Mashq va topshiriqlar
mashq. Gaplami uslubiy shakliga ko‘ra gumhlarga ajratib ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga nutq uslubiga xos so‘z yoki fe’l shaklini qo‘ying.
Men bu gapni faqat tarjima vajidan aytayotgan... yo‘q. Yozuvchi o ‘z ona tihsi ustiga o ‘z zamonasining boy, madaniy tilini bilmasdan qanot bog‘lamaydi. Buning misolini adabiyotimiz tarixida, hozirgi adabiyotimizda ... ko‘rishi... mumkin. (A.Q.) 2. Bulardan birinchi..., nutq madaniyati sohasining vazifasi til va nutqdagi nuqson va kamchiliklami aniq..., to‘p..., uni o'rgan... va bartaraf etishdan iborat..., deyilgan nuqtayi nazar. 3. O‘sha «masalang» o‘rniga tushsa, dashnom...ga qalqon bo'lishi, lovilla... asablarga suv purkab, seni ortiqcha dilsiyohliklar... asrashi ham mumkin! (O‘.Usmonov). 4. Men, Rasulov Anvar, «Eng yaxshi kitobxon» ko‘rik-tanlovini o'tkazish... litseyimiz kutubxonasidan 10 (o‘n) ta badiiy kitob ol... . 5. Axir, talaba jamiyatning oldi qatlami sanaladi.... Shuni... kerakda, «o‘qib uqmasa bekor»....
mashq. Tagiga chizilgan so‘zlarga asoslanib, so‘zlovchining hududiy mansubligini aniqlang. 1. Oka, unaqa vaqtim yo‘q, – dedi shofyor. – Nochorlikdan chiqovuz-de. (Sh. Xolmirzayev) 2. Bundan kattakaniyam bor. Apasiyam bor.(Sh. Xolmirzayev) 3. Bugun Aravonda katta uloq, deng, ashaqqa borish kerak. Endiyla jo‘naymiz, deb turuvdik. (Tohir Malik) 4. Ertaga biznikiga nonushta qilsak. (Said Ahmad) 5. Bunday chikin polvonni yana qaytib davraga yonoshtirmaslik kerak! (Tog‘ay Murod)
3-mashq. Og’zaki uslubda o’z shevangiz bo’yicha dialog yozing.
Topshiriq: 1. “Tabiat va inson” mavzuida ilmiy nutq yozing.
2. “Ekologik muammolar” bo‘yicha “Klaster” tuzing.
“TUSHUNCHALAR TAHLILI”
Ilmiy uslub
Badiiy uslub
So‘zlashuv uslubi
Ommabop uslub
Rasmiy-idoraviy uslub
MISOL KELTIRING:
Ilmiy uslub
Badiiy uslub
So‘zlashuv uslubi
Ommabop uslub
Rasmiy-idoraviy uslub
TESTLAR
1. So‘zlashuv uslubiga xos so‘z qo‘llangan qatorni aniqlang.
A) Eshikdan ko‘zoynak taqqan Xayri xola ko‘rindi.
B) Bizni tabriklab qo‘ying, onajon, rahbar bo‘ldik.
C) Traktorni tomorqamga oborib ishlayapmanmi, olifta-quruq!
D) Ular boshlarini ko‘tarib, suyukli muallimni tabassum bilan qarshiladilar.
2. Qaysi javobda publitsistik uslubga to‘g‘ri ta’rif berilgan?
A) voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali ifodalash usuli
B) ommaviy axborot vositalari uslubi
C) ish yuritish qog‘ozlari uslubi
D) atamalarga tayanib fikrni aniq va ixcham shaklda bayon qiluvchi uslub
3. Quyida keltirilgan gap qaysi uslubga xos?
Ariqlarda suvlar qaymoq bog‘lagan.
A) so‘zlashuv uslubi
B) badiiy uslub
C) rasmiy uslub
D) publitsistik uslub
4. Yotoqxonada yashovchi talabalar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan
taqdirda yotoqxonadan chiqariladi.
Ushbu gap qaysi uslub namunasi?
A) so‘zlashuv uslubi
B) badiiy uslub
C) rasmiy uslub
D) publitsistik uslub
5. Uydan ketganimga o‘n yil bo‘libdi,
O‘n yil qishlog‘imdan yuribman uzoq,
Men yurgan yo‘llarda o‘tlar unibdi,
Ko‘milib bo‘libdi men kezgan so‘qmoq. (A.Oripov)
Yuqorida berilgan parcha qaysi uslub namunasi ekanligini aniqlang.
A) so‘zlashuv uslubi
B) badiiy uslub
C) rasmiy uslub
D) publitsistik uslub
6. Oliy Majlis yig‘inlarida, turli anjumanlarda qo‘llaniladigan nutq uslubi qaysi uslub
sanaladi?
A) so‘zlashuv uslubi
B) badiiy uslub
C) rasmiy uslub
D) publitsistik uslub
7. O‘zbek tilida nutq uslublarining nechta ko‘rinishi bor?
A) 5 ta
B) 4 ta
C) 6 ta
8.Qaysi uslubda qo’shma gaplar faol qo’llanadi ? A. Ilmiy uslubda B. Rasmiy uslubda C. Ommabop uslubda D. Badiiy uslubda
9.So‘zlashuv uslubiga xos so‘z qatnashgan gapni belgilang.
|
A.quyosh, tong, dunyo, gardun
|
B.sohibjamol, oraz, gulgun
|
C.shom, imorat, el, kishi
D.gul, yo'l, hayot, pul
10. Qaysi uslubda atamalar kamroq qo‘llaniladi ?
A. Ommabop uslubda
B. Ilmiy – ommabop uslubda
C. Badiiy uslubda
D. Rasmiy uslubda
11. Badiiy uslubga xos xususiyat qaysi javobda berilgan ?
A.Tasviriy vositalarni qo’llamaslik
B. Badiiylik, atamalarni qo’llash
C. Soddaik , tantanavorlik
D. Obrazlilik , estetik ta’sir etish vazifasi
12.Qonun matnlari, farmonlar, buyruqlar, ariza… kabi hujjatlar qaysi uslubda yoziladi ?
A. Badiiy uslubda
B. So’zlashuv uslubda
C. Ilmiy uslubda
D. Rasmiy uslubda
|
Do'stlaringiz bilan baham: |