Arxaiklashish hodisasining
grammatik
birliklarda uchrashi
Arхaiklashgan grammatik formalar
Fonetik-grammatik arxaizmlar
№15 TARQATMA
Arхaiklashgan grammatik formalar
Arxaiklashish hodisasi tilning grammatik birliklarida, xususan,affiksal morfemalarda va shu morfemalar ishtirokida shakllangan grammatik formalarda ham uchraydi. Masalan: fe’lning sifatdosh shakllari qadimgi turkiy tilda “-mish” va “mыsh”(Tangrida bomыsh turk Bilga qag`an. – “Tangridan bo`lgan turk Bilga xoqon”), “-duq” va “-dűk”, “-tuq” va “-tűk” (barduq yerda – “borgan yerda”, boltuqda – “borganda”) morfemalari vositasida yasalgan, hozir esa bu funksiyada, asosan, “-gan” affiksi qo`llanadi(bo`lgan, borgan kabi), “-duq” va”-dűk” , “-tuq” va “-tűk” morfemalari esa grammatik (affiksal) arxaizmga aylangan.
Fonetik-grammatik arxaizmlar
Ba’zi morfemalar hozirgi tilda bor bo`lsa-da, ularning talaffuzi eskirgan bo`ladi: “Yana bir Mahmud barlos edi. Navondokliq barloslardindur. Sulton Abusaid Mirzo qoshida ham bek edi. Sulton Abusaid Mirzog`a Iroq viloyati musaxxar bo`lg`onda Kirmonni Mahmud barlosg`a berib edi…” (“Boburnoma”dan). Bu gapda qo`llangan “-din”, “-dur” , “-g`a”, “-g`on” morfemalari hozirgi “-dan”, “-dir”, “-ga”, “-gan” morfemalarining eskirgan talaffuz variantlaridir, bunday variantlar tilshunoslikda fonetik-grammatik arxaizmlar deb ham yiritiladi.
№16 TARQATMA
5.16. O‘zbek tili leksikasida yangilanish jarayoni : neologizmlar, ularning turlari
Individual nutq neologizmlari
Leksik neologizmlar
№17 TARQATMA
Leksik noelogizmlar tilda yangi paydo bo`lgan va yangilik bo`yog`ini yo`qotmagan so`zlar: internet, marketing, litsenziya va b. Bunday neologizmlar til iхtiyoriga o‘tgan lug‘aviy birliklar bo‘lganligidan, umumtil neologizmlari sanaladi.
Individual nutq neologizmlari. Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo`ladi, bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Masalan:”Bek akang ko`rinmay qoldi-ku? dedi Kesakpolvon labiga sigaret qistirib.Humkalla cho`ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi…” (T.M.). Bu gapda yoqqich so`zi ruscha zajigalka so`zining kalkasi tarzida qo`llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o`zi yasagan va o`zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi bo`lib ishlatgan. Y n a m i s o l: “Yulduz boshini stolga qo‘yib uхlamoqchi bo‘lgan Oksananing belidan quchoqlab o‘rnidan tirg‘azdi-da, sudrab devorga taqab qo‘yilgan oromkursiga yotqizdi” (Nuriddin Ismoilov. Mafiya sardori).Bu gapda oromkursi so‘zi ruscha kreslo o‘zlashmasining sinonimi sifat
ida asar muallifi tomonidan yasalgan, ammo u ham yoqqich so‘zi kabi hozircha umumtil noelogizmi darajasiga ko`tarilmagan, chunki ularning har ikkisi nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o`tmagan.
Ba’zan ancha ilgari yaratilgan individual nutq neologizmlari ham umumnutq neologizmiga aylanmay qolib ketadi. Buni atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho`lpon tomonidan o`z vaqtida yasalgan ozitqi so`zi misolida yaqqol ko`rsa bo`ladi: “…Har bir ona suti og`zidan ketmagan tentak gimnazistni bir “ozitqi” deb bilardi”. Abdulhamid Cho`lpon bu gapdagi ozitqi so`zini achitqi, qichitqi tipidagi yasalmalar modeliga (qolipiga) suyanib yasagan va uni “ yo`ldan ozdiruvchi” (ruscha “ soblaznitel” ) ma’nosida qo`llagan. Bu nutqiy parchada ozitqi so`zining yangi lisoniy-badiiy topildiq sifatida alohida estetik qimmat kasb etganligi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |