O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘quv- uslubiy majmua



Download 1,5 Mb.
bet37/184
Sana24.08.2021
Hajmi1,5 Mb.
#154722
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184
Bog'liq
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi «hozirgi o‘zbek tili» fanidan o‘q

Kompozitsiya usuli. Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma va juft sifat hosil bo‘ladi.

Qo‘shma sifat. Qo‘shma sifat quyidagi qolip asosida hosil bo‘ladi:

1. [Ot+ot]: [devsifat], [devqomat], [dilorom], [dilozor], [kafangado], [otashnafas], [sohibjamol].

2. [Sifat+ot]: [xomkalla], [sho‘rpeshona], [kaltafahm], [shirinsuxan], [sho‘rtumshuq], [balandparvoz].

3. [Ot+sifat]: [yoqavayron], [jig‘ibiyron], [tepakal], [xonavayron], [xudobezor], [otabezori].

4. [Ravish+ot]: [hozirjavob], [kamgap], [kamsuxan], [kamsuqum], [kamqon], [kamxarj].

5. [Ravish+fe’l]: [tezpishar], [ertapishar], [cho‘rtkesar].

6. [Fe’l+ fe’l]: [yebto‘ymas].

7. [Olmosh+ot]: [o‘zboshimcha.

8. [Ot+fe’l]: [tilyog‘lama], [gadoytopmas], [tinchliksevar].

9. [Olmosh+sifat]: [o‘zbilarmon].

10. [Son+ot]: [ikkiyuzlamachi], [qirqyamoq].

Juft sifat. Juft sifat tarkibidagi so‘zning xususiyatiga ko‘ra quyidagi turga bo‘linadi:

I. Har ikki qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifat:

1. Qismlari sinonim: [aql-hushli], [pishiq-puxta], [telba-teskari], [sog‘-salomat], [yakka-yolg‘iz].

2. Qismlari antonim: [achchiq-chuchuk], [baland-past], [vayron-obod], [issiq-sovuq].

3. Qismlari ma’noviy yaqin: [mo‘min-qobil], [och-yalang‘och], [soya-salqin], [xor-zor].



II. Bir qismi mustaqil holda ishlatiladigan juft sifat: [ralash-quralash], [mast-alast], [ilma-teshik], [tuppa-tuzuk], [xom-xatala], [entak-tentak], [qari-quri], [qora-qura], [yamoq-yasqoq], [harom-harish].

III. Har ikkala qismi mustaqil holda ishlatilmaydigan sifat: [aji-buji], [aloq-chaloq], [poyintar-soyintar], [uvali-juvali], [o‘poq-so‘poq], [ilang-bilang].

Boshqa turkumga xos so‘z konversiya yo‘li bilan sifatga o‘tishi mumkin. Bu sifatlashuv deyiladi. Sifatlashuv tarixiy jarayon bo‘lib, boshqa so‘z turkumi davr o‘tishi bilan sifatga aylanib boradi. Sifatlashuv hodisasi lisoniy tabiatga ega:


  1. Juft va takroriy otning sifatlashuvi: [mosh-guruch], [yo‘l-yo‘l], [rang-barang], [xilma-xil].

  2. O‘zak holidagi fe’lning sifatlashuvi: [daydi], [qari], [chalkash], [yanglish], [tutash], [aralash].

  3. Harakat nomi shaklidagi juft fe’l: [olmoq-solmoq].

  4. Kesimlik shaklidagi fe’l: [oldi-qochdi], [kuydi-pishdi], [tug‘di-bitdi], [ilikuzildi], [ichakuzdi], [supraqoqdi]

Sifatning tuzilishiga kora turlari. Sifat tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘ladi. Sodda sifatlar bir o‘zakli bo‘ladi: oq, yozgi, aqlli, beg‘ubor, tor. Murakkab sifat o‘z o‘rnida uchga bo‘linadi: a) juft sifat; b) takroriy sifat; v) qo‘shma sifat.

Juft sifat ikki sifatning juftlashishidan tashkil topadi: [oq-qora], [yaxshi-yomon], [katta-kichik].

Takroriy sifatda bir o‘zak takrorlanadi: [katta-katta], [baland-baland], [og‘ir-og‘ir].

Qo‘shma sifat birdan ortiq mustaqil so‘zning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: [havo rang], [ishyoqmas], [ertapishar], [yoqavayron], [o‘zbilarmon].



Eslatma. Juft va qo‘shma sifat yasama. Takroriy sifatda shakl yasalishi, qisman leksemalashuv mavjud. U taraqqiyot natijasida yangi ma’no kasb etishi ham mumkin: [yo‘l-yo‘l]. Bunda yangi so‘z yasalishi emas, balki so‘zshaklning leksemalashuvi kuzatiladi.

17-ma’ruza. Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida.

Sifatning nokategorial shakllari.

Reja:

  1. Sifatlarda daraja kategoriyasi.

  2. Kuchaytirma va ozaytirma shakllar.

  3. «SB» shakllari. Ularning ifodalanishi, qo‘llanishi.

  4. Sifatlarning sintaktik vazifalari.

Daraja kategoriyasi (qisq. DK) «sifatda belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakl yordamida hosil qilinadi: (chiroyli) (chiroyliroq)(juda chiroyli).

Asliy sifatda belgining darajasini ifodalashga ko‘ra uch daraja ajratiladi:

a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja.

Oddiy daraja hech qanday vositasiz yuzaga chiqadi. Unda DK UGMsi «belgining ortiq-kamligiga munosabat bildirmaslik» tarzida yuzaga chiqadi: (yaxshi), (qattiq), (semiz), (keng), (baland), (to‘g‘ri), (yumshoq) kabi.

Orttirma daraja belgining me’yoriy holatdan ortiqligi, kuchliligini ifodalab, DK UGMsini «belgining me’yordan ortiqligini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas. DK ifodalovchisining geterogenligi(har xilligi) ushbu darajada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Orttirma daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:

1. Fonetik usul. Uning bir necha ko‘rinishi bor: a) (qop-qora), (yap-yapaloq), (dum-dumaloq); b) urg‘uli tovushning cho‘zilishi: (u’zun), (bala’nd), (chiro‘yli).

2. Leksik usul:. (juda kuchli), (g‘oyatda qo‘rqinchli), (nihoyatda baland).

Belgining ortiq darajasi analitik shaklda ham ifodalanadi. Bu shakl ikki uzvli, birinchi uzvini chiqish kelishigi shaklida qo‘llash orqali hosil qilinadi: (uzundan uzun), (shirindan shirin).



Ozaytirma daraja DK UGMsini «belgining me’yordan kamligini ifodalash» ko‘rinishida xususiylashtiradi. Bu ma’no ikki usul bilan yuzaga chiqadi:


  1. Download 1,5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish