10-mavzu: Hujjatlarni yaratish va yozish. Hujjatchilik tarixi. Hujjatchilik va ish yuritish. Hujjatlarning tili va uslubi. Ularning turlari, tuzilishi va eng muhim tarkibiy qismlari. Hujjatlarni toʻg‘ri yozish va toʻldirish. Iqtisodiy hujjatlarni toʻg‘ri va savodli tuza olish.
11-mavzu:Ish yuritish va uslub. Oʻzbek tilining funksional uslublari. Soʻzlashuv va badiiy uslub. Uslublarning oʻzaro farqlanishi. Uslublarning oʻziga xos xususiyatlari. Vizual axborotlar.
12-mavzu:. Ish yuritish va uslub. Oʻzbek tilining funksional uslublari. Publisistik, ilmiy va rasmiy uslublar. Uslublarning oʻzaro farqlanishi. Uslublarning oʻziga xos xususiyatlari. Manbalarni moslash.
13-mavzu: So‘z va termin. Terminalogiya fani va uning rivojlanish. Terminalogiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Terminlar va ularning o‘rganish masalasi.
14-mavzu: Ixtisoslik terminlari va ularning til xususiyatlari. Terminlar ustida ishlash.
15-mavzu: Esse va taqriz. Maqola va prez-reliz yozish. Esse va uning tuzilishi. Sabab va oqibat. Bog‘lanish. Qiyoslash. Mavzular boʻyicha tadqiqotlar. Taqriz va uning tuzilishi. Taqriz yozish. Maqola va uning tuzilishi. Maqola va uning turlari. Prez-relizlar.
III. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o'tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interfaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari darslik, o‘quv qo‘llanmalari, tarqatma materiallardan foydalanish nazarda tutilgan.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Tavsiya etiladigan mavzular. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
“O‘zbek tilini sohada qo‘llanilishi” fanining mazmuni va vazifalari.
O‘zbek tilining imlo qoidalari
O‘zbek adabiy tili me’yorlari
Yozma muloqot
Og’zaki muloqot turlari
Sohaga oid muhokama turlari
Muloqot texnikasi va texnologiyasi
Jamoa o‘rtasidagi muloqot
Etiket va uning xususiyatlari
Mutaxassislikka oid so‘z va terminlarning imlosi
Sohaga oid terminlarning yasalishi
Matn yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari
Matn tahlili va tahriri
Hujjatlarni yaratish va yozish
Sohga oid matnlar yaratish
Esse va taqriz. Maqola va prez-reliz yozish.
Diplomatik uslub
Ish yuritish qog’ozlarining turlari va uni yaratish
O’zbek tili uslublari
Mustaqil o'zlashtiriladigan mavzular bo'yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan mavzuning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi ish shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi:
referat, ilmiy axborotlar tayyorlash, kartotekalar yaratish, ish hujjatlaridan namunalar tayyorlash, slayd materiallari, ishlanmalar yaratish, sohaviy matnlarni tahlil qilish.