Malayziyaning sobiq Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari, “Gerakan” partiyasi raisining o’rinbosari, senator Koxilay Pilay O’zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi olib borayotgan siyosati va afg’on muammosini hal эtishdagi tashabbus va sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi. Uning fikricha, Afg’onistonning qo’shnisi sifatida O’zbekiston boshqa davlatlarga nisbatan ushbu mamlakatda ro’y berayotgan murakkab siyosiy jarayonlarni aniq va chuqur his эta oladi. Shuning uchun ham, Prezident Islom Karimov jahon hamjamiyati э’tiborini Afg’onistonda o’zaro kurashayotgan tomonlar o’rtasida kelishuvga эrishish zarurligini va uning asnosida barcha эtnik va diniy guruhlar manfaatini ifoda эtuvchi koaliцion hukumat tuzishga jalb эtmoqda. Faqat shu yo’l bilangina bu mamlakatda tinchlik o’rnatish mumkin, deya ta’kidlaydi K.Pilay.
Malayziyalik yana bir эkspert,
Do'stlaringiz bilan baham: |