1. Mehnat qo`shiqlari boshqa turdagi qo`shiqlardan qaysi jihatiga ko`ra farqlanib turadi?
3. Sog`im qo`shiqlarini ijro etish ehtiyojining kelib chiqishini qanday izohlaysiz?
4. Sog`im qo`shiqlari sog`iladigan hayvon turiga qarab qanday nomlar bilan atalib kelinadi?
5. Dehqonchilik bilan bog`liq mehnat qo`shiqlari tarkibi qaysi janrlarni qamrab oladi?
7. Yorg`ichoq qo`shiqlari nega dehqonchilikka aloqador qo`shiqlar sirasiga kiritiladi?
8. Hunarmandchilikka aloqador qo`shiqlar orasida qaysi turlari asosiy o`rin egallaydi?
9. Kashtaning qanday turlarini bilasiz va ular kashtachilik qo`shiqlarida qanday ta`riflangan?
10. O`rmak qo`shiqlari qaysi jarayonda kuylangan?
11. Tikuvchilik qo`shiqlarida kasbga munosabat qanday ifodalangan?
12. Xalq lirik qo`shiqlarining janriy belgilari nimalar bilan belgilanadi?
13. An`naviy xalq lirik qo`shiqlari qanaqa xususiyatlarga ega?
14. Tarixiy qo`shiq deganda nimani tushunasiz? Uning tarixiy mavzudagi asardan farqi nimada?
15. Tarixiy qo`shiqlarning asosiy mazmun–mundarijasini nima tashkil etadi?
16.Tarixiy qo`shiqlarning yaratuvchilari kimlar?
17. “Terma” atamasi qanday lug`aviy ma`noni anglatadi?
18. Termaning yaratuvchilari va ijrochilari kimlar?
19. Termaning janriy belgilarini nimalar tashkil etadi?
20. Termalar qanday turlarga bo`linadi?
21. Termalar qanday vazifani bajaradi?
22. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: mehnat qo`shiqlari, dehqonchilik
qo`shiqlari, qo`shchi qo`shig`i, o`rim qo`shiqlari, yanchiq qo`shiqlari, yorg`ichoq qo`shig`i,
chorvachilik qo`shiqlari, sog`im qo`shiqlari, hunarmandchilik qo`shiqlari, to`quvchilik
qo`shiqlari, tikuvchilik qo`shiqlari, charx qo`shig`i, o`rmak qo`shig`i, kashtachilik qo`shig`i,
bo`zchi qo`shiqlari, to`ndo`zlik qo`shiqlari, do`ppido`zlik qo`shiqlari, qo`riqchilik qo`shiqlari,
sarboz qo`shiqlari, urchuq qo`shiqlari, qandalotchilik yoki pazandachilik qo`shiqlari. lirika,
to`rtlik, an`anaviy lirik qo`shiq, zamonaviy lirik qo`shiq, tarixiy qo`shiq, terma, an`anaviy
termalar, zamonaviy termalar, avtobiografik va biografik, didaktik termalar, satirik termalar.
23. Tubandagi testlarga to`gri javoblarni aniqlang:
1. Kashta turlari qaysi javobda noto`g`ri ko`rsatilgan?
A) Bosma E)Jimalay
B) Sanama F) Ilma
D) O`rmak
2. O`roqchilar o`rim paytida o`rim qo`shiqlaridan tashqari yana qaysi mashhur dostondan
parchalar kuylaganlar?
A) “Alpomish”dan E) “Oysuluv”dan
B) “Kuntug`mish” F) “Erali va Sherali”dan
D) “Yozi bilan Zebo”dan
3. Qo`l tegirmonini ishlatish jarayonida kuylanadigan qo`shiqlar qanday nom bilan
turkumlashtirilgan?
A) “Ho`p” qo`shiqlari
E) “Ho`p maydalar”
B) “Yorg`ichoq qo`shiqlari”
F) O`rim qo`shiqlari
D) “Maydagul”
4. Xotin – qizlar ip yigirish mashg`uloti vaqtida qanday qo`shiqlarni kuylashgan?
A) Bo`zchi qo`shiqlarini
E) O`rmak qo`shiqlarini
B) Kashta qo`shiqlarini
F) Sarboz qo`shiqlarini
D) Urchuq qo`shiqlarini
5. Mokiga murojaat motivi qaysi mehnat qo`shiqlarida asosiy o`rin tutadi?
A) Urchuq qo`shiqlarida E) Bo`zchi qo`shiqlarida
B) O`rmak qo`shiqlarida F) Charx qo`shiqlarida
D) Tikuvchilik qo`shiqlarida
6. Marosimga aloqasiz qo`shiqlarni aniqlang.
A) Yig`ilar
E) O`lanlar
B) Lirik qo`shiqlar
F) Yor-yorlar
D) Kelin salomlar
7. A.Navoiy qaysi asarida qo`shiq janri xususida alohida to`xtalgan?
A) “Mezonul –avzon” da E) “Mahbubul-qulub”da
B) “Hayratul abror”da F) “Muhokamatul-ulg`atayn”da
D) “Mufrodot”da
8. O`zbek xalq lirik qo`shiqlarida ramzning qo`llanishini maxsus tarqiq etgan fol’klorshunos
nomi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) Sh.Turdimov E) M.Alaviya
B) B.Sarimsoqov F) F.Rayhonov
D) A.Musaqulov
9. O`zbek xalq lirik qo`shiqlarini ilk bor ilmiy tadqiq etgan qo`shiqshunos olim kim?
A) T.Mirzaev E) H.Zarif
B) M.Alaviya F) D.Qozoqov
D) Z.Husainova
10. Asosiy mazmunini ishq-muhabbat motivlari, insonning ruhiy olami va ichki kechinmalarini
tasvirlash tashkil etuvchi qo`shiq turi qanday nom bilan yuritiladi?
A) Satirik qo`shiqlar E) Tarixiy qo`shiqlar
B) Marosim qo`shiqlari F) Mehnat qo`shiqlari
D) Lirik qo`shiqlar
11. Qaysi qo`shiqlar to`plami o`zbek xalq ijodi seriyasida chop etilmagan?
A) “Gulyor”
B) “Oq olma, qizil olma”
D) “Sovet davri xalq qo`shiqlari”
E) Kelinoy qo`shiqlari
F) “Boychechak”
12. Yakka isyonkor obrazi yaratilgan tarixiy qo`shiqning nomi qaysi javobda ko`rsatilgan?
A) “Alpomish” E) “Jizzax qo`zg`oloni”
B) “Nurali” F) “Nomoz”
D) “Mardikor”
13. “Botirxon zulmi” qo`shig`ida qaysi zolim podsho qiyofasi fosh etilgan?
A) Buxoro amiri Nasrulloxon
B) Qo`qon xoni Amir Umarxon
D) Buxoro amiri Olimxon
E) Qo`qon xoni Muhammadalixon
F)
Xiva xoni Olloqulixon
14. 1916 yildagi mardikorlikka olish voqeasi munosabati bilan yaratilgan qo`shiqlar nomi qaysi
javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) “Xon zulmi”, “Ahmad Botir”
B) “Ming la`nat”, “Nikolay qon jallob”
D) “Xonavayron bo`lsin Xivaning xoni”, “Ming la`nat”
E) “Boshing kesilsin-u, qoning to`kilsin”, “Xon zulmi”
F) “Elat botir”, “Tursunoy marsiyasi”
15. Qaysi javobda avtobiografik xarakterdagi termalar to`g`ri ko`rsatilgan?
A) “Do`mbiram”, “Nima aytay”, “Go`ro`g`li”
B) “Do`mbiram”, “Dutorim”, “Kunlarim”.
D) “Dutorim”, “Bormi jahonda”, “Armoning qolmasin”
E) “Kunlarim”, “Armonim qolmadi”, “Go`ro`g`li”
F) “Kunlarim”, “Tarjimai hol”, “Nima aytay”
16. O`zbek fol’klorshunosligida terma janrini qaysi olim maxsus tadqiq qilgan?
A) B.Sarimsoqov E) M.Alaviya
B) T.Mirzaev F) M.Jo`raev
D) A.Musaqulov
17. Qaysi fol’klor janri doston kuylashga kirish vazifasini bajaradi?
A) Qo`shiq
E) Maqol
B)
Еrtak
F) Terma
D) Topishmoq
18. Termalarda baxshi nimani ilhom manbai, yaqin ko`makdoshi sifatida ta`riflaydi?
A) Do`mbirani E) Yorni
B) Kitobni F) So`zni
D) Qalamni
19. Qaysi atoqli mumtoz shoirning pand-nasihat ruhidagi g`azallari xalq
orasida didaktik
terma sifatida kuylanib kelingan?
A) Maxtumqulining E) H.Boyqaroning
B) A.Navoiyning F) Haziniyning
D) Islom shoirning
Do'stlaringiz bilan baham: