O’zbek tilshunosligi” kafedrasi “hozirgi o’zbek tili” fanidan kurs ishi mavzu: azim hojiyevning “FE’L” asari xususida bajardi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 65,29 Kb.
bet2/8
Sana28.06.2022
Hajmi65,29 Kb.
#715841
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azim hojiyev fe\'l asari

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi tasnif masalalarini va ular tarixini o‘rganish, o‘zbek tilidagi so‘z turkumlari tasnifini substansial asoslarda bilish, ular haqida xulosalar chiqarish, tasniflashlardagi farqli tomonlarni hamda so‘z turkumlarining ilmiy va mantqiy izchil tasnif usullarini ilg‘ay olish . So‘z turkumlari tasnifi masalasi amalga oshirilgan yangi tadqiqotlar asosida yana bir karra o‘rganildi. O‘zbek tilshunosligida an’anaviy (klassik) hamda hozirgi zamonaviy (formal-funksional) ilmiy yondashuvlar asosida so‘zlar tasnifi qiyosan tahlilga tortildi. So‘zlarni guruhlashdagi haqiqiy, idrokiy mezonlar o‘rganildi.


I BOB. FE’L HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 Fe’l so‘z turkumi haqida olimlarning fikri
Fe’llar harakat ma’nosini bildiruvchi soʻzlardir. Grammatikada harakat tushunchasi juda keng boʻlib, uxlamoq yotmoq, turmoq, kabi fe’llar ifodalaydigan holatlarni, soʻramoq, choʻchimoq, zavqlanmoq, qadrlamoq kabi fe’llar psixik oʻzgarishlarni; gullamoq, oʻsmoq kabi fe’llar biologik protsesslarni va shu kabi hodisalarni oʻz ichiga oladi. Bulardan har birining oʻziga xos xususiy tomonlari boʻlishi bilan birga ularning hammasi uchun umumiy boʻlgan tomoni ham bor, ya’ni bularning hammasi zamon bilan bogʻliq holda yuz beruvchi hodisa hisobla- nadi. Shuning uchun bu harakat-hodisalarni bildiruvchi soʻzlarning hammasi “nima qilmoq?” soʻrogʻiga javob boʻladi. Ularni bir gruppaga kiritish va “fe’l” deb atashda ham xuddi ana shu umumiy xususiyati asosga olinadi. O‘zbek tilidagi fe’llar leksik-grammatik xususiyatlariga koʻra ikki asosiy gruppaga boʻlinadi: 1) mustaqil fe’llar, 2) yordamchi fe’llar. Mustaqil fe’llar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) harakat bildiradi ( ya’ni mustaqil ma’noga ega boʻladi) va gapda uning biror boʻlagi vazifasida kela oladi: Plan muddatidan ilgari bajarildi; 2) biror soʻzni boshqarib keladi: ekinni sugʻormoq, dalaga chiqmoq kabi; 3) harakatning ob’ektga boʻlgan munosabatiga qarab mustaqil fe’llar ikki gruppaga boʻlinadi: a) ob’yektli fe’llar, b) ob’ektsiz fe’llar. Ob’yektli fe’llar bildirgan ha- rakat ob’yekt tushunchasi bilan bogʻliq boʻladi va bunday fe’llar tushum kelishigidagi soʻzni boshqaradi. Qolgan fe’llar bunday xususiyatga ega boʻlmaydi.Qiyoslang: ol, soʻra, hayda - ob’yektli fe’l; kel, uxla - ob’ektsiz fe’l;4) fe’l bildirgan harakat ob’ektiv harakatning tildagi ifodasi. Lekin u ob’ektiv harakatning aynan kopiyasi boʻlmay, kishi ongida aks etgan harakat, hodisa, holat kabilar haqidagi abstrakt tushunchadir. Demak, fe’l bildirgan harakatning ob’ektiv voqelikka munosabati ifodasida bevosita inson, aniqrogʻi, soʻzlovchi qatnashadi. Harakatning ob’ektiv voqelikka soʻzlovchi tomonidan belgilanadigan munosabati tilda oʻz aksini topadi. Bunday munosabat fe’l mayli deb ataladi va shunday munosabatni ifodalovchi formalar mayl formalari deyiladi. Mayl ma’nosiga egalik fe’lning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi: bor — buyruq mayli, bor + sa — shart mayli; 5) har handay harakat bajarilish yoki bajarilmaslik munosabatida boʻladi va fe’llar ana shunday munosabatni ifodalovchi formaga ega boʻladi. Bajarilishni bildiradigan forma — boʻlishli forma, bajarilmaslikni bildiradigan forma — boʻlishsiz forma hisoblanadi: bordi -boʻlishli, bormadi—boʻlishsiz; 6) yuqorida koʻrdikki, harakatning ob’yektga boʻlgan munosabatiga qarab fe’llar bir-biridan farqlanadi. Bundan tashqari, harakat biror kimsa yoki narsa tomonidan bajariladi. Boshqacha aytganda, harakat sub’yekt (bajaruvchi) tushunchasi bilan ham bogʻlangan boʻladi. Harakatning ob’yekt va ob’yektga boʻlgan munosabati fe’l darajalari deyiladi. Bunday munosabat maxsus grammatik formalar orqali ifodalanadi: ayt - bosh daraja formasi, ayttir -orttirma daraja formasi; 7) harakatning bajarilishi, albatta, zamon (vaqt) doirasida boʻladi. Shunga koʻra harakat zamon ma’nosi bilan bogʻlangan boʻladi va fe’llar zamon ma’nosini ifodalovchi formalarga ham ega boʻladi: bordi— oʻtgan zamon formasi, boryapti — hozirgi zamon formasi; 8) harakatning bajaruvchi shaxs bilan bogʻlanganini koʻrdik. Harakatning voqelikka munosabati esa bevosita soʻzlovchi orqali reallashadi. Soʻzlovchi bor ekan, oʻz-oʻzidan, tinglovchi ham boʻladi. Bundan tashqari, soʻzlovchi va tinglovchidan chetdagi (oʻzga) shaxs (shaxslar)ning boʻlishi ham tabiiy. Harakat sub’yekti ana shu shaxslarning biri (soʻzlovchi, tinglovchi yoki oʻzga shaxs) boʻladi. Harakatning ana shu shaxslarga boʻlgan munosabati shaxs-son kategoriyasi deyiladi va bu munosabatni ifodalovchi formalar shaxs-son formalari deyiladi: bordim, bording, bordi kabi; 9) mustaqil fe’llarning ot, sifat, ravish soʻz turkumlariga xos xususiyatlarga ega boʻlgan harakat nomi sifatdosh, ravishdosh formalari ham bor: ishlash (foydali), ishlagan (odam), ishlab (charchadi) kabi. Yordamchi fe’llar harakat bildirmaydi (mustaqil ma’no ifodalamaydi). Ular turli grammatik ma’no ifodalash uchun yoki boshqa vazifada qoʻllanadi. Yordamchi fe’llarni asosiy xususiyatlariga qarab uch gruppaga boʻlish mumkin: 1) soʻz yasash uchun xizmat qiluvchi va bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi fe’llar: boʻl, qil fe’llari; 2) fe’llarga birikib turli qoʻshimcha ma’no ifodalovchi yordamchi fe’llar. Bularni, boshqa yordamchi fe’llardan farqlagan holda, “koʻmakchi fe’llar”deb ataymiz; 3) fe’llar, shuningdek otlar bilan qoʻllanib, turli ma’no ifodalovchi va yordamchi vazifalarda qoʻllanuvchi yordamchi fe’l. Bu fe’l lingvistik adabiyotlarda “toʻliqsiz fe’l” deb ataluvchi fe’ldir: edi, ekan, emish kabilar.


Download 65,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish