Birlik Ko‘plik
1-shaxs. pä, so‘ngra pän>bän piz>biz
2-shaxs. sä, so‘ngra sän siz
3-shaxs. ol ol (olar)
Turkiy tillarda kishilik olmoshlarining turlanishida otlarning turlanishidagi ishtirok etgan qo‘shimchalar qo‘llaniladi.
Bir qancha turkiy tillarda kishilik olmoshlarining 1-shaxs va 2-shaxs birlikda turlanishida o‘zakdagi unli o‘zgarishga uchramaydi: (ozarb.) bosh kelishikda män (men), qaratqich kelishikda mänim (mening), jo‘nalish kelishigi mänä (menga). Shuningdek, 1-shaxs birlikdagi kishilik olmoshi jo‘nalish kelishigida turlanganida, o‘zakdagi unli a tarzida qo‘llaniladigan turkiy tillar ham bor: tur. ben (men)~bana (menga), turkm. men~maña(menga), no‘g‘., shor., qum. men~mag‘a, xak. min~ mag‘a, ur.en. bän~baña(menga) kabi.
Qozoq tilidagi mag‘an (menga), sag‘an(senga) va og‘an(unga) olmosh-larida qadimgi jo‘nalish kelishigi -n ishtirok etadi.
O‘g‘uz va qipchoq tillarida 1-shaxs birlikdagi olmosh jo‘nalish kelishigida–ñ elementi qatnashadi: turkm. maña (menga), tat. miña. Bunda barcha turkiy tillarda jo‘nalish kelishigi affiksi -qa//-qä ishtirok etgan.
4.4. So‘roq olmoshlari. So‘roq olmoshlari ot so‘z turkumidagi so‘zlarning o‘rinbosarlari bo‘lib, turkiy bobotilda otlarga o‘xshab, belgisiga ko‘ra, jonli va jonsizga ajratilgan, shuning bilan bog‘liq ravishda, turli o‘zaklarga ega bo‘lgan: k elementi jonli predmetlarga nisbatan (kim?), n elementi esa jonsiz predmetlarga nisbatan (na?) qo‘llaniladi.
So‘roq olmoshi kim? turkiy tillarda quyidagi shakllarga ega: orx.en. kim. q.tur., qirg‘., tur., ozarb., turkm., q.balq., qar., yoq., chuv., boshq., tat., qoz., no‘g‘., q.qalp., kim, olt. kem, tuv. kїm, uyg‘. kim (chim).
Bu yerdagi kim, shuningdek, shor va oltoy tillaridagi kem va kam dialektal forma bo‘lishi mumkin.
So‘roq olmoshi (na? ni? nima?)ning turkiy tillarda aks etishi quyidagicha: ozarb. nä, boshq. ni, nimä, qoz. ne, nemne, q.qalp., tur., no‘g‘. ne, turkm. neme, o‘zb., uyg‘. nimä, qum. ni, ne, tat. ni, närsä, xak. nime, no‘g‘. ne.
Ushbu holatni izohlash qiyin. Sababi turkiy bobotilda n bilan boshlangan so‘zlar bo‘lgan. Qadimgi turkiy tilda ham bunday so‘zlar barmoq bilan sanarli. Ammo n bilan boshlangan so‘roq olmoshi mavjud bo‘lgan. Bu olmoshlardagi dastlabki unlini aniqlash qiyin. Bu yerdagi ä ozarbayjon tilidagi ä ga o‘xshagan. Ko‘pchilik turkiy tillarda bu unli e shaklida qo‘llaniladi. Ammo o‘zbek, uyg‘ur, no‘g‘oy tillarida normadan chekingan holat - ä>i kuzatiladi.
Ayrim turkiy tillar–oltoy, turkman, boshqird, o‘zbek, uyg‘ur, xakas tillarida nä olmoshi quyidagi holatda: boshq. nä-mä, o‘zb., uyg‘. ni-mä, olt., turkm. ne-me (nima) kabi. F. G. Is’hoqov fikricha, ushbu olmoshlarning ikkinchi qismi chuvash tilida min? (nima?) tarzida. Olimning fikricha, qirg‘iz tilidagi emne, qoz. nemene. Bu yerda, aslida, turli olmosh o‘zaklarining birlashuvi sodir bo‘lgan. Tatar tilidagi närsä? (nima?)bo‘lib, u fe’ldan hosil qilingan.
Barcha turkiy tillarda nima? so‘roq olmoshi o‘rnida nä? olmoshi ishlatil-maydi. Xuddi shu ma’noda ishlatiladigan tuvacha chu:, yoqutcha tuox va chuvashch minlarning kelib chiqishi hanuz ma’lum emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |