O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2021



Download 11,9 Mb.
bet31/107
Sana29.04.2022
Hajmi11,9 Mb.
#594282
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
СОХА УМК 2022 110222132021

1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnda berilgan ma‘lumotlarni eslab qoling.
Maqola — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:
1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.
2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.
3. Xulosa - mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
2-topshiriq. Taqriz haqidagi ma‘lumotni o`qing. O‘zingiz o‘qiyotgan o`quv qo`llanmalardan biriga taqriz yozing.
Taqriz
Taqriz – adabiy tanqid janri bo‘lib, arab tilida ijobiy baho degan ma‘noni
anglatadi. Yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning
bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning
g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida
ma‘lumot bo‘ladi. Asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan, keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi. Biroq, taqriz matbuotda e‘lon qilinmaydi,rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G.Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy san‘at darajasiga ko‘tardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki ma‘lumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini ko‘taruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida o‘ylashga o‘rgatuvchi uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi. Masalan, kyengaytirilgan annotatsiya tipidagi taqrizda asar haqida bibliografik ma‘lumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maqola taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy o‘ylar) Xarakteridagi taqrizlarda taqrizchi o‘z fikr-tuyg’ularini, asarni o‘qish jarayonida hosil bo‘lgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif o‘z asariga ham taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi, yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi.
O‘zbek adabiyotida taqriz XX asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda taqriz o‘zbek adabiy tanqindchiligining eng muhim janrlaridan bo‘lib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, G’afur G’ulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov, I.Haqqulov va boshqa olimlar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratdilar.
3-topshiriq. Taqriz haqidagi ma‘lumotni o`qing. Biror ilmiy maqolaga taqriz yozing.
Tezis (yun. thesis — qoida, isbot) — I) keng maʼnoda —biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor maʼnoda — asosiy fikr, prinsp; 2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza. 3) Ilmiy asar, maqola, maʼruza va sh.k. dagi asosiy gʻoyalarning qisqa va loʻnda bayoni.

Download 11,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish