O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi” fanidan O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2021


-MAVZU: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari



Download 11,9 Mb.
bet25/107
Sana29.04.2022
Hajmi11,9 Mb.
#594282
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Bog'liq
СОХА УМК 2022 110222132021

9-MAVZU: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari.
Ilmiy uslub va sohaviy terminlar. Sohaga oid terminlarning turlari. Sohaviy leksikada ma'nodoshlik, shakldoshlik, ko‘p ma'nolililik munosabatlarining namoyon bo‘lishi. Ilmiy-ommabop matnlar.

Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog‘liq vazifaviy uslubdir. U o‘z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o‘quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo‘linadi.
Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:

  1. axborotning ob’yektivligi, aniqligi;

  2. nutqning ma’lumotlarga boyligi;

  3. fikrning lo‘nda, qisqa ifodalanishi;

  4. muallif individualligining sezilmasligi;

  5. emotsionallik, obrazlilikning bo‘lmasligi;

  6. atama, chizma, ramz va jadvallarning bo‘lishi;

  7. matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;

  8. adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;

  9. fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo‘lishi;

  10. ellipsis hodisasining bo‘lmasligi (nazarda tutilgan birorta so‘zning tushib qolishi);

  11. turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko‘p ishlatilishi;

  12. otlarni, asosan, birlikda ishlatish;

  13. matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;

  14. maxsus bog‘lash uchun xizmat qiladigan so‘z, so‘z birikmalarining qo‘llanishi.

Ilmiy uslub ilmiy asarlar uslubidir. Til birliklarining fan sohasida, ilmiy bayon jarayonida ishlatilishi mazkur uslubning shakllanishiga asos bo‘ladi. Ilmiy tafakkur fikrlashning o‘ziga xos usuli ekanligi, obektiv borliqni idrok etishda faqatgina dalil va faktlarga tayanish, fikriy izchilik kabi ekstralingvistik omillar ham nutqning ushbu turining shakllanishida, binobarin, nutqiy me’yorning o‘ziga xos turining yuzaga kelishida muhim omil sanaladi.
Ilmiy uslubning janr xususiyatlari ham keng. Monografiya, risola, darslik, o‘quv qo‘llanmasi, o‘quv-metodik qo‘llanma, dastur, ma’ruza matnlari, taqriz va referat singarilar uning ana shu janr ko‘rinishlari hisoblanadi. Garchi ularning har birining bayon usuli va uslubi ma’lum darajada bir-birlaridan farq qilsa-da, til birliklaridan foydalanish me’yoriga ko‘ra umumiylikni tashkil etadi.
Ilmiy uslubga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat:
1. Aniqlik. Har qanday ilmiy bayon, xulosa, shubhasiz, aniqlikni talab qiladi. Shuning uchun bu uslubda so‘zlarni aniq, asosan bir ma’noda qo‘llash, sinonimik qatordagi variantlardan masalaning mohiyatini birmuncha aniq ifoda etadigan variantini tanlash, hech bo‘lmaganda, neytral variantini qo‘llash taqozo etiladi. Terminlarni qo‘llash bu uslubning asosiy xususiyati sanaladi.
2. Obyektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, obektivligiga xizmat qilishi lozim. Ma’lum bo‘ladiki, haqqoniylik, obektivlik nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko‘rish qiyin. Uni vaziyat, suhbatdoshlarning bir-birlarini bilishi va tushunishi kabi ekstralingvistik omillar ham belgilashi mumkin.
3. Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Matnda so‘zlar, gaplar, abzaslar o‘zaro mantiqiy bog‘langan bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham ilmiy matnlar bu izchillikni yuzaga keltiruvchi ma’lumki, ma’lum bo‘ladiki, ta’kidlash lozimki, ta’kidlash o‘rinliki, darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko‘rinadiki, ta’kidlash joizki, xulosa qilib aytganda, xulosa qilganimizda, birgina misol, faqat bugina emas singari ko‘plab bog‘lovchi vazifasini bajaradigan so‘z va birikmalar qo‘llaniladi.
4. Qisqalik. Bu xususiyat aynan ilmiy bayonga xos xususiyatdir. Shuning uchun unda tilning tasviriy imkoniyatlaridan deyarli foydalanilmaydi. Gaplar darak mazmunida bo‘lib, asosan sodda yoyiq holda bo‘ladi. Agar fikr qo‘shma gaplar yordamida ifodalansa, bog‘lovchilarning faol ishlatilishi kuzatiladi.
Ilmiy uslub fonetik jihatdan boshqa uslublardan farqlanib turuvchi yorqin belgilarga ega emas. Leksikasida esa farq qiluvchi jihat sohaviy atamalarning ko‘pligi hisoblanadi. Bu uslubda ham, xuddi rasmiy uslubda bo‘lgani kabi, so‘zlarni ko‘chma ma’nolarda qo‘llash, tasviriy vositalardan unumli foydalanish xos xususiyat sanalmaydi. Subektiv emosionallik, obrazlilik, og‘zaki nutq elementlari, umuman g‘ayri adabiy unsurlar kam ishlatiladi. Mumkin qadar bayon bir xil me’yorda ifoda etiladi.
Ilmiy uslubda faqat adabiy tilda me’yor sifatida e’tirof etilgan grammatik ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. So‘z turkumlaridan ot faol, ko‘pincha takror qo‘llanadi. Subektiv baho shakllari xos emas. –lar ko‘plikdan boshqa semantik-uslubiy ma’nolarni ifodalamasa-da, atama hosil qilishda ishtirok etadi. Umumiy egalik ustun turadi, I-II shaxs qo‘shimchalari ishlatilmaydi, III shaxs shakli faol. Undov va taqlid so‘zlar ham bu uslubga xos emas. Yuklamalarning esa imkoniyati chegaralangan.
Ilmiy nutq uchun deyiladi, aytiladi, yoritiladi, bayon qilinadi, aniqlanadi, tekshiriladi, foydalaniladi, ta’riflanadi singari xoslangan fe’llar mavjud. Fe’lning majhul daraja shakli ham bu uslub uchun xos. Ammo hozirgi-kelasi zamon shaklidan tashqari xarakterli zamon ko‘rsatkichi yo‘q. Kishilik olmoshlari kam qo‘llaniladi. Bu gap faqat muallif va men ma’nolarida qo‘llaniladigan hamda kamtarlik ma’nosini ifodalaydigan biz olmoshiga tegishli emas.
Ilmiy uslubilda demak, xullas, darhaqiqat, haqiqatan, shubhasiz, albatta, darvoqye, masalan, jumladan, ayniqsa, xususan, aksincha, afsuski singari modal so‘zlar va modal ma’no anglatuvchi boshqa birliklar keng qыllaniladi.
Shu tarzda ilmiy uslubning ammo, lekin kabi o‘z bog‘lovchilari, bilan, uchun, kabi, singari, haqida, to‘g‘risida, tufayli, sababli, doir, oid, binoan, tashqari, qaraganda, asosan, muvofiq, qadar singari ko‘makchilari borligini ham qayd qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ilmiy uslubda bayon etilayotgan matnning sintaktik qurilishi fikriy tugallikka, mantiqiy izchillikka xizmat qiladi hamda bayonning tabiatidan kelib chiqib, bir tarkibli gaplarning shaxssiz, shaxsi umumlashgan turlari faol. Undov, atov gaplar qo‘llanilmaydi, nutq monologik xarakterda bo‘ladi. Rasmiy uslubdagiga o‘xshab gap tuzilishining odatdagi tartibi qo‘llaniladi. Qo‘shma gap faol ishlatiladi. Darak gap asosiy mavqyeni egallaydi, so‘roq va buyruq gaplar deyarli qo‘llanilmaydi.
Respublikamiz o‘z mustaqilligiga, ona tilimiz esa Davlat tili maqomiga erishgan bugungi kunda turli fanlar, jumladan, o‘zbek tilshunosligi oldida yangidan-yangi vazifalar ko‘nd alang bo‘lmoqda.Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik tub o‘zgarishlar davrida yangi-yangi fanlar va tushunchalar yuzaga kelmoqda. Jumladan, o‘zbek tilida ham yangi terminlar paydo bo‘lmoqda, ilgaridan ishlatib kelingan qator leksemalar yangi ma’nolar kasb etmoqda. Shu boisdan leksikologiya, xususan, terminologiya oldida qator muhim masalalarni yechish vazifasi turibdi.
So‘nggi yillarda va bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy masalalarini yanada chuqurroq o‘rganish, terminlar yaratish va ularni qo‘llashni til qonuniyatlari asosida tartibga solish davlat ahamiyatiga molik muammoga aylandi. Shuning uchun ona tilimizning turli terminologik tizimlarini yanada teranroq tadqiq etish, ularni terminologiyaning xilma-xil masalalari bo‘yicha atroflicha tadqiq qilish, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Qayd etish lozimki, o‘zbek tilshunosligida yuzlab olimlarning monografiya, dissertatsiya va lug‘atlari, ko‘plab maqolalari yuzaga kelgan. Shunga qaramay, yana qator terminologik tizimlar o‘z tadqiqotchilarini kutmoqda. O‘zbek tilining kimyo-texnologiya terminologiyasi tizimi o‘zining to‘liq ifodasini topa olgani yo‘q.
Yangi terminlar ichida kimyo-texnologiya bo‘yicha terminologik tizim ham o‘ziga xos o‘rinni egallab kelmoqda. Shu boisdan fan va texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida bu terminlarni ham tilshunoslik nuqtai nazardan tadqiq yetish muhim ahamiyat kasb yetadi. Amaliy, ayniqsa, nazariy masalalarni hal etish uchun kimyo-texnologiya terminlar tizimini, ularning yasalish qonunlarini, shakllanish manbalarini, umumtilda qo‘llanish doirasini, mazkur tizimda ro‘y berayotgan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash kabi qator masalalarini o‘rganish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Hozirda o‘zbek tilida qo‘llanib kelinayotgan soha terminlarni to‘plash va sistemalashtirish ham juda dolzarbdir..
Hozirgi bosqichda, yangi ilmiy-texnik inqilob davrida ishlab chiqarish, fan va texnikaning barcha sohalarida yangidan-yangi narsa, predmetlar va tushunchalar paydo bo‘la boshladi. Bu hol til lug‘at tarkibining salmoqli ravishda boyishiga olib kelmoqda. Binobarin, termin muammosi hozirgi leksikologiyaning, asosiy masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Alohida ta’kidlash lozimki, termin hamda terminologiyaning u yoki bu masalasini hal yetish nafaqat ishlab chiqarish, fan va texnikaning tegishli sohalari uchun yemas, balki tilshunoslik uchun ham katta ahamiyatga egadir.
“Termin” tushunchasiga yuklangan mazmun quyidagicha belgilarga asoslanadiki, bular terminlarni umumiste’moldagi so‘zdan farqlash uchun yetarli:
1) termin-umumadabiy tilning maxsus vazifa bajaruvchi bir turi bo‘lmish ishlab chiqarish, fan va texnika tiliga mansub lisoniy birlik, bir so‘z yoki birikmadir;
2) termin-konkret narsa-predmet, ashyo, mavhum tushunchalarning maxsuslashtirilgan nomidir;
3) termin uchun muayyan ta’rif zaruriydirki, uning yordamida tegishli.
tushuncha mazmunini aniqroq ifodalash, tushunchaning birini ikkinchisidan chegaralab ajratish imkonini beruvchi, ayni mahalda ma’lum tushunchani muayyan tasnifiy qatorga joylashtirishga yo‘l qo‘yuvchi, farqlovchi belgilarini ravshanroq ko‘rsatish mumkin.
Demak, terminologiya muayyan fanning tushunchalar tizimi bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan terminlar jami sifatida ta’riflanadi. Har qanday tushunchalar tizimiga muayyan terminlar tizimi to‘g‘ri keladi. Terminologik tizimlar fan taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanib boradi. Terminlar umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda joriy qilinib ularning qo‘llanishi ma’lum darajada nazorat ostida bo‘ladi.
Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshladi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilgan.


Download 11,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish