Topshiriq. Gazeta yoki jurnaldan ijtimoiy mavzudagi matnni o‘qing, undagi salomlashish odobiga oid ma’lumotlarni to’plang.oid so’zlarni toping.
TESTLAR
G‘arbda notiqlik san’ati nima deb ataladi?
Ritorika
Voizlik
Nuktadonlik
Suxandonlik
Sharqda notiqlik san’ati nima deb ataladi?
Ritorika
Voizlik
Nuktadonlik
Suxandonlik
“Notiq haqida”, “Notiq”, “Brut” asarlari muallifini toping?
Aristotel
Sitseron
Demosfen
Brut
Xorazmiyning nutq madaniyatiga oid asarini toping?
“Mahbub ul-qulub”
“Fozil odamlar shahri”
“Mafotih ul-ulum”
“Urjuza”
“Go‘zal nutq tuzishning bayroqdori” sifatida umrini tilning latifliklarini ochishga bag’ishlagan Sharq allomasi kim?
Beruniy
Farobiy
Xorazmiy
Navoiy
6. Nutqning tozaligi deganda nimani tushunasiz?
A. Adabiy til me’yorlariga yot bo‘lgan birliklarning qo‘llanmasligi
B. Dialektizmlarning qo‘llanmasligi
C. Nutq mantiqiyligiga rioya qilish
D. Nutq ifodaviyligini oshirish
5-mavzu.Adabiy nutq va uning uslublari. So‘zlashuv uslubi. Publisistik uslub. Badiiy uslub. Ilmiy uslub.
Tayanch so‘z va iboralar: nutq оdоbi, оdоbli so‘zlаsh, og‘zaki nutq, yozma nutq, muloyim so‘zlash, adabiy til, uslub, so’zlashuv uslubi, publitsistik uslub, badiiy uslub, sof ilmiy uslub,ilmiy-ommabop uslub, darsliklar tili.
SAVOLLAR
1. Adabiy nutq nima, adabiy nutqning uslubiy shakllarini sanang?
2. Og’zaki nutqning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
3. Yozma nutqning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Yozuvning paydo bo’lishi haqida nimalarni bilasiz?
5. Yozma nutqning asosiy vazifasilari nimalardan iborat?
6. Yozma nutqning og‘zaki nutqdan qanday farqli bor?
7. So’zlashuv uslubining boshqa uslublardan farqi nimada?
8.Ilmiy uslubning qanday umumiy xususiyatlari bor?
9. Ilmiy uslubga xos xususiyatlarni aytib bering.
10. Ilmiy uslubning boshqa uslublardan farqi?
11. Ilmiy uslubda nimalar yaratiladi?
12. Ilmiy uslubda terminlarning ahamiyati haqida gapiring.
Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir ”.
Adabiy til me’yorlariga mutaxassislar shunday ta’rif beradilar: “Til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til (nutq) me’yoridir”. Yana: “Adabiy me’yor tilning tovush tizimi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibidagi eng tipik hayotiy va zaruriy elementlarni tanlab olish asosida tashkil topadi. Adabiy me’yor tilning eng yuksak ishlangan, silliqlashgan shakli hisoblanadi”.
Adabiy nutqning muayyan sohadagi muloqot uchun moslashtirilgan, bir qator o`ziga xos xususiyatlari bilan farqlanib turadigan ko`rinishlari - uslublari mavjud.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llani ladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.
Shu yo`l bilan ayni bir jumlada qo`shimcha uslubiy (modal) mazmun ham ifodalanadi. Masalan: Ol, jiyan, yo`l yurib kelgansan. Bu jumlada so`zlovchi suhbatdoshga qarindoshligini bildirishi bilan birga, unga o`z mehribonligini ham ko`rsatmoqchi. Uslubshunoslik uslub, sinonimiya, so`z, so`z birikmasi va gapning ana shu qo`shimcha (modal) ma’nosini o`rganadi.
Gapda uslubiy (modal) mazmun maxsus so`z va iboralar (undalma, kirish so`z, sinonimlar, frazeologik birlik va gaplar, sheva, biror kasbga oid so`zlar va h.k.) orqali ifodalanadi.
Nutqning ijtimoiy vazifasiga qarab uslub turlari har xil bo`ladi: har bir ijtimoiy qatlam, toifaning o`z nutq uslubi bo`ladi. Shunga ko`ra, uslub, avvalo, so`zlashuv va yozma nutq uslublariga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |