanishga topshirilib, yo'lovcbi tashish yo'lga qo'yildi. Ularni barpo etish uchun 38 mlrd
so'm  xarajat  qilindi.  Toshkent  metrosi  har  kuni  370—380  ming  yo'lovchiga  xizmat
ko'rsatadi.  2001-  yilda  metropolitendanjami  142  milliondan  ortiq  kishi  foydalandi.
Toslikent  metrosi  tinch  va  osoyishta  xalqimizning  yukini  yengil,  olisini  yaqin  qiladigan
tezkor  va  ishonchli  yo'lga  aylandi.  Avtomobil  yo'llari  qurilishi  jadal  olib  borildi.
1991—2001-yillarda  727  km  uzunlikdagi  avtomobil  yo'llari,  460  ta  ko'prik  va  yo'l
o'tkazgichlar,  4000  ga  yaqin  avtopavilyon  qurildi.  Shahar  va  qishloqlardagi  ichki  yo'llar
ta'mirlandi.  Toshkent—  O'sh  xalqaro  yo'lining  Angrendan  to  Farg'ona  vodiysiga  kirib
borguncha  qismi  barpo  etildi.  Bu  yo'nalishda  Qamchiq  va  Rezak  dovonlarida  avtomobil
qatnovi uchun mo'ljallangan tunnellar qurildi. Katta O'zbek yo'li, Toshkent—Olmaliq yo'li
ta'mirlandi.  Toshkentda  uzunligi  32  km  bo'lgan  Toshkent  kichik  halqa    yo'li  qurildi.
O'zbekistonda  Buyuk  ipak  yo'lini  tiklash  maqsadida  2294  km.  dan  iborat  bo'lgan
,,Andijon—Toshkent—Nukus—  Qo'ng'irot"1  avtomagistrali  jadallik  bilan  qurilmoqda.
Mazkur  avtomagistralning  eng  murakkab  qismi  hisoblangan  100  km.  li  tog'li  qismi
Angren—Xonobod  shaharlari  o'rtasidagi  avtoyo'l,  Qamchiq  va  Rezak  dovonlarida
avtomobil  qatnovi  uchun  tunnel-lar  qurilib  foydalanishga  topshirildi.  Bu  magistralning
qurib  bitkazilishi  O'zbekiston  uchun  muhim  aharniyatga  ega  bo'lib,  respublikamizning
Sharq  va  G'arb  mamlakatlari  bilan  savdo,  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarni  yanada
rivojlantirishga  qulay  imkoniyat  yaratadi.  Mamlakatimizda  havo  transportini  rivojlantirish
maqsadida  1992-yil  28-yanvarda  ,,O'zbekiston  havo  yo'llari"  Milliy  avia-kompaniyasi
tashkil etildi. Kompaniya O'zbekistonni dunyoning yirik shaharlari bilan havo yo'llari orqali
bog'lash,  aviamaydoni-ni  ,,A-310"5  ,,Boing-757",  ,,Boing-767",  ,,RJ-85"  kabi  o'ta
zamonaviy  havo  kemalari  bilan  to'ldirish  tadbirlarini  amalga  oshirdi.  Toshkent  aeroporti
kutish zali, Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari, uchish-qo'nish yo'laklari xalqaro
standartlar darajasida qayta ta'mirlandi.
,,O'zbekiston  havo  yo'llari"  Milliy  aviakompaniyasi  o'zining  10  yillik  qizg'in
faoliyati  davomida  Yer  kurrasining  rivojlangan  20  mamlakati  bilan  havo  aloqalarini
o'rnatdi,  turli  mamlakatlarda  40  ta  vakolatxonasi  faoliyat  ko'rsatmoqda.  Kompaniya  20
milliondan  ortiq  yo'lovchiga  xizmat  qildi.  ,,O'zbekiston  havo  yo'llari"  Milliy
aviakompaniyasi parvozlar xavfsizligini ta'minlashda dunyoga tanildi.
Mamlakatimizda  pochta,  telefon,  telegraf,  radio,  televideniye  hozirgi  zamon
talablari darajasida rivoj topdi. Keying 10 yilda respublikada o'rnatilgan telefonlar soni 10
martadan  ziyod  ko'paydi.  Toshkent  shaharlararo  telefon  stansiyasi  dunyodagi  barcha
mamlakatlar bilan telefon aloqasini ta'minlamoqda.
Mustaqillik  yillarida  kommunikatsiya  tarmog'ini  rivojlantirish  maqsadida  o'nlab
xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlik o'rnatildi.
1991-yilda mamlakatimizda tashkil etilgan ,,MTS— O'zbekiston" (,,O'zdunrobita")


 
( Word Converter - Unregistered )
http://www.word-converter.net
kompaniyasi Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib milliy uyali aloqa tizimini barpo etdi. O'tgan
19  yil  davomida  respublikamizning  20  ta  yirik  shaharlari,  avtomobil  yo'llari  va  tog'li
hududlarda  aloqa  stansiyalari,  radiorele  liniyalari,  texnik-muhandislik  tarmoqlari  barpo
etilib, aholi istiqomat qiladigan hududlarning 90 foizini uyali aloqa tizirnlari bilan qamrab
oldi.
Xalqaro  avtomatik  rouming  taqdim  etadigan  O'zbekistondagi  uyali  aloqa
kompaniyalari  --  MTS,  ,,Unitel",  ,,Koskom",  ,,Perfektum  Mobile",  ,,Uzmobili"
kompaniyalari barpo etildi. ,,Koskom" kompaniyasi o'zbekistonlik abonentlarga dunyoning
20  ta  mamlakatidagi  uyali  aloqadan  foydalanish  imkoniyatini  yaratdi.  2008-yil  yanvarda
uyali aloqadan foydalanuvchi abonentlar soni 6 mln nafardan oshdi.
Muxtasar  aytganda,  mustaqillik  yillarida  mamlakatimiz  iqtisodiyotida  amalga
oshirilgan tub tarkibiy o'zgarishlar, yangi korxonalarning bunyod etilishi samarali natijalar
berdi. 1991— 2002-yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi,
mahsulotning  9,5  mingdan  ortiq  yangi  turlarini  ishlab  chiqarish  o'zlashtirildi.
Respublikamizda  1991-yilda  ish lab  chiqarilgan  sanoat  mahsulotlari  hajmini  100  foiz  deb
olsak,  undan  keyingi  yillarda  kamayib,  1992-yilda  94,7  foizga,  1993-yilda  98,1  foizga
tushgan  edi.  1995-yilga  kelib  makroiqtisodiyotda  barqarorlikka  erishildi  va  1996-yildan
boshlab izchil o'sish ta'minlandi.
Qishloq xo'jaligi
O'zbekistonda  paxtachilik  qishloq  xo'jaligining  yetakchi  tarmog'i  hisoblanadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln
tonna-si  o'zbek  paxtasi  tolasidir.  O'zbekiston  paxta  tolasi  yetishtirish  bo'yicha  dunyoda

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish