3-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.
“Tushunchalar tahlili” metodini amalga oshirish tartibi:
Jadval ko‘rinishida bir tomoniga mavzuga tegishli tushunchalar keltirilgan tarqatma material talabalarga beriladi va ulardan ushbu tushunchalarni izohini yozishlari so‘raladi.
Quyida keltirilgan tayanch iboralarni izohlang.
№
|
Tayanch so‘zlar
|
Ta’rifi, izohi
|
1
|
Axborot xat
|
|
2
|
Da’vo xat
|
|
3
|
Farmoyish xat
|
|
4
|
Tasdiq xat
|
|
5
|
Eslatma xat
|
|
6
|
Ilova xat
|
|
7
|
So‘rov xat
|
|
8
|
Kafolat xat
|
|
9
|
Iltimos xat
|
|
Vazifa:
1.Rasmiy xat turlariga “Klaster” tuzing.
2. Tuzilgan “BBB” asosida xatlar haqida ma’lumot bering.
Bilaman
|
Bildim
|
Bilmoqchiman
|
|
|
|
19-MAVZU:Sohada muloqot va nutqiy faoliyat.
Sohada o‘zbek tilida muloqot va kommunikatsiya jarayoni. Muloqot va uning turlari. Muloqot shakllari va nutqiy faoliyat.
1-topshiriq. Matnni o‘qing va eslab qoling.
Muloqot tashqita‘sirlar, namunalarasosidaoʻzini oʻzituzatish, qaytatarbiyalash, Shaxsiyimkoniyatiniroʻyob
Gachiqarishuchunpuxtaza minhozirlaydi, komilliksari yetaklaydi.
Har bir kishining oʻz ―Meni‖ atrofdagilar bilan boʻladigan muloqot jarayonida shakllanadi. Shaxsning hayot yoʻllari avvalo oilada, bogʻcha, maktab,
institut, ishxona, keksalarorasida, ya‘ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma‘naviy ehtiyojlarimizdan biri - bu muloqotga boʻlgan ehtiyojdir. Muloqotga boʻlgan ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun, biz doimo muloqotga boʻlgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir boʻlgan muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin, ayrim hollarda esa biz qoniqmasligimiz ham mumkin.
Muloqot jarayoni shaxslararo munosabatlarning shunday koʻrinishidirki,
Uning yordamida odamlar bir-birlari bilan oʻzaro ruhiy jihatdan aloqaga kirishadilar, oʻzaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta‘sir oʻtkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar.Shuning uchun, muloqot ijtimoiy psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining moddiy, ma‘naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bogʻliq boʻlib, shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson gʻoyalarini anglatadi.
Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakterxislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e‘tiqodi kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon boʻlishi, rivojlanishi hisoblanadi. Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuygʻulari, koʻnikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta‘sir oʻtkazish uslubi tarkib topishi mumkin.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, munosabatga kirishish oʻquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqaodamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi. Odamlar oʻrtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida gʻayritabiiy ijtimoiy holat yoki hodisaga ongli tayanish, oʻzini oʻzi mukammallashtirish, oʻzini oʻzi roʻyobga chiqarish, oʻzinioʻzi boshqarish, oʻzini oʻzi baholash, oʻziga oʻzi buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning uchun, ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich egallab borish boʻlgʻusi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi – bu oʻzini oʻzi ortiqcha yoki past baholash tufayli oʻziga va uni qurshab turgan odamlarga notoʻgʻri munosabatdir. Biroq, buning oldini olish imkoniyatlari mavjud boʻlib, asosan quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
- hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha a‘zolari oʻrtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional
muhitni taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
- muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a‘zoning qulay pozitsiyasini
ta‘minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
- insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari toʻgʻrisidagi
axborotni egallashga oid maxsus mashgʻulotlarni uyushtirish.
- shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga moʻljallangan
ishbilarmonlik oʻyinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |