O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet81/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Ergashtiruvchi bog‘lovchi. 1. Aniqlov bog‘lovchisi: [ya’ni], [-ki/-kim]. 2. Sabab bog‘lovchisi: [chunki], [shuning uchun], [zeroki]. 3. SHart bog‘lovchilari: [agar], [agarda], [agarchi]. 4. CHog‘ishtiruv bog‘lovchisi: [go‘yo], [go‘yoki]. Teng bog‘lovchi, ergashtiruvchi bog‘lovchining ma’no va vazifa tomoni, imlo xususiyati formal tilshunoslik bo‘yicha darslik va qo‘llanmada atroflicha bayon etilgan.

Bog‘lovchi-yuklamaning mohiyati. Ayrim so‘zning bog‘lovchilik tabiatidan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog‘lovchining miqdori, ularning mohiyati, turi hanuzgacha aniq belgilanganicha yo‘q. Masalan, chog‘ishtirish bog‘lovchisiga [go‘yo], [go‘yoki] so‘zi kiritiladi. Ammo bu so‘z gap bo‘laklari yoki gaplarni bog‘lash uchun emas, balki o‘xshatish, qiyoslash ma’noli qurilmalarda shu ma’noni ta’kidlash uchun xizmat qiladi, o‘xshatish, qiyoslash ma’nosi esa boshqa vosita bilan ifodalanadi: Beda orasi juda issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. (Oyb.) Nay sadosining mayin to‘lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go‘yo hammayoq jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda o‘xshatish, qiyoslash [-dek] qo‘shimchasi va [kabi] so‘zi bilan ifodalanyapti, [go‘yo] esa shu ma’noni ta’kidlamoqda. Demak, [go‘yo] ta’kid yuklamasi hisoblanadi. [Balki] yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. [Balki] qo‘llanishidagi ba’zi xususiyatiga ko‘ra, zidlov bog‘lovchisidan farq qiladi. Zidlov bog‘lovchisi ko‘pincha qo‘shma gap qismlarini bog‘laydi, [balki] yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bo‘ldi, lekin (ammo, biroq) yomg‘ir yog‘madi. Bu misolda zidlov bog‘lovchisi o‘rnida balki so‘zini qo‘llab bo‘lmaydi. [Balki] so‘zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gapda gumon, qarama- qarshilik ma’nosini ta’kidlash uchun qo‘llanadi:…toping, balki tanishlaringiz bordir. (Oyb.) Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki o‘zimizni ham qiynatdirmog‘damiz. (A.Qod.) Bu gap menga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O‘z-o‘zidan anglashiladiki, balki sof bog‘lovchi bo‘lolmaydi, bog‘lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklama sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o‘tish va bog‘lovchi-yuklama, ko‘makchi-bog‘lovchi kabi oraliq hodisa hosil qilish – yordamchi so‘z tabiatiga xos xususiyat, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo‘li. [Ham… ham] biriktiruv bog‘lovchisi ta’kid qo‘shimcha ma’no bo‘yog‘iga ega, [na…na] esa inkor ma’nosini ifodalaydi, [-mi] so‘roq-taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog‘lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog‘lovchi-yuklama hisoblanadi. Misollar: 1. Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2. Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3.U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.

Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o‘zbek tili bog‘lovchisining ma’no va xususiyati tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog‘lovchi bilan bog‘liq masalalar ilmiy hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masaladan biri sanaladi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish