«O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi» fanining maqsad va vazifalari. Reja: Qiyosiy tipologiya tushunchasi Bo’ronov nazariyasi «O’zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi»



Download 256,5 Kb.
bet24/43
Sana21.08.2021
Hajmi256,5 Kb.
#152836
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
Tipologiya

Sifat va son so’z turkumlari

Reja:

  1. O‘zbek va rus tillaridagi sifatlar o’rtasigi umumiylik

  2. O‘zbek va rus tillaridagi sifatlarga qiyosiy tavsif

  3. Rus tilidagi sifatlarning maxsus grammatik ko‘rsatkichi

  4. Son turkumi. Sonning ma’no turlari

Sifat va son so’z turkumlari

O‘zbek va rus tillaridagi sifatlar o’rtasigi umumiyliklar xususida so’z yuritadigan bo’lsak, ular har ikki tilda ham predmetning belgisini bildiruvchi so’zlar turkumi hisoblanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham sifatlar sintaktik jihatdan otlar bilan birikadi va gapda odatda aniqlovchi yoki kesim vazifasida keladi. Sifatlar belgining xususiyatiga ko‘ra asliy (качественые) va nisbiy (относительные)ga ajratiladi. Har ikkala tilda asliy sifatlar predmetning turg’un belgisini ifodalaydi. Bunday sifatlar ikkala tilda ham darajalanish xususiyatiga ega, nisbiy sifatlarga esa daraja kategoriyasi mansub emas. Ammo o’zbekcha sifatlar bilan ruscha sifatlar o’rtasida umumiy jihatlardan ko‘ra farqli xususiyatlar ko’proq bo’lib, ular quyidlagilarda namoyon bo’ladi: O‘zbekcha tub sifatlar maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega emas; rus tilidagi sifatlarning esa otlarda bo’lgani kabi rod, son va kelishikka ishora qilib turuvchi tugalmalari bor bo’lib, bu tugalmalar ot­sifatlanmishga tobelanish jarayonida namoyon bo’ladi: agar ot mujskoy rod bo’lsa, sifat –ый, -ий tugalmalarini, jenskiy rod bo’lsa –ая, -яя tugalmalarini, sredniy rodda –oe, -ee, ko’plikda –ые, -ие tugalmalarini oladi. Bu tugalmalar hatto bosh kelishikdagi sifatlarda ham ko‘rinib turadi. Masalan: Birlikda: м.р. ж.р. И.п. красная лента (qizil tasma) красный шарф Р.п. красной ленты (qizil tasmaning) красного шарфа Д.п. красной ленте (qizil tasmaga) красному шарфу В.п. красную ленту (qizil tasmani) красный шарф Ko‘plikda: И.п. красные ленты (qizil tasmalar) красные шарфы Р.п. красных лент (qizil tasmalarning) красных шарфов Д.п. красным лентам (qizil tasmalarga) красным шарфам В.п. красные ленты (qizil tasmalarni) красные шарфы Misollardan xulosa chiqarish mumkinki, o’zbek tilida sifatlar o‘zi bog’lanib kelgan ot bilan moslashish uchun ma‘lum grammatik vositalarni olib o‘zgarmaydi, ruscha sifatlar esa ot­sifatlanmish bilan rod, va sonda moslashib, kelishiklar bo‘yicha turlanadi. O‘zbek tilidagi asliy siffatlarda uch daraja ajratiladi: oddiy daraja; orttirma daraja; ozaytirma daraja. Rus tilida esa sifatlarning oddiy, qiyosiy, orttirma daraja shakllari mavjud. O‘zbek tilida sifatlarning orttirma daraja shaklini hosil qiluvchi morfologik vositalar yo‘q. Bunday shakl fonetik (qip-qizil, yam-yashil, dum-dumaloq) yoki leksik usul (eng, juda,


g’oyat, rosa, o‘ta, nihoyat, bag’oyat so’zlari) yordamida yuzaga keladi. Rus tilida esa orttirma daraja –ейш, -айш suffikslari, наи- prefiksi yoki самый so’zi vositasida, qiyosiy daraja –e, -ee suffikslari, ba‘zan esa suppletiv usul bilan (хорошо-лучше) hosil qilinadi. Buni quyidagi tablitsadan ko‘rish mumkin. Sifatlarning qiyosiy darajasi rus tilida «nisbatan», «ancha» ma‘nolarini beradigan bolee yoki menee so’zlari bilan ham hosil qilinadi: Летом в Андижане более прохладно, чем в в Карши. У Малики менее капризный характер, чем у её сестры. O‘zbek tilida fonetik usul orqali hosil qilingan orttirma daraja shakllari rus tilida преprefiksi bilan beriladi: sap-sariq – жёлтый-прежёлтый, top-toza - чистый-пречистый. Bunday shakllar rus tilida kuchaytirma daraja shakllari deb yuritiladi. O‘zbek tilida belgining me‘yordan kamligini ifodalovchi ozaytirma daraja shakli ikki xil usul: leksik usul (sal katta, bir oz uzun) va morfologik usul (yaxshiroq, balandroq) yordamida yuzaga keladi. 23 Rus tilidagi asliy sifatlarning yana bir farqli xususiyati shundaki, ularda daraja shakllari hosil qilinganda, so’z o‘zagida tovush tushish yoki tovush almashish hodisalari yuz beradi: близкий – ближе, редкий – реже, высокий – выше, крепкий – крепчайший, великий – величайший. Har ikkala tilda ham rang­tus bildiruvchi sifatlarning zagiga maxsus grammatik ko‘rsatkichlarni qo‘shib, shu rangga o‘xshash bo’lgan rang turlarini hosil qilish mumkin: ko‘kimtir – синеватый, qizg’ish- красноватый va h.k. Rus tilidagi asliy sifatlar qisqartma shaklga ham ega: красивый-красив, крепкий–крепок, полезный-полезен, великий-велик.

Qisqartma sifatlar ot bilan rod va sonda moslashib, odatda kesim vazifasida keladi: интересный фильм – Этот фильм очень интересен; богатая страна – Наша страна богата сырьём и промышленностью; полезные фрукты – Фрукты полезны для здоровья; Bunday sifatlar turlanmaydi. O‘zbek tilida qisqartma sifatlar mavjud emas. Kesimlik kategoriyasi esa o’zbekcha sifatlarda ayrim shollarda bog’lama vositasida hosil bo’ladi (Men kattaman. Sen nega xafasan?), ko’p hollarda esa sifat egadan keyin kelib, o‘zgarmas shaklda kesim vazifasini bajaradi (Suv tiniq. Bu bino yangi). Ruscha gaplar tarkibida sifatlar ot­sifatlanmishdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin:


Навруз – национальный праздник многих народов Востока. «Филология – наука
глубоко личная и глубоко национальная» (Д.С.Лихачев). O‘zbek tilida esa sifat hamisha sifatlanmishdan oldin keladi. O‘zbekcha sifatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular gapda hol vazifasida ham kela oladi. Quyidagi gaplarni ularning tarjimalari bilan muqoyasa qilib ko‘ring: Istiqlol sharofati bilan shahrimizda chiroyli imoratlar qurildi. – Благодаря
Независимости в нашем городе построены красивые здания. Dugonam chiroyli yozadi. – Моя подруга пишет красиво. O‘zbekcha misollarda ikki o‘rinda kelgan «chiroyli» so’zini farqlovchi morfologik belgilar mavjud emas. Demak, ulardan birini sifat, ikkinchisini ravish deyishga hech qanday asos yo‘q. Bunda bir so’zning o‘zi birinchi gapda aniqlovchi, keyingisida hol vazifasida kelgan. Rus tilida esa bir o’zak­negizga ega bo’lgan sifat va ravishlarni ularning tugalmasi farqlab turadi. Nisbiy sifatlar rus tilida ham, o’zbek tilida ham predmetning boshqa predmet bilan aloqadorligini, o‘rin yoki zamonga munosabatini ifodalaydi: milliy universitet-национальный университет, bahorgi imtihonlar-весенние экзамены, moddiy ahvol-материальное положение, ilmiy ish-научная работа. Rus tilida predmetning qanday ashyodan ishlanganligini anglatuvchi nisbiy sifatlar ot o‘zagiga н, -ан, -ян, -янн, -енн, -ов kabi suffikslarni qshish orqali hosil qilinadi:
деревянный стол, пластиковые окна, кожаная куртка, хрустальная люстра. Bunday sifatlar ham sifatlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi. Masalan: ср.р. ж.р. И.п. зимнее утро (куз тонги) железная дверь (темир эшик) Р.п. зимнего утра (куз тонгининг) железной двери (темир эшикнинг) Д.п. зимнему утру (куз тонгига) железной двери (темир эшикка) В.п. зимнее утро (куз тонгини) железную дверь (темир эшикни) Misollardan ko‘rinib turganidek, rus tilidagi nisbiy sifatlar bilan hosil qilingan birikmalar o‘rnida o’zbek tilida izofali birikma yoki aniqlovchisi ot bilan ifodalangan bitishuvli birikma qo‘llanadi. Rus tilida nisbiy sifatlarning yana bir turi (притяжательные прилагательные) mavjud bo’lib, ular predmetning ma‘lum bir shaxsga qarashliligi yoki biror jonzotga oidligi, tegishliligini ko‘rsatadi. Bunday sifatlarni O.Azizov, A.Safaev kabi olimlarimiz «egalik sifatlari», olim 24 Sh.Rahmatullaev «nisbatlov sifatlari» deb nomlaganlar. Sifatning bu turi ham asliy va nisbiy sifatlar kabi sifatlanmish bilan rod, son va kelishikda moslashadi: мамино платье (ср.р.),
охотничье ружьё (ср.р.), птичий клюв (м.р.), верблюжья шкура (ж.р.), лисьи следы (ko’pl.). Rus tilidan o’zbekchaga tarjima qilinganda egalik sifatlari o‘rnida: a) qaratqich kelishigidagi ot (папин друг– dadamning do‘sti, дядин дом – tog’amning uyi); b) sifat rnida qllangan, izofali birikmani hosil qiladigan bosh kelishikdagi ot (птичье гнездо- = qush ini,
медвежья берлога -ayiq uyasi ) beriladi.

Download 256,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish