O’zbek tilshunosligi” kafedrasi “hozirgi o’zbek tili” fanidan kurs ishi mavzu: azim hojiyevning “FE’L” asari xususida bajardi



Download 65,29 Kb.
bet1/8
Sana28.06.2022
Hajmi65,29 Kb.
#715841
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Azim hojiyev fe\'l asari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH: O’ZBEK TILI YO’NALISHI
O’ZBEK TILSHUNOSLIGI” KAFEDRASI
HOZIRGI O’ZBEK TILI” FANIDAN

KURS ISHI
MAVZU: AZIM HOJIYEVNING “FE’L” ASARI XUSUSIDA

Bajardi: Narzullayeva R
Ilmiy rahbar: Yondasheva T

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………3
I BOB. FE’L HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.1 Fe’l so‘z turkumi haqida olimlarning fikri........................7
1.2 Asarda ko‘makchi fe’llar tasnifi…………………………10
II BOB. O‘ZBEK TILIDA FE’L SO ‘Z TURKUMINING HOSIL BO‘ LISHI
2.1 Fe’lning yasalishi usullari……………………………….13
2.2 Fe’lning tuslanishi va tuslanish formalari……………..19
UMUMIY XULOSALAR…………………………………………22
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….24

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Fe’l barcha tillarda ham faol bo‘lgan so‘z turkumlaridan biridir. Fe’l semantik doirasi keng, lekin, asosan, ish- harakat hamda ish-harakat tasavvurini beradigan holatni anglatadi. Fe’l so‘z turkumining o‘rganilishi boshqa so‘z turkumlariga uzviy bog‘liq. Eng katta so‘z turkumi ham fe’l hisoblanadi. Alisher Navoiy ham fe’l so‘z turkumini chuqur tahlil qilgan. Uning ‘‘Muhokamat ul-lug‘atayin’’ asarida bir qancha ma’lumotlar keltirilgan. Alisher Navoiyning morfologik qarashi uning quyidagi fikrida o‘z ifodasini topgan: so‘zlarni uch turkumga ajratgan: fe’l, ism va harakat.
Abdurauf Fitratning sof morfologik qarashi uning ‘‘ Sarf ’’ (Morfologiya) asarida o‘z ifodasini topgan. So‘zlarni anglatadigan ma’nosini asos qilib olgan holda turkumga ajratadi: ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ko‘makchi kabi. Abdurauf Fitrat shu tariqa o‘zi belgilagan barcha so‘z turkumiga alohida- alohida to‘xtalib, uning o‘ziga xos jihatini yoritib beradi. Olimning fe’l turkumiga oid qarashi katta ahamiyatga ega. Uning “Har bir fe’l bir ish bilan uning ishlovchisi hamda bir zamonni bildiradi’’ tarzida aytilgan fikri tilshunoslik uchun muhimdir. Olim fe’lning zamon grammatik kategoriyasiga, shaxs-son kategoriyasiga , shuningdek, bo‘lishli – bo‘lishsizlik, o‘timli- o‘timsizlik, nisbat kabi kategoriyasiga nisbatan o‘z qarashlarini bayon qildi. 
Zamonaviy o‘zbek morfologik ta’limotining rivojlanish va keng ommalashishida professor Ayub G‘ulomovning ilmiy dunyoqarashi va ilmiy faoliyati katta ahamiyatga ega. Professor Ayub G‘ulomov tomonidan ‘‘Fe’l’’ kitobining yaratilishi o‘zbek tilshunosligida katta voqea bo‘ldi. Chunki o‘zbek tilshunosligi tarixida alohida olingan bir turkumning o‘zini yaxlit holda jiddiy tadqiq etish tajribasi shu davrga qadar bu tarzda amalga oshirilmagan edi. Bu kitobda:
Fe’l turkumi alohida holda yaxlit tarzda chuqur tahlil qilingan;
Fe’l haqidagi barcha mavjud qarash umumlashtirilgan.
Fe’lga xos xususiyat: ma’nosi va grammatik belgisi; grammatik kategoriyasi; yasalishi; to‘liqsiz fe’l, fe’lning sintaktik vazifasi batafsil tahlil qilingan.
O‘tgan asrning 30-yillarida tilshunos olim Ulug‘ Tursunovmorfologiyaga oid o‘z qarashlarini bayon qilgan. Olim o‘zbek tili morfologiyasining eng dolzarb muammolarini tadqiq qilgan. Xususan, uning “O‘zbekchada fe’lning yasalishi”, “O‘zbek tilida fe'l darajalari’’ kabi tadqiqotlari fe'l so‘z turkumiga katta e'tibor qaratganidan dalolat beradi. Tilshunos olimlarimizdan yana biri akademik A.Xojiyev o‘zbek tilida lisoniy birlikning o‘zbekona tabiati va o‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari ustida izlanishlar olib borgan va 30 ga yaqin maqola e'lon qilgan. Olim fe'l so‘z turkumining o‘rganilishiga ham jiddiy e'tibor qaratgan va buning ustida bir qancha ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning ‘‘O‘zbek tilida fe'l’’, ‘‘O‘zbek tilida ko‘makchi fe'l’’, ‘‘O‘zbek tilida to‘liqsiz fe'l’’ kitoblari fe'l so‘z turkumiga qanchalik e'tibor qaratganini bildiradi.
Fe’l kategoriyasining ishlanishida professor E. D. Polivanov, A. N. Kononov, V. V. Reshetov kabi taniqli olimlar o‘z hissalarini qo‘shgan. Fe’l kategoriyasi ustidagi ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishida o‘zbek tilshunoslaridan A. G‘ulomov, A. H. Sulaymonov, A. Hojiyev, J. Jo‘rayeva, SH. SHukurovlarning hissalari katta. A. H. Sulaymonov 1949-yilda yozgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘tgan zamon fe’l kategoriyasi” dissertatsiya ishida o‘tgan zamon fe’l kategoriyasi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tgan. Professor A. G‘. G‘ulomovning “Fe’l” va akademik A. Hojiyevning “Fe’l” kitoblarida fe’lning tarixi, zamon, nisbat kategoriyalari, fe’lning barcha xususiyatlari atroflicha yoritib berilgan. A. N. Kononov “Hozirgi zamon o‘zbek tili grammatikasi” kitobining fe’l zamonlari bobida fe’lning zamon shakllarini keng tahlil qilgan.
Tilshunos olim M. Sodiqovaning “Fe’l stilistikasi” kitobida fe’lning grammatik kategoriyalari, mayllari, zamon, nisbat, shaxs-son formalari va ularning stilistik xususiyatlari o‘rganilgan. Olim fe’l bo‘lishsizligining grammatik va stilistik xususiyatlari, harakat-holat fe’llari va munosabat fe’llarini chuqur tahlil qilgan. Tilshunos olim SH. SHukurovning “Fe’l tarixidan” kitobida XI asr tilshunosi Mahmud Koshg‘ariy davridan boshlab fe’lning o‘rganilishi haqida ma’lumotlar keltirgan. Olim fe’lning zamon,nisbat va mayl shakllari ustida ham tadqiqot ishlarini olib borgan. H. Yusufxo‘jayevning “O‘zbek tili izohli lug‘atida fe’llarning ishlanishi” monografiyasi fe’llarning ishlanish prinsiplariga bag‘ishlangan bo‘lib, asosan fe’llarning lug‘atlarda bosh so‘z sifatida berilish masalalari, harakatning kuchli-kuchsizligi va takroriyligini ko‘rsatuvchi fe’l formalari tahlil qilingan. SH.SHukurovning “O‘zbek tilida fe’l mayllari taraqqiyoti” kitobi o‘zbek tilida fe’l mayllari va zamonlari taraqqiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan va o‘zbek tilida fe’l mayllari tarixi va taraqqiyoti keng tahlil qilingan. Akademik Azim Hojiyevning “To‘liqsiz fe’l” monografiyasi tilshunoslikda kam o‘rganilgan masalalardan biri to‘liqsiz fe’l formalari va ular yordamida yasaluvchi fe’l formalarining ma’nolari, vazifalari va qo‘llanishdagi xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.  Mustaqillik yillaridan keyin ham fe’l so‘z turkumi olimlar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Xususan, tilshunos D.G‘aniyevaning “O‘zbek tilidagi fe’lning funksional shakllarida sinkretiklik va polifunksionallik” mavzusiga bag‘ishlangan dissertatsiya ishi fikrimizning dalilidir. Bu ma’lumotlardan bilishimiz mumkinki, qadimdan olimlarimiz fe’l so‘z turkumi ustida o‘z ishlarini olib borgan. Hozirgi kunga qadar bu so‘z turkumi chuqur tahlil qilinmoqda va yangiliklar kiritilmoqda. Fe'l so‘z turkumi juda keng mavzu hisoblanadi. Hech bir so‘z turkumini fe'l so‘z turkumisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Gapni markazi kesim hisoblanadi va kesim asosan fe'l bilan ifodalanadi. Shuning uchun ham fe'l gapning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu so‘z turkumi ko‘plab bahs va munozaralarga sabab bo‘lgani uchun hozirgi kunga qadar olimlar tomonidan o‘rganilib kelinmoqda.

Download 65,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish