Otlarda kelishik kategoriyasi
Ot yoki otlashgan so‘zning boshqa bir so‘zga tobeligini ifodalaydigan grammatik
shakllar sistemasi kelishik kategoriyasi deyiladi. Otlarning kelishik qo‘shimchalarini olib
o‘zgarishi turlanish deyiladi, kelishik qo‘shimchalari esa turlovchi qo‘shimchalar
hisoblanadi. O‘zbek tilida 6 ta kelishik mavjud bo‘lib, ularning nomi, qo‘shimchalari va
so‘roqlari quyidagi jadvalda berilgan:
№
Kelishiklar
nomi
Qo‘shimchasi
So‘roqlari
Kelishik
shaklidagi
otlar
1.
Bosh kelshik
----
kim?
nima?
qaer?
Oybek, kitob,
xayol,
universitet
2.
Qaratqich kelishigi
--ning
kimning?
nimaning?
qaerning?
Oybekning,
kitobning,
xayolning,
universitetning
3.
Tushum yelishigi
kelishigi
--ni
kimni?
nimani?
nimani?
qaerni?
Oybekni,
kitobni,
xayolni,
universitetni
4.
Jo‘nalish kelishigi
--ga (-ka, -qa)
kimga?
nimaga?
nimani?
qaerga?
Oybekka,
kitobga,
xayolga,
universitetga
5.
O‘rin-payt
kelishigi
--da
kimda?
nimada?
nimada?
qaerda?
Oybekda,
kitobda,
xayolda,
universitetda
6.
Chiqish kelishigi
--dan
kimdan?
nimadan?
qaerdan?
Oybekdan,
kitobdan,
xayoldan,
universitetdan
Otning sintaktik vazifasi uning qaysi kelishik qo‘shimchasini olib kelishiga qarab
belgilanadi. Masalan, bosh kelishikdagi so‘z gapda ega, kesim, undalma, vazifasida,
qaratqich kelishigidagi otlar qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi.
Bosh kelishik
Bosh kelishikdagi so‘z kim? nima? qaer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Bu
kelishikni ifodalaydigan maxsus qo‘shimcha yo‘q. Bosh kelishik shaklidagi ot gapda ega,
kesim, izohlovchi, sifatlovchi, undalma va atov gap vazifasida keladi.
Qaratqich kelishigi
Biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashliligini
anglatadi. Qaratqich kelishigining morfologik ko‘rsatkichi –ning bo‘lib, she’riyatda -n yoki
–im shaklida ham qo‘llanadi: Birovning ko‘nglini chog‘ qilishning eng yaxshi usuli – uning
so‘zlariga quloq tutish (J.Louell). Bu quyosh o‘lkasin otashin sasi, O‘zbek diyorining
saratoni bu (A.Oripov). Yerda qolgan, o, tanim manim, O‘zbekiston, Vatanim manim!
(A.Oripov)
11
Jonli nutqda esa tushum kelishigi qo‘shimchasiga omonim bo‘lib keladi: -- Siz
kimni zurriyotini bozorga olib chiqqanligingizni bilyapsizmi? Kimsan, Mirzaboyni
zurriyoti! (T. Murod)
Bunday holatni –n shaklida ham kuzatish mumkin:
Har bolam ufurgan nafasin atri
She’rimning eng yetuk, eng yaxshi satri ( G‘.G‘ulom)
Umid uzgil, deding, oshiq, muhabbat rishtasin uzgum,
Uzurman, deb azob etding, azobing ichra men borman (A.Oripov)
Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi men, sen olmoshlariga –ing shaklida qo‘shiladi:
men+ing, sen+ing.
Qaratqich kelishigi qo‘llanishiga ko‘ra belgili yoki belgisiz bo‘ladi. Belgili
Do'stlaringiz bilan baham: |