Yuz (100) sonining turkiy tillarda ifodalanishi: o‘rx.en, q.uyg‘., tur., ozarb., turkm., uyg‘. yuz, tat., no‘g‘. yoz, q.balq., qirg‘., qoz., q.qalp. jüz, olt. düs, tuva., xak., shor., tof. chüs, yoq sü:s, chuv. sär kabi. G. Ramstedt yuz sonini yü- yuklamasi fe’li bilan bog‘laydi.
Ming sonining turkiy tillarda ifodalanishi qo‘yidagicha: o‘rx.en biñ, tur. bin, q.balq., uyg‘., qirg‘. miñ, turkm. müñ, tuv., shor., xak. muñ, mun// mu:n.
Bobotilning dastlabki davridagi arxetipi piñ, keyinchalik biñ, bu bilan parallel ravishda miñ tarzida qo‘llanilgan. Bu sondagi bi~mi elementi o‘n ma’nosini bersa, oxiri ñ ko‘plik ko‘rsatkichidir.
O‘n ming qadimgi turkiy tilda tümän tarzida qo‘llanilgan.
Demak, o‘nliklarni ifodalashda ko‘pchilik turkiy tillarda yangicha tizim paydo bo‘lgan. Ular “birinchi o‘nlik birliklari+o‘n” sxemasida hosil bo‘lgan: shor. alt-on, chett-on, segiz-on, tog‘uz-on, xak. alt-on, chit-on, sigez-on, tog‘їz-on. Yoqut va oltoy tillarida bu tizim qirq sonidan boshlanadi: yoq. törtuon, olt. tört-on; tuva tilida esa “yigirma” sonidan boshlanadi: ishk-on (20), üch-on (30), türt-on, (40) kabi. Bu holat tofalar va sariq uyg‘urlar tilida ham kuzatiladi. Sanash tizimida chuvash tilida ham o‘zgarishlar bo‘ldi: s‘ag‘ьr-vunna (80), tъg‘ъr-vunna (90).
4. Taxmin sonlar. Ko‘pchilik turkiy tillarda sonning ushbu turi -cha//-chä affiksi yordamida hosil qilinadi: qirg‘. beshche (beshcha), o‘zb. o‘ntacha, xak. chüsche (yuztacha), ozarb. onlarcha (o‘nlarcha).
Ko‘pchilik turkologlar -cha affiksini -cha:q//-chä:k (cha:k-lїg‘) ko‘makchi-si (taxminan) bilan bog‘laydilar: esk.tur. besh miñche chakl їg‘ (besh ming chog‘lik), o‘zb. dial. o‘n choqlь (o‘n chog‘lik).
Miqdorni taxminiy anglatish qiyoslash bilan bog‘liqdir. Xakas tilida chüsche (yuztacha)dastlab, yuzcha ma’nosini bildirishi mumkin. Shuning uchun barcha turkiy tillarda keng tarqalgan -cha affiksi qiyoslashda ishlatiladi: tat. tatarsha (tatarcha)~tatarlardek, ozarb. adäje (odatcha), tur. chojukcha (boladek). Qiyoslashning chaqlїg‘ ko‘makchisi bilan ifodalanishi juz’iy hodisa bo‘lib, barcha turkiy tillar uchun xos emas.
Taxmin sonlarni hosil qilishda ishtirok etgan sonlar fe’lning o‘zagi bo‘lib, ular o‘z navbatida, sifatdosh va ravishdosh hosil qilishi ham mumkin: tat. yözlägän (yuzcha), qoz. otїzdag‘an (o‘ttizcha) kabi.
Fe’lning ushbu tipidan ravishdosh -їp hosil qilinishi ham mumkin: tat. uñlap (o‘ntacha), o‘zb. yüzläp (yuzcha), boshq. meñläp (miñcha).
Ba’zan taxmin sonlarni hosil qilishda -tay//-tay, -day//-day o‘xshatish affikslari qo‘llanilishi mumkin: qoz. jüzdey (yuzcha), qir. otїzday (o‘ttizcha).
Shuningdek, taxmin sonlar turkiy tillarda sintetik usul bilan, ya’ni ikki miqdor sonni, son va ko‘makchini qo‘shish yoki son oldidan bir so‘zini keltirish orqali ham hosil qilinadi: qoz. jьyьrma shaqtь (yigirmatacha), o‘zb. bir qancha, bir necha, turkm. bäsh-altї (5-6) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |