O’z-o’zingizni rivojlantirish ustidaishlang
Shaxsiy o’sish va biror-bir narsaga erishish uchun sobitqadam bo’ling. Atrofingizni o’zingizdan ko’ra ko’proq biladigan va kattaroq muvaffaqiyatlarga erishgan odamlar bilan qurshab oling hamda ulardan bilmaganlaringizni o’rganing. O’zingiz ishonadigan va ko’mak berishi mumkin bo’lgan yo’l boshlovchilardan ko’mak guruhi tashkil qiling. Bir- biringizga yordam bering, bir-biringizdagi tajribadan hamda tegishli adabiyotlardan o’rganing va bir-biringizning erishgan muvaffaqiyatlaringizdanquvoning.
3. Yo’l boshlovchilikka o’rganing
O’z qalbingizni, imkoniyatlarinigizni va mablag’laringizni doimiy o’qish va o’rganishga yo’naltiring. Biror-bir yangi narsani o’rganishingiz bilan, darhol uni boshqalar bilan o’rtoqlashing. Chunki agarda birovlarni o’z o’rgangan narsangizga o’rgatishni uddalasangiz, o’zingiz ham ko’plab yangi narsalarni bilib olasiz. Yo’l boshlovchi sifatidagi ko’proq vaqtingizni muomala madaniyatiga va insonlar bilan ishlashgabag’ishlang.
Boy bo’lmoq uchun nima qilmoq kerak?
O’z orzuingizni aniqlang va toping, so’ngra uni hayotga tadbiq qiling. Bilimni va xunarni puxta va har tomonlama egallang, unga sayqal bering – xuddi shu amal Sizga moliyaviy mustaqillikka erishishni ta’minlab beradi. Hech kimga va hech qachon o’z orzularingizga erisha olmasligingiz haqida gapirishga yo’l qo’ymang. Eng avvalo boylik yaratishning shaxsiy rejasini tuzib oling va uni amalga oshirishni shu bugundan boshlang. Hamma fikr va rejalaringizni qog’ozga tushiring – bu Sizga ishingiz qanday ketayotganini ertaga, indinga va undan keyin tekshirib turish imkonini beradi. Har kuni, “Men o’z taqdirimga o’zim javob beraman!” – deb doimo mashq qilibturing.
Ma’ruzamiz so’ngida quyidagi hikmatli so’zlarni e’tiboringizga havola etishni ma’qulko’rdik:
«Insonni butun hayvonlardan yuqori qo’ygan, uni dunyoning butun sirlaridanvoqifetganto’rtnarsabudir:hikmat,aql,qanoatvaadolat. Ilm tahsil etmoq, savod chiqarmoq va har narsani atroflicha tushuna bilmoq – hikmatga; tadbir, sabr, nazokat, marhamat – aqlga; hayo, olijanoblik, o’zini qo’lga olmoq va o’zining haq-huquqini bilmoq – qanoatga; to’g’rilik, va’daga vafo, ezgu ishlar qilmoq va yaxshi hosiyatli bo’lmoq – adolatga tegishlidir. Bu sifatlarning barisi bir odamda mujassam bo’lsa, dunyodagi eng buyuk mavqe ham uni gangitib quymaydi. Eng katta kulfat ham uni sarosimaga sola olmaydi. Bunday odam atrofida o’zini quvontirmaydigan narsalarning borligidan g’am emaydi, o’zida mavjud narsalardan mahrum bo’lsa, ranjimaydi. Boshiga falokat kelsa, o’zini yo’qotib qo’ymaydi. Hikmat – bitmas-tuganmas hazinadir. Xarjlaganing bilan kamaymaydi, asraganing bilan unga nuqson etmaydi. Hikmat shunday liboski, kiyganing bilaneskirmaydi»
«Kalila va Dimna» dan
Do'stlaringiz bilan baham: |