1-topshiriq. Quyida berilgan matndan omonimni aniqlang va ma’nolarini daftaringizga yozing
1. Endigina bargak yozgan tolzordan mayin shamol esdi. Otaxon patnisga bir hovuch bargak, bir siqim mayiz, 5–6 ta yong‘oq qo‘ydi.
2. O‘ng qo‘li bilan asta peshanasidagi terni artdi. Abdurahim pishgan qirmizi olmalarni savatga terdi.
3.Koinot bizga o‘z sirlarini ochmoqda. Boshqa sayyoradan kelgan sirli mehmonlarning kosmik kemasi kumushsimon sir bilan qoplangan edi.
4. Ahmad o‘zga sayyoralik – yot odamlarga termilib qoldi. Ominaxon darslarini tayyorlab bo‘lgach, uyquga yotdi.
2-topshiriq. Paronimlar lug’atidan o‘zingiz ko‘p ishlatadigan paronimlarni topib ularning yozilishi va ma’nosidagi farqlarni eslab qolin
8-MAVZU:Nutq uslublari va ularning xususiyatlari.
Adabiy nutq va uning uslublari. Ilmiy, badiiy, so‘zlashuv, rasmiy-idoraviy, publitsistik uslublar. Uslublarning uslubiy xususiyatlari.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma‘lum soha doirasiga, ma‘lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi.
Ayrim nutq uslubidagina qo‘llaniladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar esa uslubiy betaraf so‘zlardir. Olim na‘matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o‘xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi. Uslubshunoslik uslub, sinonimiya, so‘z, so‘z birikmasi va gapning ana shu qo‘shimcha (modal) ma‘nosini o‘rganadi.
Gapda uslubiy (modal) mazmun maxsus so‘z va iboralar (undalma, kirish so‘z, sinonimlar, frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so‘zlar va h.k.) orqali ifodalanadi. Hamma so‘z, ibora va sintaktik qurilmalar ham ma‘lum bir
nutq uslubini yaratishga xizmat qilavermaydi: qalam, kitob, daraxt va shunga o‘xshash so‘zlar o‘z asl ma‘nosida biror uslubga betaraf so‘zlardir.Ular nutqning
biror turini tashkil etishi uchun ko‘chma ma‘noda qo‘llanishi kerak. Qalami o‘tkir.
Hasratim bir kitob bo‘ladi. Daraxt bir joyda ko‘karadi kabi. Tilimizda barcha uslublarda teng qo‘llanadigan so‘zlar bo‘lishi bilan birga, faqat ayrim nutq uslublari uchun xoslangan so‘zlar ham mavjud.
Nutqning ijtimoiy vazifasiga qarab uslub turlari har xil bo‘ladi: har bir ijtimoiy qatlam, toifaning o‘z nutq uslubi bo‘ladi. Shunga ko‘ra, uslub, avvalo, so‘zlashuv va yozma nutq uslublariga bo‘linadi. Turli sohalarda xizmat qiluvchi kishilar (ziyolilar, ishchilar, qishloq xo‘jalik xodimlari, amaldorlar), ijtimoiy guruhlar (masalan, san‘atkorlar, kosiblar, o‘g`rilar) o‘rtasidagi erkin suhbat orqali uslubiy mazmun ham ifodalanadi.
Har bir hududda yashovchilarning gaplari, suhbatlari, shevalari ham og`zaki nutqqa kiradi. Yozma nutq ma‘lum bir fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga asoslanadi. Yozma nutq adabiy til me‘yorlari asosida tuzilgan rasmiy tildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |