MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Mif xalq og`zaki ijodining qaysi taraqqiyot bosqichida paydo bo`lgan?
2. Mifning afsonadan farqi nimada?
3. Mif tabiati haqida dunyo fol’klorshunoslari qanday fikr bildirishgan?
4. O`zbek mifologiyasining shakllanishi va taraqqiyoti haqida nimalar bilasiz?
5. Qanday mifologik obrazlar yaratilgan va ular qanday badiiy talqin etiladi?
6. Afsonada hayot voqeligi qanday aks ettiriladi?
7. Afsona ertak va rivoyatdan qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi?
8. Mifologik afsonalarning o`ziga xosligi nimada?
9. Tarixiy afsonaning alohida belgisi nimada ko`rinadi?
10. Rivoyatlarda voqelik qanday bayon etiladi? Retrospektivlik nima?
11. Rivoyat bilan afsonaning o`xshashligi va farqi nimada?
12. Naqlning asosiy belgilarini nimalar tashkil etadi?
13. Naqllar shakl va mazmuniga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
14. Qaysi mashhur o`zbek naqllarini bilasiz?
15. «Afandi» so`zi qaysi tildan olingan va qanday tarixga ega?
16. Latifa janri qachon paydo bo`lgan?
17. Latifaning janriy belgilari nimalardan iborat?
18. Latifalarning lokal ijrochiligi qanday xususiyatlarga ega?
19. Ertaklar qay tartibda ijro etiladi?
20. Ertaklarning janriy belgilari nimalardan iborat?
21. Ertaklarda an`anaviy kirish va boshlama munosabati qanday?
22. Sehrli-fantastik ertaklar qanday xususiyatlarga ega?
23. Hayvonlar haqidagi ertaklar-chi?
24. Maishiy-hayotiy ertaklar-chi?
25. Ertaklarning axloqiy-tarbiyaviy ahamiyati nimada?
26. Tubandagi tayanch tushunchalarni izohlang: mif, mifologiya, mifologik tasavvur,
arxaik mif, etiologik miflar, mumtoz miflar, dualistik miflar, kul’t miflari, mifologik obrazlar,
afsona, mifologik afsona, tarixiy afsona, diniy afsona, toponimik afsona, kosmogonik afsona,
geneologik afsona, mifologik obraz, rivoyat, roviy, retrospektivlik, etnonimik, oykonomik,
gidronomik, oronimik, nekronimik rivoyatlar, naql, zarbulmasal, sinkretik naql, latifa, anekdot,
ertak, an`anaviy kirish (zachin), boshlama, ekspozitsiya, tugun, tugallama, xayoliy uydirma,
hayotiy uydirma, sehrli raqam, totem, demonologik personaj, antropomorfizm, metamorfoza,
epik motiv.
27. Tubandagi testlardan to`g`ri javoblarni aniqlang.
1.Miflarda inson-buqa Gavomard ko`rinishida tasvirlanadigan obraz qaysi?
A) Axriman
E) Odami Od
B) Kayumars
F) Anaxita
D) Jamshid (Yima)
2. Qaysi javobda fol’klorning eng qadimiy janri ko`rsatilgan?
A) Qo`shiq E) Lof
B) Latifa
F) Doston
D) Mif
3. Qadimgi odamning borliq, olam jumboqlari, tabiat va koinot sirlarini bilishga intilishi, bu
boradigi ilk tasavvur-tushunchalari, xudolar, pahlavonlar haqidagi qarashlari asosida paydo
bo`lgan xalq hikoyalari qanday janriy nom bilan yuritiladi?
A) Mif E) Doston
B)
Еrtak F) Naql
D) Topishmoq
4. Xalq og`zaki nasri namunasi ko`rsatilgan javobni belgilang.
A) Doston E) Askiya
B) Lapar F) Mif
D) Qo`shiq
5. Hayot voqeligini xayoliy uydirmalar asosida bayon etuvchi og`zaki asarlar qanday
nomlanadi?
A) Afsona E) Naql
B)
Еrtak F) Doston
D) Rivoyat
6. Afsonalarni kim “Haqiqatdan xabar beruvchi yolg`on hikoyalar” deb ta`riflagan?
A) K.Imomov E) Aristotel’
B) M.Jo`raev F) M.Koshg`ariy
D) Beruniy
7. O`tmishda “saw” so`zi bilan yuritilgan fol’klor janri qaysi?
A) Afsona
E) Doston
B) Rivoyat
F) Qo`shiq
D)
Еrtak
8. Professional ijrochilikka asoslanmagan, keng ommaviy ijro etiluvchi janr ko`rsatilgan javobni
belgilang:
A) Doston E) Kinna
B)
Еrtak F) Terma
D) Afsona
9. Urug`-qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qiluvchi
afsonalar qanday nom bilan yuritiladi?
A) Toponimik afsonalar E) Tarixiy afsonalar
B) Geneologik afsonalar F) Diniy afsonalar
D) Mifologik afsonalar
10. Qaysi epik janr hayotiy voqealarni hayotiy uydirmalar vositasida aks ettiradi?
A) Rivoyat E) Doston
B) Mif F)
Еrtak
D) Afsona
11. “To`maris” va “Shiroq” asarlari qaysi janrda yaratilgan?
A) Tarixiy qo`shiq E) Rivoyat
B) Tarixiy afsona F)
Еrtak
D) Doston
12. Aholi yashaydigan joylar nomining kelib chiqish sabablarini izohlovchi rivoyatlar qandoy
nom bilan yuritiladi?
A) Tarixiy rivoyatlar
E) Oronimik rivoyatlar
B) Gidronomik rivoyatlar
F)
Еtnonimik rivoyatlar
D) Oykonomik rivoyatlar
13. Qaysi janrdagi fol’klor asarining yakunida qissadan hissa chiqariladi?
A)
Еrtakda
E) Dostonda
B) Afsonada
F) Rivoyatda
D) Naqlda
14. Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida qaysi fol’klor janrlari muhim manba sifatida
xizmat ko`rsatadi?
A)
Еrtaklar va dostonlar E) Qo`shiqlar va ertaklar
B) Maqollar va ertaklar F) Rivoyatlar va latifalar
D) Afsona va miflar
15. Qaysi fol’klor janri yaqin va O`rta Sharq xalqlari orasida “Zarbulmasal” deb yuritiladi?
A)
Еrtak E) Rivoyat
B) Naql
F) Latifa
D) Afsona
16. Muhokamaga sabab bo`lgan voqeani tasdiqlash yoki axloq qoidalarini buzib ish yuritayotgan
shaxsni ogohlantirish uchun aytiladigan fol’klor asari qanday nom bilan yuritiladi?
A) Maqol E) Doston
B)
Еrtak F) Afsona
D) Naql
17. Yagona hajviy qahramon obrazi bilan bog`liq janr qaysi?
A) Lof E) Naql
B) Latifa F) Satirik qo`shiqlar
D) Askiya
18. Echimi tasodifan ko`tarilgan kulgi-qahqaha yoki so`z o`yiniga asoslangan janr ko`rsatilgan
javobni belgilang:
A) Yig`i E) Latifa
B)
Еrtak F) Naql
D) Topishmoq
19. Qoraqalpoq latifalari qahramoni nomi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) O`mirbek E) Kal
B) Aldar ko`sa F) Bahlul
D) Mullo Nasriddin
20. O`zbek latifalarida Nasriddin afandi obrazini maxsus tarzda tadqiq qilgan fol’klorshunos
kim?
A) B.Sarimsoqov E) H.Razzoqov
B) K.Imomov F) M.Jo`raev
D) F.Yo`ldosheva
21. Dastlab “etuk” shaklida yuritilgan janr qaysi?
A) Maqol E)
Еrtak
B) Afsona F) Naql
D) Rivoyat
22. Qaysi ertaklarning syujetida inson zoti aralashmaydi?
A) Hayvonlar haqidagi ertaklarda
B) Sehrli ertaklarda
D) Maishiy ertaklarda
E) Satirik ertaklarda
F) Bunday ertaklar yo`q.
23. “Mitti polvonlar” haqidagi ertaklar ularning qaysi ichki turiga mansub hisoblanadi?
A) Sehrli ertaklarga E) Maishiy ertaklarga
B) Hajviy ertaklarga F) Qahramonlik ertaklariga
D) Majoziy ertaklarga
24. Maishiy ertaklarning bosh qahramoniga xos bo`lmagan belgi qaysi javobda ko`rsatilgan?
A) Aqlli E) Odobli
B) Tadbirkor F) Bahodir
D) Sirli kuchga ega
25. “O`zbek satirik ertaklari” kitobining muallifi kim?
A) G`. Jalolov E) K.Imomov
B) M.Afzalov F) M.Jo`raev
D) B.Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |