O`ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GENDER IFODALI BIRLIKLAR
Tulqinjonova Dilnozaxon Erkinjon qizi
Farg`ona Davlat Universiteti
Lingvistika: ingliz tili yo`nalishi 1-kurs 21.02.guruh magistranti
tulqinjonovadilnoza@gmail.com
Abstrakt
Ushbu maqolada o`zbek va ingliz tillaridagi gender ifodalar, ularning o`xshash va farqli jihatlari haqida so`z borgan. Maqolada genderning grammatik jihatdan tadqiqi berilgan bo`lib, unda foydalanilgan materiallar asosan so`zlashuv va qisman kitobiy tilga hos. Gender tadqiqotlari har ikki jinsga va ularning bir-biriga bo`lgan munosabatiga e’tibor qaratadi va uning ijtimoiy etnik va madaniy farqlar bilan ifodalanishini hisobga oladi.
Kalit so`zlar: gender, jins, grammatik jins.
Kirish :
So`nggi yillarda jahon tilshunosligida til imkoniyatlaridan yetarlicha foydalanishga, til birliklarining nutqda qo`llanilishi va ularning ma’no-vazifa xususiyatlarini ochib berishga e’tibor qaratilmoqda. Dunyo tilshunosligida til hodisalarining shakllanish omili, etimologik manbai, ma’noviy guruhi, funksional jihati, milliy-mental xususiyatlari bo`yicha keng qamrovli tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu esa turli tillardagi gender ifodalarni turli jihatlaridan chuqur o`rganishga imkoniyat yaratmoqda.
Gender tadqiqotlari 20-asr boshlarida boshlangan bo`lishiga qaramay, 1970-yillardan beri olimlar va yozuvchilar o`rtasida adabiyot va genderga e’tibor berila boshlangandan keyin ma’lum bo`la boshladi. Gender sohasida tadqiqot olib borgan Robin Lakoff, J.Coates Gros, Judith E.Trucker, Ventre, G.Trager va boshqa ko`plab olimlarni misol keltirishimiz mumkin. Maqsadimiz turli tillardagi gender ifodalarning o`xshash va farqli jihatlarini ochib berish. Shuning uchun ham biz uni grammatik jihatdan ko`rib chiqamiz.
Gender adabiyot nazariyasi, zamonaviy san’at tarixi, dramaturgiya, kino, sotsiologiya, antropologiya, psixologiya va psixoanaliz kabi fanlarning o`rganish sohasi hisoblanadi. Bu fanlar jinsni qanday va nima uchun o`rganayotganligi bilan bir-birlaridan farq qiladi. Masalan, antropologiya, sotsiologiya va psixologiyada jinsni ko`proq amaliyot jihatidan o`rganilsa, madaniyatshunoslikda esa qanday tasvirlanishi o`rganiladi. Genderni o`zini ham alohida katta fan sifatida olsak, u o`z ichiga genderni o`rganuvchi metodlar va yo`nalishlarni keng ko`lamda qamrab oladi. Gender tadqiqotlari 1970-yildan beri mavjud va bugungi kunda u xalqaro miqyosda innovatsion tadqiqot va tadqiqot sohasi sifatida tan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |