2. Jismoniy toʻsiqlar. Shovqin - zavodda stanoklarning baland tovushi tufayli ogʻzaki nutq qiyin tushuniladi. Muloqotga telefon yoki baland gapirish tizimi tufayli elektron tovush xalaqit beradi . Soʽz shovqini, jismoniy xalaqit berishning barcha turlari, noaniq dastxat, yomon nusxalar va hokozolar ham jismoniy toʻsiqlarga tegishlidir.
- Vaqt va masofa.
- Telefon va tarmoqdagi tigʻiz payt.
- Turli xil smenalarda ishlovchi odamlar.
- Qabulxonadagi oʻrindiqlarning noto‘gʻri joylashuvi.
3. Semantik toʻsiqlar.
- Soʽzlarga izoh berish. Inson har bir soʽzning ma‘nosiga oʽzgacha izoh beradi va muloqotlar oʻrtasidagi toʻsiqlarga sabab boʻladi. Merfi va Pek oʽzlarining ―Samarali Biznes Muloqoti‖ kitoblarida kichkina ―Run‖ soʽzining fe‘l soʽz turkumida 71 ma‘nosi, ot soʽz turkumida 35 ma‘nosi, sifatda esa 4 dan ortiq ma‘nosi borligini ta‘kidlab o‘tishgan.
-Chetlab o‘tiluvchi koʻrsatmalar. Agar, yuboruvchi va qabul qiluvchi xabarni bir xil soʽzga oʽzgacha ma‘no yoki bir xil ma‘no uchun turli xil soʽzlarning foydalanishi qoʻshib berganda sodir boʻlishiga chetlab o‘tilgan koʻrsatmalar deb ataladi.
- Koʻrsatish va konnotatsiya
Soʽzlarning 2 xil ma‘nosi boʻladi:
1.Soʽzning lugʻaviy ma‘nosi – koʻrsatuvchi ma‘nosi deb ataladi. Unda hech qanday ijobiy va salbiy jihatlarni koʻrsatmay predmetlarning nomini va xabarini berishi shart.
2.Konnotativ–qarashlar va shaxsiy reaksiyalarini ifodalashga imkon beradi.Vijdonli, arzon, samimiy va shu kabilar.
Bu muammoning oldini olish uchun quyidagilar ishlatilishi mumkin: Qabul qiluvchiga tanish boʻlgan soʽzlarni afzal koʻring. Agar, tinglovchiga soʽzlar notanish boʻlsa, birinchi marta ishlatilayotgani uchun unga ma‘nosini aniqlashtirib berish kerak. Biz salbiydan koʻra ijobiy konnotatsiyani ishlatishni tanlashimiz kerak.
4.Ijtimoiy –psixologik toʻsiqlar
Munosabat va fikrlar. Fikr bilan muvofiqlashtirilgan ma‘lumot va shaxsning munosabati muayyan shaxs uchun muvofiqdir. Hissiyotlar muloqotda muhim rol o‘ynaydi. Agar, soʽzlovchi sarosimada, tashvishlangan, hayajonlangan, qo‘rqqan, asabiylashgan boʻlsa, unda u oʽzining xabarini to‘gʻri yetkaza olmaydi. Yashirin idrok. Idrokini yashirgan inson bilan muloqot qilish juda qiyin. Biz oʽz fikrimizda shunchalik qat‘iylik bilan turamizki, hatto,ki boshqalarni tinglashdan ham bosh tortamiz.
Maqomni anglab yetish. Biz oʽzimizning past yoki yuqori lavozimimizni shunchalik ortiqcha anglab yetamizki, oʽz fikr va mulohazalarimizni xolis ifodalaymiz. Ma‘lumot manbai. Ishonchimizga koʻra munosabat bildirib, muloqotning kelib chiqqan manbasiga tayanamiz.
Noto‘gʻri yetkazib berish. Xabarni yetkazib berishda asosiy qismi yo‘qoladi (ogʻzaki muloqotda, har bir ma‘lumot yetkazilishida uning 30% yo‘qoladi) Past eslab qolish qobiliyati. Ogʻzaki xabar ayniqsa insonning past eslab qolish qobiliyati tufayli yo‘qoladi.
Muloqot tizimining eng zarur xususiyatlarining batafsil ro‘yxati taklifini kiritish juda qiyin. Bu vaziyatning muayyan ehtiyojlariga bogʻliq boʻladi. Quyidagi yoʻriqnomalar yoki prinsiplar samarali muloqotga erishish uchun rioya qilinishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |