220
JB va OB topshiriqlari bo`yicha savolnomalar
1- JB og`zaki so`rov variantlari
1. Xalq qo`shiqlari deganda nimani tushunasiz?
2. «Qo`shiq» atamasi mohiyatini izohlang.
3. Qo`shiqlarning mazmun - mundarijasi haqida so`zlang.
4. Xalq qo`shiqlari vazn xususiyatlarini izohlang. Bu haqda Alisher Navoiy qanday fikrda?
5. Qo`shiqlar qanday turlarga ega? Mavzu xususiyatlari va vazifasiga ko`ra-chi? Yaratilish
zamoniga ko`ra-chi?
6. “Lirika” istilohining kelib chiqishi va ma`nosini izohlang.
7. Xalq lirik qo`shiqlarining janriy belgilari nimalar bilan belgilanadi?
8. Xalq lirik qo`shiqlarining qahramonini tavsiflang.
9. Xalq lirik qo`shiqlarining kompozitsion qurilishini sharhlang.
10. Xalq lirik qo`shiqlari badiiyatiga xos xususiyatlarni asoslang.
11. Aytishuv-ayolg`uning tabiatini izohlang.
12. An`naviy xalq lirik qo`shiqlari qanaqa xususiyatlarga ega?
13. Zamonaviy xalq lirik qo`shiqlari-chi?
14. Xalq lirikasining to`planishi va o`rganilishi haqida nimalar bilasiz?
15. Xalq qo`shiqlari qanday ijro xususiyatiga ega?
16. Xalq qo`shiqlari qaysi sozlar jo`rligida ijro etiladi?
17. O`zbek qo`shiqlarining kompozitsion tarkibi qanday?
18. Xalq qo`shiqlarida parallelizm qanaqa vazifani bajaradi? Qofiya-chi?
19. Xalq qo`shiqlarini to`plash va o`rganish tarixi haqida so`zlang.
20. Xalq qo`shiqlarining ijtimoiy-estetik va etnopedagogik mohiyati nimada?
21. Mehnat qo`shiqlari boshqa turdagi qo`shiqlardan qaysi jihatiga ko`ra farqlanib turadi?
22. O`zbek mehnat qo`shiqlarini necha guruhga ajratib o`rganish lozim ?
23. Sog`im qo`shiqlarini ijro etish ehtiyojining kelib chiqishini qanday izohlaysiz?
24. Sog`im qo`shiqlari sog`iladigan hayvon turiga qarab qanday nomlar bilan atalib kelinadi?
25. Sog`im qo`shiqlarida qaysi badiiy san`at etakchilik qiladi? Buning sababini izohlang.
26. Dehqonchilik bilan bog`liq mehnat qo`shiqlari tarkibi qaysi janrlarni qamrab oladi?
27. Qo`sh qo`shiqlarining asosiy obrazlarini tavsiflang.
28. Yanchiq qo`shiqlari xalq orasida qanday nomlar bilan yuritiladi va asosiy motivi nimadan
iborat?
29. Yorg`ichoq qo`shiqlari nega dehqonchilikka aloqador qo`shiqlar sirasiga kiritiladi?
30. Hunarmandchilikka aloqador qo`shiqlar orasida qaysi turlari asosiy o`rin egallaydi?
31. Kashtaning qanday turlarini bilasiz va ular kashtachilik qo`shiqlarida qanday ta`riflangan?
32. O`rmak qo`shiqlari qaysi jarayonda kuylangan?
33. Urchuq qo`shiqlaridagi etakchi motiv nimadan iborat?
34. Charx qo`shiqlarida ijtimoiy motivlar ifodasi qanday vositalar asosida namoyon bo`lgan?
35. Chorvadorlik qo`shiqlarining ijtimoiy–estetik mohiyatini nimalarda ko`rasiz?
36. Tikuvchilik qo`shiqlarida kasbga munosabat qanday ifodalangan?
37. Mehnat qo`shiqlarining ijtimoiy–estetik qimmatini nimalarda ko`rasiz?
38. Tarixiy qo`shiq deganda nimani tushunasiz? Uning tarixiy mavzudagi asardan farqi nimada?
39. Tarixiy qo`shiqlar o`zbek fol’klorida qanday o`rin tutadi?
40. Epik va liro–epik xarakterdagi tarixiy qo`shiqlar o`zaro nimasi bilan farq qiladi?
41. Tarixiy qo`shiqlarning asosiy mazmun–mundarijasini nima tashkil etadi?
42. Tarixiy qo`shiqlarning yaratuvchilari kimlar?
43. Tarixiy qo`shiqlarning qanday tiplari mavjud?
44. Tarixiy qo`shiqlarni mavzu yo`nalishiga qarab qaysi turlarga bo`lish mumkin?
45. Tarixiy qo`shiqlarning badiiy xususiyatlarini izohlab bering.
46. Tarixiy qo`shiqlarning kompozitsion xususiyatlarini izohlab bering.
47. Tarixiy qo`shiqlarda t’arixiy shaxs siymosi qanday aks ettiriladi?
221
48. «Afsona» istilohi mohiyatini tavsiflang.
49. Afsonada hayot voqeligi qanday aks ettiriladi?
50. Afsonaning etakchi motivlari nimalardan iborat?
51. Afsona ertak va rivoyatdan qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi?
52. Mifologik afsonalarning o`ziga xosligi nimada?
53. Tarixiy afsonaning alohida belgisi nimada ko`rinadi?
54. Tarixiy afsonalarda qanday mifologik obrazlar ishtirok etadi?
55. O`zbek xalq tarixiy afsonalarini qaysi olimlar o`rgangan?
56. Tarixiy afsonalarni mavzu yo`nalishiga ko`ra qanday turlarga ajratish mumkin?
57. Folklorning qanday janri rivoyat deb yuritiladi?
58. Rivoyatlarni o`rganishning ahamiyati nimada va uni kimlar o`rgangan?
59. Rivoyatlarda voqelik qanday bayon etiladi? Retrospektivlik nima?
60. Rivoyatlar qanday ijro etiladi?
61. Rivoyatlarning kompozitsion qurilishi haqida nimalarni bilasiz?
62. Rivoyat bilan afsonaning o`xshashligi va farqi nimada?
63. Rivoyatlarni mavzusiga ko`ra qanday guruhlarga bo`lish mumkin?
64. Toponimik rivoyatlarning qanday ko`rinishlari mavjud va ularda nimalar haqida hikoya
qilinadi?
65. Etnonimik rivoyatlar qanday xususiyatlarga ega?
66. Tarixiy rivoyatlarning o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
67. «Latifa» atamasining lug`aviy va istilohiy ma`nolarini izohlang?
68. «Bazla, bazama» so`zlarini ham.
69. «Afandi» so`zi qaysi tildan olingan va qanday tarixga ega?
70. Latifa janri qachon paydo bo`lgan?
71. Uning paydo bo`lishida hikoyat, rivoyat, maqol, askiya va lof janrlari qanday ta`sir
ko`rsatgan?
72. Latifaning janriy belgilari nimalardan iborat?
73. Latifaning kompozitsion qurilishi haqida so`zlang.
74. Latifalar qanday tasnif etiladi?
75. Satirik latifalar qanday xususiyatlarga ega?
76. Yumoristik latifalar-chi?
77. An`anaviy va zamonaviy latifalar-chi?
78. Latifalarning lokal ijrochiligi qanday xususiyatlarga ega?
79. Nasriddin afandi obrazini tavsiflang?
80. Latifalardagi tarixiy shaxslar obrazlarini tavsiflang?
81. «Ertak» istilohi tarixini so`zlang.
82. Ertaklar qay omillar asosida paydo bo`lgan?
83. Ertaklar qay tartibda ijro etiladi?
84. “Ertak oqshomlari” qanaqa tartibda o`tkaziladi?
85. Ertaklarning janriy belgilari nimalardan iborat?
86. Ertaklarda an`anaviy kirish va boshlama munosabati qanday?
87. Ekspozitsiya nima? Tugun-chi? Ular o`rtasida qanaqa bog`lanish bor?
88. Syujet va epik sarguzashtning o`zaro bog`liqligi va farqlari nimada?
89. Ertak kompoziyasi tarkibini ta`riflang?
90. Ertaklar qaysi printsiplar asosida tasnif qilinadi?
91. Sehrli-fantastik ertaklar qanday xususiyatlarga ega?
92. Hayvonlar haqidagi ertaklar-chi?
93. Maishiy-hayotiy ertaklar-chi?
94. Ertaklarning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati nimada?
2- JB og`zaki so`rov variantlari
1. Doston atamasining mohiyati nimadan iborat?
222
2. Doston janri o`zbek fol’klorida qanday o`rin tutadi?
3. Dostonlarning yaratilishiga nimalar ta`sir ko`rsatgan?
4. Xalq dostonlari yozma adabiyotdagi dostonlardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
5. Baxshi atamasining qo`llanishi va dostonchi baxshilar faoliyati to`g`risida nimalar bilasiz?
6. Xalfachilik nima? Bu san`atining qanday tiplari mavjud?
7. Qissaxonlar kimlar? Ularning repertuarini qanday asarlar tashkil etadi?
8. Baxshilar tayyorlash an`anasi qanday talablarga ega?
9. Dostonlar qanday tartibda ijro etiladi? Ularni kuylashda qanday qoidalarga rioya qilinadi?
10. Dostonchilik maktablari qaerlarda mavjud bo`lgan va ularning talantli vakillari kimlar?
11. Dostonlarni kimlar tasnif qilgan?
12. Dostonlar qanday turlarga bo`linadi?
13. Dostonlarning har bir turiga xos muhim belgilar nimalardan iborat? Birma-bir misollar bilan
izohlang.
14. Dostonlarning kompozitsiyasi va badiiyati haqida nimalar bilasiz?
15. Topishmoq istilohi nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
16. Topishmoqlar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
17. Topishmoqlarda epitetning ijtimoiy-estetik va kompozitsion vazifasi nimadan iborat?
18. Topishmoqlar tuzilishiga ko`ra qanday tarkibga ega?
19. Topishmoqlar yashiringan predmet soniga ko`ra qanday ko`rinishlarga ega?
20. Topishmoqlar yaratilish davri va mazmuniga ko`ra qanday tasniflanadi?
21. Topishmoqlar shaklan qanaqa ichki turlarga ega? Chaldirmoq nima?
22. Topishmoqlarning yozma adabiyot bilan munosabati qanaqa?
23. O`zbek xalq topishmoqlarining to`planishi va o`rganilishi tarixi haqida so`zlang.
24. Topishoqlarning ahamiyatini nimalarda ko`rasiz?
25. Maqol istilohi nimani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari bor?
26. Maqollar qanday paydo bo`ladi? Asosiy omillari nimadan iborat?
27. Maqollarda hayotiy tajriba va sinovlarning axloqiy bahosi qanday ifodalanadi?
28. Maqollarning tashviqiy mohiyati nimada?
29. Maqolning kompozitsion tuzilishi va unda saj’ san’ati qanday rol’ o`ynaydi?
30. Maqollar qaysi usulda tasnif qilinadi?
31. Paremiologiya nima? O`zbek maqolshunosligi tarixiga oid nimalar deya olasiz?
32. Paremiografiya nima? O`zbek maqollarini to`plash tarixi va muammolari xususida so`zlang.
33. Maqol va irsol ul- masal san’ati munosabatini izohlang.
34. Maqol va aforizm munosabatini izohlang.
35. Maqollarning nutqdagi ahamiyati nimada ko`rinadi?
36. Og`zaki drama nima? Uning janriy tabiatiga xos belgilar haqida so`zlang?
37. Masxara va masxaraboz, qiziqchi so`zlarining lug`aviy va istilohiy ma`nolarini sharhlang.
38. Taniqli masxarabozlar va qiziqchilar faoliyatlari haqida so`zlang.
39. Og`zaki dramaning ijrosi qanaqa? Jamoa va yakka ijro deganda nimani tushunasiz?
40. Qiziqchi ayollar faoliyati haqida so`zlang.
41. Pantomimalar qanday ijro etiladi?
42. O`zbek xalq og`zaki dramasi regional jihatdan qanday ko`rinishlarga ega? Ularning har
biriga xos xususiyatlarni tavsiflang.
43. Qo`g`irchoq va qo`g`irchoqboz so`zlarining lug`aviy va istilohiy ma`nolarini izohlang.
44. Qo`g`irchoq teatrining paydo bo`lish omillari nimada?
45. “Chodir jamol” teatrining asosiy belgilari nimadan iborat? Asosiy personajlari va
repertuarini tavsiflang.
46. “Chodir xayol” teatrining asosiy belgilari nimalardan iborat? Asosiy personajlari va
repertuarini tavsiflang.
47. “Fonus xayol” va yana ijrochi hamda qo`g`irchoq teng turishib o`ynaydigan qo`g`irchoq
teatrlari haqida nimalarni bilasiz?
48. Kachal Polvonning dunyo xalqlari qo`g`irchoq teatrlaridagi tengdoshlari kimlar?
223
49. O`zbek qo`g`irchoq teatri tarixi kimlar tomonidan o`rganilgan.?
50. UNIMA nima? Uning faoliyati qaysi asosda qurilgan?
51. Kachal Polvon sarguzashtlari xalq komediyasi yozma adabiyotga qanday ta`sir ko`rsatgan?
52. «Askiya» istilohining mohiyatini nima tashkil qiladi?
53. Askiya qanday ijro etiladi?
54. Askiyaning qanaqa ichki turlari bor?
55. Askiya badiiy kompozitsiyasi haqida nima bilasiz?
56. Askiyalarning to`planishi, nashri, o`rganilishi xususida qanday ma`lumotlarga egasiz?
57. Lof qanday ijro etiladi?
58. Loflarni mavzu yo`nalishiga ko`ra tasniflash mumkinmi?
59. Loflarda qaysi badiiy vositalar ko`p qo`llanadi?
60. Lofning to`planishi, nashr etilishi, o`rganilishi haqida nimalar bilasiz?
61. Bolalar folklori nima?
62. Alla janri mohiyatini tavsiflang.
63. Bolalarni erkalovchi xalq poeziyasi tarkibiga qaysi janrlar kiradi?
64. Aytim-olqishlarning etnografik mohiyati nimada?
65. Erkalama nima? Ovutmachoq-chi?
66. Bolalar taqvimining etnopedagogik va etnografik mohiyati nimada?
67. Yalinchoq nima? Hukmlagich-chi?
68. “Boychechak” marosimi va qo`shig`ini g`oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qiling.
69. Bolalar maishiy qo`shiqlarining g`oyaviy–badiiy mundarijasini tavsiflang.
70. Bolalar poetik aytishuvlari haqida so`zlang.
71. Bolalar hajviy qo`shiqlari badiiy olamini tavsiflang. Masxaralama nima?
72. Bolalar hazilkashligida laqab va tegishmachoq qanday vazifani bajaradi?
73. Bolalar o`yin folklori qanday xususiyatlarga ega?
74. Harakatli o`yin nima? Uning tasnifi qanaqa?
75. Harakatni predmet (o`yinchoq) boshqaradigan o`yinlar qanaqa xususiyatlarga ega?
76. Harakatni so`z boshqaradigan o`yinlar tabiatini tavsiflang.
77. Ma`naviy o`yin yoki so`z o`yini nima?
78. Tez aytishlar qanaqa xususiyatlarga ega?
79. Chandish nima? Uning qanaqa ichki ko`rinishlari bor?
80. Guldur-gup nima?
81. Bolalar folklorining ijtimoiy-estetik, etnopedagogik va etnografik ahamiyati nimada?
3- JB og`zaki so`rov variantlari
1. Ergash shoir ijodining o`rganilishi va tadqiq qilinishi.
2. Ergash Jumanbulbul - baxshilar sulolasining vakili.
3. Qo`rg`on dostonchilik maktabi va uning vakillari.
4. Ergash shoir repertuari va ijodiy merosi.
5. “Ravshan” dostoni shoirning ming haydagan qo`rig`i.
6. “Go`ro`g`li” turkumi dostonlarining yaratilishida zamon va muhit ta`siri.
7. Ergash shoir - ishqiy-sarguzasht dostonlarni maromiga etkazuvchi baxshi.
“Kuntug`mish” dostoni.
8. Ergash shoirning zamon bilan hamnafasligi. Shoirning sho`ro davri ijodi.
9. Dostonlarning turlari va farqli tomonlari, janriy tabiati.
10. Fozil Yo`ldosh o`g`li repertuarining yozib olinishi va o`rganilishi.
11. Fozil Yo`ldosh o`g`lining hayot yo`li va ijodiy faoliyati.
12. Fozil Yo`ldosh o`g`li repertuaridagi dostonlarning g`oyaviy mundarijasi.
13. “Malikai ayyor” dostonida bosh qahramon masalasi.
14. Pari obrazining genezisi.
15. Maishiy dostonlarda makon, zamon va muhit tasviri.
16. Fozil shoirning zamon talabi bilan yaratilgan tarixiy qo`shiq va termalari.
224
17. Dostonlarda badiiy qurilma.
4- JB og`zaki so`rov variantlari
1. “Alpomish” dostonining yozib olinishi. Dostonning versiya va variantlari.
2. “Alpomish” dostonida makon va zamon, ko`p qatlamlilik.
3. Dostondagi obrazlar: homiy obrazlar; ota-ona obrazlari; alplar obrazi; yor obrazi.
4. Dostonda aks etgan xalqona uzvlar va ularning doston uchun badiiy qimmati.
5. Alpomish obraziga tavsif.
6. Barchinoy obraziga tavsif.
7. Dostonning tarbiyaviy-ta`limiy ahamiyati.
8. Po`lkan shoirning ijod yo`li va repertuarining o`rganilishi.
9. Shoir kuylagan dostonlarning g`oyaviy mundarijasi.
10. Po`lkan – Qo`rg`on dostonchilik maktabining a`zosi.
11. Po`lkan ijodida tarixiy dostonlar: “Shayboniyxon”, “To`lg`onoy”, “Tulumbiy”.
12. Tarixiy dostonlarning o`ziga xosligi.
13. Po`lkan ijodida zamon talqini.
14. Islom shoir repertuarining yozib olinishi va fol’klorshunoslikda o`rganilishi.
15. Islom shoirning hayot yo`li va ijodiy salohiyati.
16. Islom shoir repertuaridagi dostonlarning g`oyaviy mundarijasi.
17. “Zevarxon” dostonining g`oyaviy-badiiy tahlili.
18. Ishqiy dostonlarning o`ziga xosligi.
19. Dostonlarda yor obrazining badiiy talqini.
Do'stlaringiz bilan baham: |