2. So‘z-gap mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligidan bu so‘zga nisbatan semantik funktsional shakllangan so‘z-gap atamasi qo‘llaniladi. Bu atamadagi “semantik” tarkibiy qismi hodisaning lug‘aviy (ma’noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Gap markazi mavqeida kelgan bunday leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo‘ladi, ya’ni leksik birlik ham so‘z, ham gap. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so‘z-gapning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |