O‘zbek tilshunosligi kafedrasi



Download 3,85 Mb.
bet104/195
Sana24.12.2022
Hajmi3,85 Mb.
#895511
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   195
Bog'liq
Turkiytillarningqiyosiy-tarixiygrammatikasi.-.ComparativehistoricalgrammarofTurkiclanguages.

5. Tartib sonlar. Turkiy tillarda tartib sonlarni hosil qilishning bir necha affiksal usullari mavjud.
Ko‘pchilik turkiy tillarda tartib sonlar -nchaї//-nchi affiksi yordamida hosil qilinadi: tur., turkm. birinji (birinchi), uyg‘., o‘zb., q.tur., q.balq., qirg‘., qum. birinchi, shor. pirinchi, xak. pirinji, qoz., no‘g‘. birinshi, tat. birinshi; tur., turkm. ikinji, uyg‘., qum., q.turk., shor., qar., qirg‘. ikkinchi, qoz., no‘g‘. yekinshi, tat. ikinshi kabi.
Ushbu affiksning ancha qisqartirilgan shakli -nch ham uchraydi: q.turk. birinch (birinchi), üchünch (uchinchi), törtünch (to‘rtinchi) kabi.
Ushbu affiks(-( ї)nchї//-(i)nchi)ning kelib chiqishi haqida turli taxminlar bor. Uni -(ї)nch yordamida fe’ldan yasalgan ot bilan bog‘lovchilar ham bor: esk.o‘zb. ürkünch (qo‘rqinch), їnanch (ishonch), qїsqanch (rashk, hasad) kabi. V.Bang qo‘shimcha oxiridagi unli - ї(i)ni 3-shaxs birlikdagi egalik qo‘shimchasi bilan bir xil deb hisoblaydi. Y. Nemet va M. Ryasyanen fikricha, -chї//-chi elementi harakat nomi qo‘shimchasi -chї//-chini eslatadi. A. M. Sherbak fikricha, dastlab, -a va -i affiksi yordamida miqdor sonlardan iki–üchü- tipidagi fe’l o‘zaklari hosil qilingan. Ushbu o‘zaklar ko‘plikni emas, balki davomli harakatni ifodalaydi, fe’ldan hosil qilingan otlar esa harakat natijasi yoki boshqacha aytganda, butunning qismini miqdor (yarim, uchdan bir, to‘rtdan bir) bilan emas, balki boshqa qismlar (ikkinchi qism, uchinchi qism, to‘rtinchi qism)ga nisbatan ifodalaydi. Keyinchalik, bunday hosila aniqlovchi sifatida qatnashadi. Tartib sonlarga 3-shaxs birlikdagi egalik affikslarining qo‘shilishi ularning o‘ziga xosligi: biror narsaning izidan borish tartibini ifodalash, qaysidir obyektning holati, odatda, uni ajratadigan shunday obyektlar guruhi bilan aloqani ko‘rsatishni taxmin qilish natijasiga aylanadi.
Tartib formalari kelib chiqishini tushuntirish uchun, avvalo, ularning ma’no tarkibini aniqlash kerak bo‘ladi. Tartib sonlar muayyan miqdor birligini ko‘rsatish kerak, chunonchi, bir, ikki, uch va hokazo. Bu tartib sonlar tarkibida miqdor bo‘lgan paytda ta’minlanadi: tur. birinji, ikinji, üchünji kabi. Tur. besh at (beshta ot) va beshinji at (beshinchi ot) kabi so‘z birikmalarini qiyoslashda miqdor sonlar alohida olib qaralmaydi. Besh at (besh ot) so‘z birikmasida besh soni otlarning faqat umumiy miqdorini bildiradi, bunda ulardan qay biri beshinchi bo‘lishi mutlaqo muhim emas. Aksincha, bu so‘z birikmasidagi beshinchi muayyan ot, ya’ni hisob bo‘yicha beshinchi otni ko‘rsatadi.
Tartib sonlar ko‘rsatkichi -(ї)nchї//-(i)nchini ikki qismga ajratish mumkin. Dastlab, tartib sonlar hisob birliklari yig‘indisi ko‘rsatish rolini bajaradigan -їn//-in formativini ajratish kerak. Shundan keyin ajratuvchi yuklamani belgilash lozim. Bunday yuklama -chї//-chi bo‘ladi. Ushbu yuklama ayrim turkiy tillarda istak maylini kuchaytirishi mumkin: q.balq. jaz-chї (yozsang-chi), tat. kil-shi (kelsang-chi), o‘zb. o‘qi-chi, no‘g‘. kёrset-shi (ko‘rsat-chi), qoz. ber-shi (ber-chi), qirg‘. al-chї (ol-chi).
Tartib son hosil qilishda boshqa affikslar ham ishtirok etadi. Chunochi, ana shundaylardan biri sanalgan -(ї)mchї//-(i)mchi eski o‘zbek tilida uchraydi. Ushbu qo‘shimchani ayrim turkologlar -(ї)nchїning ancha oldingi shakli, deb hisoblaydilar.
Chuvash tilida -mish(i) qo‘shimchasi ishlatiladi: pirimish (birinchi)
(bir), ikimish (ikkinchi)
Affiksning ancha qadimgi shaklida -sh elementi bo‘lmagan, deb taxmin qilinadi.
Chuvash tilidagi -(i)mish qo‘shimchasi -(ї)nchї//-(i)nchi affiksiga o‘xshaydi. Farqi shundaki, bundagi -їn shakliga -їm muvofiq keladi.
Tartib sonlarni hosil qilishda tofalar va yoqut tillarida -qї//-ki (-qu//-kü), -g‘ї//-gi (-g‘u//-g‘ü) affiksi qo‘llaniladi: bir-gi (birinchi), ush-ku (uchinchi), besh-ki (beshinchi) kabi. Tofalar tilida ushbu affiksga -sh elementi qo‘shiladi: törti-shki (to‘rtinchi).

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish