O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet84/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Yuklamaning tuzilish turlari. Ko‘pgina leksoid yordamchi so‘zning affiksoid ko‘rinishi mavjud, bu yuklamaga ham tegishli: [ham], [-am/-yam]; [uchun], [-chun]; [-u], [-yu]; [bilan], [-ila], [-la] shular jumlasidan. Yuklama shakliy jihatdan uch xil ko‘rinishga ega:

1. Qo‘shimchasimon yuklama ([-mi], [-chi], [-a], [-ya]).

2. Sof yuklama ([xuddi], [faqat], [axir]…).

3. Nisbiy yuklama ([yolg‘iz], [ba’zan], [tanho], [bir]).

Yuklamaning shakliy va vazifaviy turlari. Yuklama vazifaviy jihatdan quyidagi ma’no turiga bo‘linadi:

1. So‘roq yuklamasi: [-mi], [-chi], [-a], [-ya], [nahotki]. Bu yuklama turli so‘z turkumiga qo‘shilib, so‘roq ma’nosini bildiradi. Ba’zan, so‘roq ma’nosidan tashqari, taajjub, hayrat ma’nocini ham ifodalaydi.

[-mi] yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi, [-chi], [-a], [-ya] yuklamaci esa o‘zidan oldingi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimxobmidi, Sevganingiz bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 3. Nahotki shu gaplarga ishongan bo‘lsangiz.

2. Ayirish-chegaralash yuklamasi: [faqat/faqatgina], [-gina/-kina/- qina].

Bu yuklama ayrim narsa va hodisani boshqacidan ajratish, harakatni chegaralash uchun qo‘llanadi. [-gina] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: 1.To‘yga SHeraligina kelmadi, xolos. 2.O‘ktam indamadi, faqat yuragida to‘lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. [Faqat] yuklamasining o‘rnida [yolg‘iz] so‘zini ham qo‘llash mumkin. Sifat so‘z turkumiga oid bu so‘z nisbiy yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg‘iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim).

3. Ta’kid yuklamasi ([-ku], [-da], [-u], [-yu]) gapda ifodalangan biror voqeani ta’kidlash uchun qo‘llaniladi: Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!

4. Kuchaytiruv yuklamasi: [axir], [hatto], [hattoki], [-oq/-yoq].

[-oq/-yoq] affiks yuklamasi o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi. Harakatning birin-ketin tezlik bilan davom etishini, boshlanish paytini, ta’kidlashni ko‘rsatadi: Gullarni ko‘riboq ko‘ngli yorishdi. [Axir], [hatto], [hattoki] yuklamaci ham fikrni kuchli ta’kidlash, avvalgi voqeani eslatishni ifodalaydi: Axir do‘stimsan-ku!

5. O‘xshatish-qiyoslash yuklamasi: [xuddi], [naq], [go‘yo], [go‘yoki]. 1.Bahorda bu bog‘lar go‘yoki kelindek yasanadi. 2.CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi kabi gapda yuklama-bog‘lovchi vazifasini bajaradi.

6. Inkor yuklamasi: [na]. Takror holda ishlatilib, inkor ma’nosini ifodalaydi:




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish