O‘zbek tili va tillarni o‘rgatish kafedrasining 2022-yil ­29-avgustdagi 1-son yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida tavsiya etilgan. Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi


-mavzu. Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruriy qismlari



Download 4,59 Mb.
bet24/79
Sana15.03.2023
Hajmi4,59 Mb.
#919177
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79
Bog'liq
O\'zbek tilini sohada qo\'llanilishi fanidan majmua 2022

6-mavzu. Rasmiy – idoraviy uslub va uning uslubiy xususiyatlari. Hujjat va uning turlari. Hujjatlarning zaruriy qismlari.


Tayanch so‘z va iboralar: axborot, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, nutqiy qolip, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar, diplomatik munosabat, hujjat, hujjat turlari, sodda hujjat, murakkab hujjat, farmoyish hujjatlari, tashkiliy hujjatlari, xizmat yozishmalari, hujjatning zaruriy qismlari


SAVOLLAR

  1. Rasmiy-idoraviy uslub deb nimaga aytiladi?

  2. Rasmiy-idoraviy uslub boshqa uslub turlaridan nimasi bilan farqlanadi?

  3. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos xususiyatlari nimada?

  4. Ish yuritish huijatlari qo‘llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?

5.Hujjat so’zining ma’nosi nima va unga ta’rif bering
6.Hujjatlar mazmuniga ko’ra necha turga bo’linadi?
7.Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeyiga ko‘ra hujjatlar turlarini sanang.
8.Hujjatning zaruriy qismlari qaysilar?

Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy-idoraviy uslubda gaplar ixcham va aniq bo‘ladi. Bu uslubda qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi kabi qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi. Bu uslub muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubidir.


Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.
Rasmiy uslub yozma shaklda ro‘yobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli bo‘ladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi - axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi.
1. ANIQLIK
2. QOLIPLILIK
3. OBYEKTIVLIK
4. MANTIQIY IZCHILLIK
5. QISQALIK
Ushbu uslubda shakllangan matnda noaniqlikka, izohtalab o’rinlarga yo’l qo’yilmasligi lozim, fikr va mazmun sodda, aniq va tushunarli bo’lishi shart. Misol uchun: O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari o’z faoliyatini “Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiradi. (O’zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”gi qonun 4-modda).
Rasmiy uslubga xos har qaysi hujjat turining o‘ziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Rasmiy ish qog‘ozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo‘ysunadi.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon- axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Hujjat – (arabcha “guvohnoma, isbot, dalil”) axborot qayd etilgan hamda uni vaqt va makonda uzatish imkonini beruvchi moddiy obyekt.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi : sodda v murakkab. Bir axborot doirasigi hujjat sodda, ikki va undan ortiq axborot doirasgi hujjat murakkab hujat deyiladi.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon- axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Farmoyish - bu muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat.
Ko‘rsatma - idoralarda xabarsifat-uslubiy tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, bosh muhandis, ularning o‘rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari. Bu turdagi hujjatlar guruhi anchaginani tashkil qiladi. Bu guruhga kiruvchi hujjatlar, ya‘ni ariza, ma'lumotnoma, tushuntirish xati, dalolatnoma, ishonchnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taqdimnoma, guvohnoina, taklifnoma. hisobot, tarjimai hoi, tilxat, bildirishnoma, bayonnoma kabilar ish jarayonida juda keng qo‘llanadi. Ularing har biriga alohida to‘xtab o‘tamiz.
Tarjimayi hol. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bolishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hoi).
2. Matn:
1) muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi;
2) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
3) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va ota ismi, ish joyi);
4) ma’lumoti va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi;
5) ish faoliyatining turlari;
6) oxirgi ish joyi va lavozimi;
7) mukofot va rag‘batlantirishlar;
8) jamoat ishlarida ishtiroki;
9) oilaviy ahvoli va oila a‘zolari;
10) turar joyi;
3. Sana.
4. lmzo.
Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda,ya‘ni ishga, o‘qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi. Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin.

TARJIMAYI HOL
Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), (tug‘ilgan yili, sanasi, joyi) __________________ oilasida tug‘ildim.
(oila a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish (o‘qish) joyi, lavozimi).
(O‘zining o‘qish, mehnat va jamoatchilik faoliyati uchun olgan mukofotlari).
Bo‘ydoqman [turmushga chiqqanman, ta farzandim bor]
Mening turar joyim:
Sana imzo ismi, familiyasi





Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish