chiroyli
va inglizcha
beautiful
so’zlarini solishtirsak, chiroyli so’ziga go’zal, xushro’y,
ko’hli, zebo, husnli, suluv, sohibjamol, kelishgan so’zlarini sinonim sifatida olsak
bo’ladi. Beautiful so’zining ma’nodoshlari esa, pretty, adorable, prepossessing, nice,
attractive, lovely, pleasant, handsome, gorgeous va boshqalar. Bir ma’noni
anglatuvchi bu so’zlar ko’p bo’lsada, ikki tilda chiroyli va beautiful so’zlari keng
qo’llaniladi. Ular bosh so’z bo’lganligi uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotmaydi.
Shuningdek bu so’zlar turli sohalarda turlicha ishlatiladi. Misol tariqasida ayol va
erkaklarni olishimiz mumkin. O’zbek tilida ham, ingliz tilida ham ikki xil jins
vakilini ajratish maqsadida, ularning har bir jihatlari bir-biriga o’xshash
bo’lmaganligi sababli bir sifatni ko’rsatish uchun ikki jins vakiliga ikki xil so’z
ishlatiladi. Masalan, chiroyli so’zi ayollarga xos bo’lsa, kelishgan so’zini bevosita
erkaklarni sifatlash uchun qo’llashimiz joizdir. Xuddi shunday ingliz tilida ham, bular
beautiful-handsome shaklida ifodalanadi. Bu kabi hodisalar ikki tilning ayrim
aspektlari bir-biriga qanchalik yaqin va o’xshashligidan dalolatdir. Shun ta’kidlash
joizki, sinonim so’zlar uslubiy jihatdan qo’llanilishiga ko’ra farqlanadi. Masalan,
chiroyli-sohibjamol yoki beautiful-prepossesssing so’zlari. Ushbu keltirilgan
namunalarda ham o’zaro farqlar mavjud. Garchi ular bir ma’noni anglatsada, ularning
uslubi o’zgachadir. Chunki oddiy so’zlashuv uslubida sohibjamol yoki ingliz tilidagi
prepossessing so’zlarini ishlatganda biroz noqulay tuyulishi yoki aksincha, chiroyli
va beautiful so’zlarini adabiy nutqda ishlatish esa biroz g’alizroq ko’rinishi mumkin.
Shu sababli ularni qo’llashda xatoga yo’l qo’ymaslik va e’tiborli bo’lish talab etiladi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimdek, sinonim so’zlar frazeologizmlar(iboralar)
orasida ham uchraydi. Masalan, o’zbek tilidagi “do’ppisini osmonga otdi” va “og’zi
qulog’iga yetdi” kabi iboralari bir xil ma’noni ya’ni, “xursand bo’ldi” degan ma’noni
anglatadi. Bu iboralarni majoziy ma’noda qabul qilmasak, albatta, bir- biriga uzviy
bog’liq bo’lmagan so’z birikmalarini ko’rishimiz mumkin. Ammo, ularning
frazeologizm sifatidagi asosiy negizi bir nuqtaga taqaladi. Ushbu hodisani ingliz
iboralari orasida ham kuzatishimiz mumkin. Bunga misol keltirishdan oldin shuni
eslatib o’tmoqchiman, sinonimlar odatda bir yoki bir nechta jihatdan farqga ega
bo’lishi mumkin bo’lib, ulardan biri ma’no qirrasidagi farqdir. Hozirgi misol esa
aynan ma’no qirrasi jihatiga xosdir. Inglz tili so’zlashuv uslubida tarqalgan “lower
one’s credit” va “blot one’s copybook” iboralari “nomiga dog’ tushurmoq” ma’nosini
anglatadi. Bu iboralarning ikkisi ham bir xil (so’zlashuv) ulubiyatiga xoslangan
bo’lsada, ikkinchi iborada ma’no biroz kuchliroq. Buni uslubiy bo’yoqdorlik bilan
izohlash mumkin.
Shu o’rinda yana bir fikrga to’xtalib o’tmoqchiman, yuqoridagi sinonimik
holatlarni gaplar tuzilishida ham uchratish mumkin. Barcha tillardagi kabi ingliz va
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (SI) II/2020
ISSN 2181-063X
112
http://oac.dsmi-qf.uz
o’zbek tillarida ham fikr bir necha xil tarzda tinglovchga yetkaziladi. Ularni
quyidagicha qiyoslaganimizda, I loved the girl
Do'stlaringiz bilan baham: |