INSON ODOBI BILAN
SIFAT VA UNING DARAJALARI. SIFATNING OTLASHISHI
INSON ODOBI BILAN
Bolajonlik – xalqimizga xos azaliy odat. Oilada farzand tug‘ilishi ota-onalarga ham, qarindosh-urug’ va yaqin kishilarga ham zo’r quvonch baxsh etadi. Yangi “mehmon” sharafiga boshlangan xursandchilik ancha kungacha davom etadi. Kelgan kishilar uy egalarini yangi “mehmon” bilan qutlab, “Katta bo‘lsin”, “Baxtini ko‘ring”, “Aqlli-xushlikkina bo‘lsin” degan yaxshi istaklar bilsdirishadi.
Ota-ona farzandiga yaxshi niyat bilan ism qo’yadi, shu kundan uning kelajagi, baxtini o’ylaydi. Farzandni ahloq-odobga o‘rgatish, o‘qitish, kattaroq bo’lganda biror kasb-hunar egasi bo‘lishga g’amxo‘rlik qilish ota-onaning burchidir.
Bolani kasb-hunarga o’rgatishda qadimdan “ota kasb – ona rasm” naqliga qattiq rioya qilingan. Shunga ko‘ra o‘g‘il bola bolalik chog‘idanoq ota yonida dastyorlikka o‘rgatiladi, ota hunarini egallagan, qiz bola esa ona rasmini tutgan…
SALOM VA ALIK
Odobning boshi salomdan boshlanadi. Siz erta turib, bobo-yu buvingizga albatta salom berasiz. Ota-onangizni salom bilan qarshilaysiz. Amma-yu xolangiz, tog‘a-yu amakingizni ham. Kichik uka-singillaringiz o’z navbatida sizga salom berishadi. Bog‘chada, maktabda, ko‘cha-kuyda, jamoat harakatida kattalarga u tanish-begona demay, salom berasiz. Tog’ri qilasiz, “salom-Xudoning qarzi”, deydi keksalar. Salom insoniylikning ham boshi. Hatto siz yaxshi bilgan ertakda ham yalmog‘iz kampirday fe’li buzuq salom bergan qizchaga, “gar saloming bo‘lmaganda ikki yamlab, bir yutardim”, deydi. “Salom” kalomi uchun uni kechiradi.
Salomlashish – qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o’zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlashadi.
Biz, o’zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko‘rganimizda “assalomu alaykum” deya qo‘l olishib ko‘rishamiz. “Assalomu alaykum” iborasi arabcha “sizga tinchlik tilayman” degan ma’noni bildiradi. “Vaalaykum assalom” esa “sizga ham tinchlik tilayman” javob salom sanaladi.
Salomlashish odati yosh va marosim bilan ham bog‘liqdir. Masalan, keksa odamlar bir-birlari bilan ikki qo‘llab ko‘rishishadi. Uzoq vaqt bir-birlarini ko‘rmagan qadrdonlar quchoqlashib, so‘ng qo‘l olishib, hol-ahvol so‘rashadilar. Keksalar quchoqlashganda bir-birlari kiftlarini, kurak va yelkalarini silab-siypab, uqalaydilar ham. Bu ayni paytda uzoq yo‘l yurib toliqqan yo‘lovchi mehmonlarga o‘ziga hos tibbiy jismoniy tarbiya hamdir. Akademik shoirimiz G‘ofur G‘ulomning sharhlaricha, qadimda odamlar qabila-qabila bo’lib yashashgan, aksariyat hollarda bir-birlariga raqobatda bo’lgan guruhlarning vakillari, “mana qo‘limda qurolim (bolta, pichoq, tosh) yo‘q, qo‘lim ham, ko‘ksim ham ochiq” mazmunida qo‘l olib ko‘rishishgan. Shu bilan o’zaro tinchlik, omonlik tilashgan.
Topshiriq
-
Matnlarni o‘qing va milliy madaniyat haqida o‘z fikringizni bayon qiling.
-
Matnlarga so‘roq mazmunida reja tuzing va reja asosida so’zlab bering.
-
Matnlardan so’z turkumiga oid so‘zlarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |