O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet25/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Muayyan va mavhum ot. Sezgi a’zosi bilan sezish mumkin bo‘lgan predmetni atovchi – ot muayyan ot. Muayyan otni bevosita sanash mumkin. SHuning uchun bunday ot sanoq son bilan munosabatga kirishadi. SHuningdek, shaxsiy baho shakli, ko‘plik qo‘shimchasini olishi mumkin: (beshta daftar), (yuzlab odam), (o‘g‘ilcha), (qizgina).

Muayyan ot quyidagi LMTga ega:



  1. Modda nomi: [oltin], [kumush], [qum], [suv].

  2. SHaxs tavsifi nomi: [yigit], [chol], [o‘zbek], [tojik], [cho‘loq], [kasal], [ota], [ona].

  3. Buyum nomi: [qalam], [kitob], [cho‘mich], [kosa], [gilam], [sholcha].

  4. O‘simlik nomi: [daraxt], [buta], [o‘t], [jiyda], [ildiz].

  5. O‘rin-joy nomi: [qishloq], [shahar], [sahro], [adir].

  6. Miqdor nomi: [misqol], [tonna], [botmon], [chaqirim].

  7. Tashkilot va muassasa nomlari: [maktab], [idora], [do‘kon], [bozor].

  8. Vaqt-payt nomi: [kun], [fasl], [tong], [kecha].

Bu har bir LMT o‘z ichida bir necha lug‘aviy-ma’noviy guruh (LMG) ga bo‘linib ketadi. Masalan, «Hayvon nomi» LMTsi LMG lari: «qoramol» LMG, «ot» LMG, «qo‘y» LMG, «echki» LMG, «it» LMG, «eshak» LMG, «tovuq» LMG va h.

Muayyan ot LMG lari nisbatan barqaror va o‘ta keng, deyarli cheklanmagan va o‘zgaruvchan qurshovdan iborat. LMG markazidagi leksemalar o‘zaro giponimik, partonimik, graduonimik, funktsionimik, ierarxionimik munosabatlarda yashaydi. Masalan, [araxt] leksemasi quyidagi jins-tur munosabati: [qayin], [tol], [o‘rik], [terak], [majnuntol], [archa]. Funktsionimik asosda tuzilgan LMG ancha oz: [qalam], [ruchka].

SHaxs tavsifi oti esa keng graduonimik munosabatga egaligi bilan ajralib turadi.

Mavhum ot turli narsada mavjud bo‘lgan bir xil yoki o‘xshash sifatni bir alohidalik tarzida ifoda etadi. Masalan, [olma], [qovun], [shakar], [qand] otining muhim sifat belgisi «shirinlik» bo‘lsa, [shirinlik] mavhum otida yuqoridagi narsalarda mavjud bo‘lgan umumiy belgi bir alohidalik sifatida beriladi. SHuning uchun muayyan va mavhum otning farqli tomoni faqatgina ularning haqiqiy ([kitob], [olma], [eshik]) yoki xayoliy ([sevgi], [ishq], [shirinlik]), umumiy va yakka narsani ifodalashi emas, balki belgi, sifat ma’nosining qay usulda talqin etilishi ham.

Ot birlik shaklda bir turdagi predmetlarning o‘zini (yakka ot) yoki predmet to‘dasini (jamlovchi ot) bildirishiga ko‘ra ham farqlanadi.




Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish