Jahon jurnalistikasi nazariyasi,
amaliyoti va tarixi
kafedrasining mudiri dotsent B.Do‘sqorayev
Guruh rahbari N.Toshpo‘latova
15-MAVZU. Sohada davlat tilida ish yuritish masalalari. Tаshkiliy hujjatlar.
Ma'lumot-axborot hujjatlarining turlari. Ma'lumot-axborot hujjatlarini yuritish tartibi va qo‘llash xususiyatlari.
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH.
Mamlakatimizda hujjatlarni davlat tilida rasmiylashtirish, ish yuritishni o‘zbek tilida olib borish masalasi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, ish yuritish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilgan, me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Xususan, 1999-yil 29-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi 140-qarori, Bosh vazir tomonidan 2009-yil 30-avgustda tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish tartibi”, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-“Litsenziyalar blankalarini tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi, 2000-yil 25-iyuldagi 283-“Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalari va boshqa markaziy muassasalari apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha Namunaviy yo‘riqnoma (O‘zR VM 29.03.1999-y. 140-sonli qarorining 2-ilovasi) shular jumlasidandir.
Har ishning oʻz tartib-taomili bor. Masalan, biror yumush bilan qaysidir tashkilot, muassasa, korxona yoki idoraga murojaat qilish uchun maʼlum namunadagi hujjatni toʻldirishingizga toʻgʻri keladi. Undan keyingi bosqichda ariza, tilxat, maʼlumotnoma, dalolatnoma, ishonchnoma kabi hujjatlardan zarurini topshirishingiz talab etilishi mumkin.
Ish faoliyatingizda ham xuddi shunday jarayonlarga kun-kunora duch kelasiz. Biror masalada rahbarga murojaat qilmoqchi boʻlsangiz, bildirishnoma, kamchilikka yoʻl qoʻysangiz, tushuntirish xati, mehnatingiz sarhisobi soʻralsa, hisobot yozishingiz lozim.
Ammo bunday vaziyatda koʻpchilik oynavand burchaklarga osib qoʻyilgan namunalarni qidirib qolishadi. Eng yomoni esa davlat tilida ish yuritish holati turli tashkilotlarda turlicha. Chunki bu boʻyicha yagona qoʻllanma yoʻq, bori ham 30 yil avval yaratilgan edi.
Hech kimga sir emas, yaqin oʻtmishimizda barmoq bilan sanarli hujjatlargina oʻzbek tilida yozilgan. Ammo, afsuski, ularni sof oʻzbekcha deb atash ancha qiyin. Rus tilidan andoza olib qurilgan jumlalardan iborat hujjatlar amalda boʻlsa, davlat tilining nufuzini oshirish haqida gapirishning oʻzi nooʻrin. 2019-yil 21 kuni Prezidentimizning «Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ayni shu omillarni inobatga olgan holda qabul qilingani, shubhasiz. Koʻp oʻtmay mazkur hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, hokimliklar tuzilmalarida rahbarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Qisqa qilib aytganda amaliy ishlar boshlangan. Davlat tilini rivojlantirish departamenti bu bordagi ezgu saʼy-harakatlarga bosh-qosh.
Xoʻsh, davlat tilida ish yuritilishini taʼminlash uchun birinchi navbatda nima zarur? Eng avvalo, qoʻllanma! Ana shulardan eng muhimi bugun keng ommaga taqdim etildi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashabbusi bilan yaratilgan “Davlat tilida ish yuritish” nomli mazkur yangi qoʻllanmada ish yuritish faoliyatida eng koʻp foydalaniladigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari tegishli namunalar bilan berilgan. Oʻz navbatida, kitobdan ish yuritishga oid lugʻat oʻrin olgan.
Qoʻllanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbarlari va xodimlari, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referantlar, kadr xizmati xodimlariga moʻljallangan. Shuningdek, undan hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |