O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2021


-MAVZU: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi



Download 11,9 Mb.
bet26/107
Sana29.04.2022
Hajmi11,9 Mb.
#594282
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Bog'liq
СОХА УМК 2022 110222132021

10-MAVZU: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi.
Sohaviy terminlarni qo‘llash xususiyatlari. Sohaviy terminlarning yasalishi. Sohaga oid qisqartmalar. Soha lug‘atlari.

Ilmiy uslub ilmiy tadqiqotlar uslubidir. Bu uslub fan, texnika sohasida yaratilgan asarlarda qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra u bir necha xilga bo‘linadi: ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ommabop, ilmiy-o‘quv, ilmiypublitsistik va ilmiy-hujjat uslublari. Ilmiy-texnikaviy uslubda ilmiy maqola, ma'ruza va monografiya, disertatsiya yoziladi. Ilmiy-ommabop uslubda axborot ommabop tarzida ilmiy jihatdan tushuntiriladi. Bunda ma’lumot sof ilmiylikdan biroz soddalashtiriladi. Va liar bir sohaning ilmiy yutuqlari ommaga ma’lum so‘zlar bilan bayon qilinadi. Ilmiyo‘quv uslubida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy maqolalar yoziladi. Ular o‘quvchilar uchun tushunarli so‘zlar bilan ilmiy jihatdan bayon qilinishi kerak.


Ilmiy-publitsistik uslubda ommabop risolalar, ilmiy-ommabop maqolalar yoziladi. Ularda ilmiy terminlar bo‘lishi bilan birga ommaning hissiyotiga ta’sir qiladigan so‘zlar ishlatiladi. Ilmiy-hujjat uslubida ixtiro uchun olinadigan hujjat yoki unga tegishli adabiyotlartasvirlanadi. Bunday hujjatlarda ilmiy axborot
to ‘g‘risida ma'lumot beriladi va u huquqiy jihatdan himoya qilinadi. Ilmiy stihiing har bir turi bir-biridan farq qiladi. Ammo ulami birlashtiradigan umumiy xususiyatlari mavjud. Ular sirasiga boy maTumotlaming keltirilishi, ulaming obyektivligi, aniqligi, fikming qisqa va lo‘nda ifodalanishi xosdir. Shuningdek, ulaming har birida ilmiy-terminologiyaning faol ishlatilishi muliim xususiyat sanaladi. Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu uslubda fikrlar mantiqiy jihatdan aniq, izchil, bir m a’noli bo‘lishi lozim. Ilmiy uslubda fikrlar faqat tushunchalarni aks ettiradi. Bu tushunchalaming ifodasi muhokama, munozara va xulosalar shaklida boiib, ular qat’iy mantiqiy izcliillikka asoslangan boiadi. Bu uslubda mantiqiylik eng asosiy belgi boisa-da, fikr qat’iy dalillanislii kerak. Tahlil ya sintez bir-biridan ajralmagan holda qoilaniladi, biri ikkinchisini keltirib chiqaradi. Shu orqali qonuniyatlar ochiladi. Mana shu qonuniyatlar ochilishi jarayonida tafakkuming umumiy, mavhum bo‘lishi ko‘rinadi. Shu narsani farqlash lozimki, ilmiy uslubda bir tomondan — ilmiy fikrlash xususiyati mavjud, ikkinchi tomondan — uni ilmiy uslubda ifodalash m um kin. Bunda fikr berilayotganda, ya’ni yozilayotganda, uning tadqiqot bosqichi bilan birga shakllantirish masalasi ham hisobga olinadi. Shuning uchun isbotlash usullari, lo‘ndalik darajasi, oddiy tasvir yoki ommalashtirish darajasi nazarda tutiladi. Shundan kelib chiqqan holda, ichki va tashqi nutqni bir xilda baholab bo‘lmaydi. Lekin ular orasida katta farq ham yo‘q. Ular bir-birini to‘ldirib, biri ikkinchisi uchun zamin yaratadi. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, tafakkuming uzil-kesil ifodasi tasliqi nutqda bo‘ladi.
Ilmiy uslubning muhim xususiyati deb shuni ko‘rsatish lozimki, ilmiy bayon umumiy va mavhum bo‘lishiga qaramasdan, mantiqiylik yaqqol sezilib turadi. Bundan ikkinchi xususiyat, ya’ni bu uslubda qo‘llanadigan lisoniy birliklaming ishlatilish darajasi va uslubga xos bo‘yog‘i kelib chiqadi. Ilmiy uslubning tipik bo‘lgan xususiyatlari quyidagicha: 1) terminlaming qo‘llanilishi; 2) bir m a’nolilik; 3) obrazlilikning deyarli bo‘lmasligi; 4) yashirin emotsionallik; 5) bayonning obyektivligi; 6) bayonning quruq va qat'iyligi. Ilmiy uslubda fanning turli sohalariga oid ramziy belgilar, raqamlar, jadvallar, turli chizmalar va rasmlar qo‘llanishi mumkin. Masalan, kimyo fani bo‘yicha turli qisqartmalar va formulalar: Mg — magniy, Cl — xlor, H2O — suv kabilar ishlatiladi.
Ilmiy uslubda emotsionallik va uslubiy bo‘yoqning bo‘lishi fan sohalariga bog‘liq. Adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanlarida bunday xususiyat mavjud. Tabiiy fanlarda bu nisbatan kamroq uchraydi. Masalan, dengiz marjonlari, patsimon bulutlar, somon yo‘li (yulduzlarga nisbatan), vulqon chambaragi, marjon qirg'oq, oy o‘tovi, oq tupnq, qora tuproq, qizil tuproq, sariq tuproq, qush bozorlari, u har yulduz, dumli yulduz, geografik burun kabilar.
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnga asoslanib utaxassisligingizga oid so‘z va terminlarning imlosi yuzasidan oxirgi qabul qilingan o‘zgarishlar haqida ma‘lumot to‘plang.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag’ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida ―O‘zbek tili terminologiyasi‖ nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag’ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi. Shuni qayd etish lozimki, Atamaqo‘m RMTK an‘anasini davom ettirib, ko‘rsatilgan ―Byulletenlarni nashr etishni yo‘lga qo‘ydi. Ta‘kidlash lozimki, Atamaqo‘m keying yillarda o‘zbek tili terminologiyasi tizimlarini barqarorlashtirish va terminlarni har xilligiga chek qo‘yish borasida ancha-muncha ishlarni amalga oshirdi, boshqacha qilib aytganda, respublikamizda terminologiya masalalarini hal etish jonlantirib yuborildi. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e‘lon qilindi. Atamaqo‘m mana shu prinsiplarga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug’atlar seriyasiga chiqara boshladi.
Shuni aytish kerakki, tilda an‘anaviy tarzda qadimdan saqlanib kelayotgan iqtisodiy atamalar bilan zamonaviy iqtisodiy terminlar o‘rtasida juda katta farq bor. Qadimgi iqtisodiy atamalarning miqdori ancha cheklangan bo‘lsa, hozirgi yangi davr, ya‘ni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida iqtisod terminlariga ehtiyoj ortishi munosabati bilan iqtisodiy terminlar beqiyos boyib bormoqda. O‘zbek tilining iqtisodiy terminlarini to‘plash, sistemalashtirish, ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etish va shu asosda bu terminologik tizimni imkon boricha tartibga solish zarurati tug’ildi. Tilning o‘z qatlamiga mansub so‘zlar uning shakllanish davrida qanday narsalar muhim o‘rin tutganini, tilning lug’at tarkibi esa xalq nima to‘g’risida fikr yuritganini ko‘rsatib turadi. Boshqa tillarda bo‘lganidek, o‘zbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lug’aviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Asta-sekin jamiyat taraqqiy eta boshlagani sari, boshqa sohalarda bo‘lganidek, kimyo-texnologiya sohasida ham yangidan-yangi qonuniyatlar kashf etila boshladi, kimyo-texnologiya sohasini o‘rgana boshlashga yo‘l ochildi, pirovardida, hozirgi davrda tom ma‘nodagi kimyo-texnologiya sohasi ro‘yobga chiqdi. Bunday ekstralisoniy omillar kimyo-texnologiya sohasining o‘ziga xos terminologik tizimining qaror topishiga sabab bo‘ldi. Demak, kimyo-texnologiya sohasi terminologiyasi hozirgi holatiga yetib kelgunga qadar bir necha bosqichlarni bosib o‘tdi.
Barcha ilmiy sohalardagi singari, kimyoga oid terminlarda ham old qo‘shimchalari va yasovchi qo‘shimchalar keng qo‘llaniladi. Dastavval, SI xalqaro birliklar sistemasi birliklarining karrali va ulushli qiymatlari uchun qo‘llaniladigan old qo‘shimchalardan boshlaymiz. SI tizimida yettita asosiy birlik mavjud. Bular: massa birligi – kilogramm; uzunlik birligi – metr; vaqt birligi – soniya; modda miqdori birligi – mol; tok kuchi birligi – amper; termodinamik harorat birligi – kelvin; hamda, yorug‘lik kuchi birligi – kandela birliklaridir. Avvaliga, karrali birliklar uchun yunoncha o‘zak qo‘llanishi va birlik belgisi bosh harf bilan yozilishi; va aksincha, ulushli birlik uchun esa o‘zak lotin tilidan olinishi, hamda, belgisi esa shunchaki, kichik harf bilan yozilishi orqali, ularni o‘zaro farqlashga kelishib olingan edi. Lekin, bu g‘oya amalda o‘zini mutlaqo oqlamadi va turli chalkashliklar, tushunmovchiliklarga olib keldi. Natijada, hozirda, quyidagi jadvalda keltirilgan ko‘rinishdagi karrali va ulushli birliklar qoidasi qabul qilingan. Sezish qiyin emaski, ayrim «ulushlar» 10 ga karrali bo‘lsa, yana boshqalari 1000 ga karralidir. (o‘nga karrali ulushlarning ayrimlari Farang inqilobi paytida qabul qilinganligini ham eslatib o‘tamiz).
1991-yilda qabul qilingan old qo‘shimcha nomlarining o‘zi yunoncha yota (Ι, ι) va dzeta (Ζ, ζ) harflari orqali atalsa-da, lekin, ularning qisqartmalari uchun lotin alifbosining so‘ngi ikki harfi (y va z) qabul qilingan.
Mazkur old qo‘shimchalar fanda duch kelish mumkin bo‘lgan aksariyat qiymatlarni belgilash va ko‘rsatish uchun kifoya qiladi. Lekin, ba’zan bu old qo‘shimchalar ham yetarli bo‘lmaydigan favqulodda katta yoki mayda qiymatlar ham uchrab turadi. Xususan, SI ga kirmaydigan yuza birligi bo‘lmish barn birligini yadro reaksiyalarida qo‘llash uchun juda qulaydir. Yadro reaksiyalarida samarali ko‘ndalang kesim yuzasi 10−28 m2 ga teng bo‘ladi. Shu sababli, uni mazkur old qo‘shimchalar orqali ifodalash ancha mushkuldir. Qolaversa, ayrim fizik kattaliklar uchun ba’zi old qo‘shimchalarni qo‘llashdan ma’no yo‘q. Masalan, elementar zaryad 1,602×10−19 Kl ga teng bo‘lgan holda, demak, buning uchun yoktokulon (10−24 Kl) ulushli birligini qo‘llashdan ma’no yo‘q.
Kimyoviy terminlarda ham old qo‘shimchalar talaygina. Quyida ulardan ayrimlari haqida ma’lumot keltiramiz.
Ambi-
Siz, har ikkala qo‘lini birdek ishlata oladigan odamni ambidekstr deyilishidan xabardormisiz? Ambi- old qo‘shimchasi ikki taraflama, yoki, har ikkala tarafi teng kuchli bo‘lgan holatlarda qo‘llanadi. Bu qo‘shimcha lotinchada «har ikkalasi» degan ma’noni beruvchi ambo so‘zidan yasalgan. Kimyoda, mazkur old qo‘shimcha ambident birikmalar tushunchasi orqali tanish. Ambident birikmalar ikkita reaksion markazga ega bo‘ladi.

Download 11,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish