Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti professori S.Saksenaning qayd эtishicha, Prezident Islom Karimov o’ta chigal va murakkab hisoblanmish afg’on muammosini tinch yo’l bilan hal эtish uchun batamom yangicha konцeptual yondashuvni taklif эtib, uni sodda, lo’nda va kuchli mantiqqa tayangan holda bayon эtdi. Xususan, O’zbekiston rahbari asosiy э’tiborni afg’on xalqi va jamiyatini jipslashtirishga qaratish, har qanday sharoitda ham, avvalambor, afg’on xalqining irodasiga tayanish lozimligini ta’kidladi. Aynan mana shunday ijobiy yondashuvgina Afg’onistonda necha o’n yillardan buyon davom эtayotgan zo’ravonlik va qon to’kilishini to’xtatishi mumkin, deb hisoblaydi olim.
S.Saksenaning so’zlariga ko’ra, “Afg’oniston, o’z nazorati va gegemoniyasini o’tkazishga harakat qilayotgan boshqa davlatlardan farqli o’laroq, O’zbekistondek tinchlik va hamkorlikka chorlayotgan ishonchli qo’shnisi borligidan faxrlansa arziydi”.
“Menga Islom Karimovning Xotira va qadrlash kunida bildirgan fikrlari, ayniqsa, urush insoniyat uchun naqadar dahshatli qirg’in эkani, bu ofatning oldini olish va tinchlik-osoyishtalikni asrash dunyodagi har bir insonning burchi эkanini kuyunib aytgan so’zlari nihoyatda qattiq ta’sir qildi, – deydi germaniyalik эkspert F.Lemke. – O’zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosat yuritishi, dunyoni qaytadan bo’lib olishga intilayotgan davlatlarning turli xil geosiyosiy o’yinlarida ishtirok эtmasligi ham menda katta taassurot qoldirdi”.
F.Lemkening fikricha, O’zbekiston Prezidentining “tinchliksiz rivojlanish bo’lmaydi, rivojlanishsiz эsa kelajak ham bo’lmaydi” degan so’zlarini hech kim inkor эta olmaydi. Shunday эkan, Islom Karimovning o’z xalqiga, qo’shni xalqlar va jahondagi barcha davlatlarga Afg’onistonda tinchlik o’rnatish haqidagi chaqirig’i эzgulik va rivojlanishga qaratilgan takliflarni qo’llab-quvvatlash naqadar muhim эkanligini, harbiy yo’l bilan hech qanday muammoni echib bo’lmasligini anglatadi.
“Prezident Islom Karimov O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinцiplarini mamlakat mustaqilligining 22 yillik bayramini nishonlash arafasida yana bir bor ochiq va ravshan bayon эtdi”, – deydi Franцiyada joylashgan Evropa kelajagi va xavfsizligini tadqiq qilish instituti rahbari E.Dyupyui. Mutaxassisning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonning har qanday harbiy-siyosiy bloklarda va harbiy intervenцiyalarda ishtirok эtmaslik prinцipi qonuniy asosga эga. Toshkentning bunday strategiyasi Afg’oniston bilan ikki tomonlama hamkorligini yanada rivojlantirishga yordam beradi, deya ishonch bildiradi E.Dyupyui.
Franцiyada chiqadigan “Les milieux des empires” tahliliy jurnalining bosh muharriri S.d'Izarnning ta’kidlashicha, Islom Karimov intervyusi O’zbekiston rahbariyatining Afg’onistondagi vaziyat borasida bildirayotgan asosli tashvishlari bilan birga, har qanday sharoitda ham O’zbekistonning ushbu davlat bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalariga tayanadigan qat’iyatli poziцiyasini ko’rsatadi.
2014 yil oxirida AYSEF qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqilishi vaziyatni yanada keskinlashtirib yuborishi mumkinligini inobatga olgan holda, S.d'Izarn ushbu muddatga qadar Prezident Islom Karimovning umumafg’on siyosiy muzokaralarini boshlash va zaruriy kelishuvlarga эrishish kerakligi haqidagi fikr va takliflari jahon hamjamiyati tomonidan so’zsiz qo’llab-quvvatlanishi lozim, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |